О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi
Download 6.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi
21-§. Cho‘llanish muammosi
Markaziy Osiyoda, shu jumladan, 0 ‘zbekistonda cho‘lga aylanish, ya’ni mavjud cho‘1 hududining kengayish jarayonlari alohida tashvishli holatdir. Bu faqatgina cho‘l hududlarining kengayib borishidagina emas, balki biologik mahsuldorlik darajasining o‘zgarishida ham namoyon boim oqda. 1977-yilda BMTning cho'llanishga qarshi kurash bo‘yicha Konferensiyasida "ChoMlanishga qarshi kurash bo‘yicha Harakatlar rejasi” qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi “Cho'llanishga qarshi kurash Konvensiyasi”ni 1994-yilning 7- dekabrida imzoladi va 1995-vilning 31-avgustida ratifikatsiya qildi. 0 ‘zbekistondagi cho‘llanish jarayonlari u yoki bu darajada hududning 80 % ini qamrab olgan. Konvensiya majburiyatlarini samarali amalga oshirish sharoitlarini yaratish maqsadida, 1999- yilda “Cho‘llanishga qarshi kurash Milliy harakatlar dasturi” ishlab chiqiHb, qabul qilindi va amaliyotga tadbiq etish amalga oshirilmoqda. Unda quyidagi ustuvorliklar belgilangan: • Cho‘llanish rivojlanishining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini baholash; • Hayot darajasini oshirishning zurur sharti sifatida yer, suv resurslari va ekotizimning boshqa elementlarini saqlash va tiklash; • Cho‘llanish jarayoniari va oqibatlari tolg‘risida aholini m a’lumotlar bilan ta’minlash; • Monitoring tizimini rivojlantirish, axborotlar bazasi va m a’hunotlar banklarini yaratish; - 106- EKOLOGIYA • Qurg‘oqchilik va boshqa o‘ta xavfli hodisalaming erta oldini olish va oqibatlarini yumshatish tizimini yaratish; • Ekologik xavf hududlariga alohida e’tibor bergan holda cho'llanish va qurg‘oqchilik muammolarini hal etishga jamoatchilikni jalb etish; • Mintaqaviy hamkorlik. Cho‘llanish biologik hosildorlik va yeming unuindorligini keskin kamayib ketishiga olib keladi, o‘rmon, yaylov, pichanzorlarnnig qisqarishini keltirib chiqaradi. Degradatsiya, taxminan, qishloq xo‘jaligi uchun ishlatiladigan 5200 million gektar quruq yerning 70 % ini egallagan. Jahonda cho‘llanish har yili 23 million gektarga yaqin verni o ‘z domiga tortmoqda. Tabiiy o‘rmonlarning va o‘simlik qoplamining qisqarishi, Orol dengizining qurishi, yangi katta tuzli choTlaming shakllanishi, haddan tashqari chorva mollarini boqish, hudud gidrologiyasining o ‘zgarishi va shunga o‘xshash holatlar, butun Ovrta Osiyo mamlakatlarida, choTlanish jarayonining faol harakatiga olib keldi. Ayniqsa, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonda bu jaravon yaqqol ko‘zga tashlanadi. - 1 0 7 - |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling