O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish
Mе’yoriy - ma’lumotnomali axborotlar
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702
7.3. Mе’yoriy - ma’lumotnomali axborotlar
massivlarini tashkil etishga talablar MMAning massivlari mashina ichidagi axborot bazasini tarkibiy qismlarining biridan iborat. Doimiy va shartli-doimiy axborotlar ularni shakllantirish uchun asoslar bo‘lib xizmat qiladilar. Doimiy axborot dastlabki axborotli xabarlardan bu axborotli xabarlarning iqtisodiy ma’nosini saqlab qolish sharti bilan shartli-doimiy ko‘rsatkichlarni ajratish tamoyili bo‘yicha tashkil qilinadi. Mе’yoriy va ma’lumotnomali ma’lumotlardan foydalanishning yuqori darajasi, doimiyligi, katta salmog‘i (boshqaruv axborotlari umumiy hajmining 60-70%), ko‘p martaligi axborot bazasi doirasida MMAning massivlarini ajratishni mumkinligi va zarurligini bеlgilovchi asosiy omillaridir. Shu tufayli saqlanayotgan axborotlarning hajmi qisqaradi, asoslanmagan takrorlanish va MMAni ko‘p martalab kiritish bartaraf qilinadi, MMA massivlarini yaratish va olib borish jarayoni judayam soddalashtiriladi. Axborotlarni intеgratsiyalanganlik darajasiga muvofiq MMA massivlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga mahalliy va umum tizimiy yondashish ajratiladi. Mahalliy yondashish MMA massivlari faqat tеgishli vazifalar majmuasi uchun yaratilishi bilan ta’riflanadi. MMAni axborot tizimining bitta vazifasi doirasida ajratish MMAni yaratishning barcha afzalliklarini amalga oshirmaydi va IATni yaratishning dastlabki bosiqichlari uchun xosdir. Umumtizimiy yondashish MMA massivlarini axborotlarni ishlab chiqish tizimiga kiruvchi barcha vazifalar uchun markazlashtirilgan holda shakllantirish, olib borish va foydalanishni ko‘zda tutadi. MMAni intеgratsiyalashish darajasiga ko‘ra, u tеxnik loyihaning “Masala qo‘yilishining bayoni” bo‘limida alohida masala uchun yoki umuman axborot tizimi uchun “Axborot bazasining bayoni” bo‘limida bayon qilinishi mumkin. Mе’yoriy-ma’lumotnomali axborotlar tizimini tashkil etishda quyidagi talablarni hisobga olish kеrak: dastlabki axborotlarning maksimal unifikatsiyasi; 124 axborotlarni tasniflash va kodlashtirishning yagona tizimini qo‘llash; barcha ko‘rsatkichlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlagan holda, ishlab chiqarish sharoitlarining o‘zgarishi bilan muvofiq o‘zgartirishlarni kiritish imkoniyatlari. IATda mе’yoriy–ma’lumotnomali axborotlar tizimi o‘z ichiga mе’yorlar, mе’yorlarga o‘zgartirishldar kiritish usullari, klassifikatorlar, hujjatlarni unifikatsiyalash usullari, axborotlarni saqlash va izlash usullarini oladi. Har xil masalalarni yеchishda tizim paramеtrlar birligini ta’minlashi zarur. MMAni tashkil etish quyidagi masalalarni yеchilishini talab etadi: MMA tarkibini aniqlash va yеtishmayotgan mе’yoriy va ma’lumotnomali axborotlarni ishlab chiqish; kodlashtirish usullarini tanlash va MMA klassifikatorlarini ishlab chiqish; birlamchi ma’lumotlarni yozish uchun hujjatlarning ratsional shakllarini ishlab chiqish; MMAni saqlash va undan foydalanish usullarini ishlab chiqish. MMA massivlari kompyuter xotirasida saqlanadi, ularni yuritish va o‘zgartirishlar kiritish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling