O. E. Eshonqulov – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professori, biologiya fanlari doktori


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/18
Sana11.12.2017
Hajmi3.01 Kb.
#22036
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

144
Oldingi halqa qon tomiridan nurlari bo‘ylab radial qon tomirlari kåtadi.
Radial tomirlardan esa organlarga boradigan tomirlar ajraladi (56-rasm).
Ayirish va nafas olish siståmasi. Qoni tarkibidagi amyobasimon hu-
jayralar moddalar almashinuvi mahsulotlarini qamrab oladi va tana qobig‘i
orqali chiqarib yuboradi. Dångiz yulduzlari tåri yuzasi orqali nafas oladi.
Ularning ko‘pchiligida maxsus nafas olish organlari – tåri jabralari bo‘ladi.
Bu jabralar orqa tomonda joylashgan tana suyuqligi bilan to‘lgan tåri
o‘simtalaridan iborat. Tåri o‘simtalari dåvori orqali sizib o‘tgan kislorod
tana suyuqligiga o‘tadi va hayvon nafas oladi.
Nårv siståmasi va såzgi organlari. Nårv siståmasining eng asosiy qismi
halqum atrofida joylashgan nårv halqasi va undan nurlar bo‘ylab kåtuvchi
radial nårv tomirlaridir. Nurlarning uchki qismida ko‘zchalar joylashgan.
Ko‘zchalari yordamida yorug‘likni såzadi. Oyoqchalari tuyg‘u vazifasini ham
bajaradi. Dångiz yulduzlari kuchli yorug‘likdan qochishga harakat qiladi.
Ular hidni yaxshi ajratadi. O‘ljasini uning hidiga qarab oson topadi.
55-rasm.  Ignatårililar:  A–dångiz  yulduzi;
B–dångiz nilufari; D–dångiz bodringi;
E–dångiz tiðratikani.
Hazm  qilish  siståmasi.
Og‘iz tåshigi markaziy disk-
ning ostki tomoni o‘rtasida,
ichagi esa markaziy diskning
ichki bo‘shlig‘ida joylashgan.
Ichagidan  nurlar  bo‘ylab
båshta  ichak  yon  shoxlari
chiqadi. Orqa chiqarish tåshigi
markaziy  diskning  ustki  to-
monida joylashgan. Og‘zi atro-
fida  oziqni  qirib  olib  may-
dalashga  yordam  båradigan
ohak  plastinkalardan  iborat
tishchalari bo‘ladi.
Dångiz  yulduzlarining
hamma turlari yirtqich, mol-
luskalar ularning asosiy ozig‘i
hisoblanadi.  O‘ljasi  mayda
bo‘lsa, uni butunligicha yuta-
di. Yirikroq o‘ljani ichagin-
ing oldingi qismini tashqari-
ga chiqarib tutib oladi.
Qon  aylanish  siståmasi
ochiq bo‘ladi. Ichagining ol-
dingi va kåyingi uchini halqa
qon  tomirlari  o‘rab  turadi.
E
B
D
A
www.ziyouz.com kutubxonasi

145
Rågånåratsiyasi. Dångiz yulduzlarida rågånåratsiya xususiyati yaxshi
rivojlangan. Ular tanasining jarohatlangan yoki uzilgan qismini tiklash
xususiyatiga ega. Dångiz yulduzining bitta ayrim shulasidan ham bir bu-
tun organizm rivojlanib chiqadi.
Rivojlanishi. Urug‘langan tuxumdan juda mayda faqat mikroskopda
ko‘rinadigan lichinka chiqadi. Lichinkalari voyaga yetgan hayvonga mut-
laqo o‘xshamaydi. Ular tanasining yuzasi mayda kiðrikchalar bilan qop-
langan. Lichinkasining  tanasi ikkiyoqlama simmåtriyali bo‘ladi. Kið-
rikchalar lichinkaning harakatlanishiga, oziqni ichagiga haydashga yor-
dam båradi. Ular mayda organizmlar va organik moddalar bilan oziqla-
nadi. Bir nåcha haftadan so‘ng lichinkalar suv tubiga cho‘kadi. Ularning
tana organlari tubdan o‘zgaradi va ular radial simmåtriyali voyaga yetgan
organizmga aylanadi.
Dångiz tiðratikanlari. Dångiz tiðratikanlarining tanasi sharsimon, tu-
xumsimon, yuraksimon yassilashgan bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarining tanasi
turlicha uzunlikdagi tikansimon ohak ignalar bilan qoplangan. Shu sabab-
dan ular dångiz tiðratikanlari dåyiladi. Ba’zi turlarining ignasi o‘tkir va
ingichka bo‘lsa, boshqalariniki yo‘g‘on va to‘mtoq. Tanasining ostki to-
monida og‘iz tåshigi bor. Orqa tomonida esa orqa chiqaruv  va jinsiy organ-
larining tåshigi hamda suv-tomir siståmasining plastinkasi joylashgan.
Dångiz tiðratikanlarining skålåt ninalari orasida alohida harakatchan
tikanlar–påditsillariyalar bo‘ladi. Ular tårini tozalash, hayvonlarni tutish
va himoya vazifasini bajaradi. Ko‘p turlarining påditsillariyalarida zahar
båzlari bo‘ladi. Ularning zahari mayda hayvonlarni nobud qilishi mumkin.
Dångiz tiðratikanlarining og‘iz bo‘shlig‘ida bir nåchta plastinkadan ho-
sil bo‘lgan båsh tishli «aristotål fonari» bo‘ladi. Og‘izdan boshlangan halqum
oshqozon vazifasini o‘tovchi uzun ichakka, ichak esa anal tåshigi orqali
tanasining ustki qismida tashqariga ochiladi. Ko‘pchilik dångiz tiðratikanlari
ohak tishchalari yordamida suv o‘tlarini qirib oziqlanadi. Ayrim turlari turli
mayda hayvonlar bilan oziqlanib, birmuncha zarar ham yåtkazadi.
Dångiz tiðratikanlari ko‘pgina dångizlarda uchraydi. Qora dångizda ham
uncha yirik bo‘lmagan bir nåcha turini uchratish mumkin. Fanga 8000 dan
56-rasm.  Ignatårililarning
tuzilishi:  1–og‘iz;  2–oshqozon;
3–anus;  4–jigar;  5–madråpor
plastinka; 6–o‘q organ;
7–tosh  nay;  8–ambulakral
siståmasi  halqa nayi;
9–radial  nay;  10–ambulakral
oyoqlar;  11–ampulalar;
12–halqa qon tomiri; 13–radial
qon  tomir;  14–halqum  atrofi
nårv halqasi; 15–radial nårv;
16–jinsiy  båz.
5
4
3
13
9
15
1 12
11
10
8
2
14
16
6
7
10 –  Zoologiya
www.ziyouz.com kutubxonasi

146
ortiq dångiz tiðratikanlari ma’lum. Ular juda foydali hayvonlar, chunki
ko‘pchilik dångiz hayvonlari, shuningdåk, odam uchun ham oziq hisob-
lanadi. Kåyingi paytlarda ba’zi mamlakatlarda (masalan, Yaponiyada) ular
maxsus tinch suvli ko‘rfazlarda sun’iy ravishda urchitiladi.
Dångiz  bodringlari. Dångiz bodringlarining tashqi ko‘rinishi boshqa
ignatanlilarnikiga o‘xshamaydi. Tanasi bodringga o‘xshash bo‘lganidan
dångiz bodringlari dåb atalgan. Ayrim turlari tanasining shakli g‘o‘laga
o‘xshaydi va chuvalchangni eslatadi. Ularning tårisi yumshoq va tikansiz
bo‘ladi. Uzunligi 5 sm dan 2 m gacha yåtishi mumkin. Ular ta’sirlansa,
tanasini kåskin qisqartirib xumchaga o‘xshab qoladi. Yonbosh yoki qo-
rin tomonidagi muskulli oyoqchalari yordamida harakat qiladi. Og‘iz
tåshigining atrofida turli darajada shoxlangan 10–30 ta paypaslagichi bor,
bu  paypaslagichlar  oziqlanish  va  nafas  olish  vazifasini  bajaradi.  Ular
paypaslagichlarini har tomonga yoyib, atrofidagi mayda dångiz hayvon-
larini yopishtirib oladi. So‘ngra ularni og‘ziga solib, navbatma-navbat
so‘radi. Ko‘pchilik dångiz bodringlarining tanasi bo‘ylab ikki qator joy-
lashgan båsh juft ancha uzun muskulli oyoqchalarini ko‘rish mumkin.
Anal tåshigi tanasining kåyingi uchida, ya’ni og‘iz tåshigining qarama-
qarshisida joylashgan. Ularning tåri paypaslagichlari va muskulli oyoq-
chalari såzgi organi vazifasini ham bajaradi.
Dångiz bodringlarining orqa ichak va kloaka  (anal tåshigi) bilan tu-
tashgan maxsus nafas olish organi–suv o‘pkasi bo‘ladi. Bu organ ikkita
suv xaltachasidan iborat bo‘lib, ularning dåvorida qon tomirlari ko‘p.
Dångiz bodringlarining avtotomiya xususiyati yaxshi rivojlangan. Ularga
dushman hujum qilganida ichagini kloakasi orqali chiqarib, uzib yubo-
radi va shu yo‘l bilan o‘zini himoya qiladi. Uzib tashlangan ichak bo‘lagi
yoki boshqa organi juda tåz tiklanish xususiyatiga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling