O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Zamonaviy darslik, yangicha fikr va integratsiya
Download 214.78 Kb.
|
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org
Zamonaviy darslik, yangicha fikr va integratsiya
Bugun oliy taʼlim muassasalari ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni tobora mustahkamlab borishi zarur. Bu, oʻz navbatida, koʻplab oʻquv qoʻllanmalar va darsliklarni ana shu zavodlardagi texnologiyalar, laboratoriyalar asosida shakllantirishni taqozo qiladi. Davr shiddat bilan oʻzgaryapti. Yurtimiz sanoati kun sayin rivojlanyapti, xorijdan yangidanyangi texnologiyalar kirib kelyapti. Kadrlarimiz ularni bemalol boshqara olishi uchun ham oʻqitish metodlarimizni faqat nazariy emas, koʻproq amaliy jihatdan kuchaytirishimiz lozim. Malakali kadr tayyorlash uchun, avvalo, moddiytexnik baza, laboratoriyalar, oʻquv xonalari, kompyuterlar zamon talabiga javob berishi kerak. Ikkinchidan, ilmiy salohiyatga ega, oʻz fanini mukammal biladigan professor-oʻqituvchilar jamoasi shakllangan boʻlishi shart. Uchinchidan, axborot-resurs markazi, yaʼni zamonaviy, bugun sanoatda ishlatilayotgan qurilmalarda ishlash koʻnikmasini oshirishni oʻrgatadigan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari yaratilishi lozim. Bularning barchasi ilmfan, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyani tobora kuchaytirishni, xorijdagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni, yaratilayotgan yangi darslik va oʻquv qoʻllanmalarni zamonaviy texnikaga moslashtirishni taqozo etadi. Shiddatli davr bilan hamqadam boʻlishimiz uchun bugun kechagidan, ertaga esa bugungidan koʻra samarali mehnat qilishimiz, izlanishimiz, teran fikr yuritishimiz lozim. Turkiyada Yevropaning eng yirik gibrid elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling