Key topshirig’i: Boburning singlisining qon guruhini aniqlang?
5-masala: 9 A sinfda 28 o'quvchi mavjud.Tibbiy ko'rik vaqtida o'quvchilarning qon guruhlari aniqlandi.Bunga ko'ra qizlarning 1/3 qismining plazmasida aggutinin mavjud emas ekan.Qolgan qizlarning chorak qismining eritrotsitlarida agglutinogen yo'q,boshqalarining qon plazmasida esa faqat aggutinin β mavjud.O'g'il bolalarning teng yarmida eritrotsitlarida A va B agglutinogen mavjud emas.Biroq qolgan o'g'il bolalarning 12.5%ida qonida faqat agglutinogen mavjud,qolganlarining 4 tasidagi qon shu sinfdagi qizlar orasidagi eng ko'p qon guruhlari bilan bir xil bo'lsa,va qolgan o'g'il bolalar qonida agglutinogen B va aggutinin α bo'lsa,sinfdagi o'quvchilarning nechtasining qoni univeral donor(a), nechtasining qoni univeral retsipiyent(b),2-qon guruhli o'quvchilar(c),3-qon guruhli o'quvchilar(d) sinfdagi o'quvchilarning necha foizini tashkil etadi?(qizlar va yigitlar nisbati 1,5:2 ga teng)
Yangi mavzuni mustahkamlash.
🩸Qon guruhlari
💉1901- yil Avstriyada Vena universiteti tadqiqotchisi Karl Landshteyner birinchi bo'lib odam qonining eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen oqsilining ikki xili: A va B, plazmada esa agglyutinin oqsilining ikki xili: a-alfa va b -betta borligini aniqladi va ularning turli odamlardagi eritrosit va plazmada mavjud bo'lish hodisasini kuzatdi va odamlarning I,II,III qon guruhlarini kashf etdi.
🩸Oradan ko'p o'tmay,1907 - yili Yan Yanskiy K.Landshteyner ishlarini rivojlantirgan holda IV qon guruhi mavjudligini aniqladi.
🎁K.Landshteynerning fanga qo'shgan hissasi 1931- yilda munosib baholanib nufuzli Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
XULOSA QILAMIZ:
● Og‘ir shikastlanganda va ko‘p qon yo‘qotilganda, uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo‘ladi,
--- > I qon guruhiga ega odamlar qonini barcha qon guruhdagi odamlarga berishi mumkin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi retsipiyent deb ataladi). ✅
--- > II qon guruhli odamlar II va IV qon guruhli odamlarga ✅
--- > III qon guruhli odamlar III va IV qon guruhli odamlarga qon berishi mumkin. ✅
--- > IV qon guruhli odamlar faqat shu qon guruhli odamlarga qon berishi mumkin, lekin o‘zi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipiyent deb ataladi. ✅
Yangi bilimlarni qo'llaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |