O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/107
Sana23.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1113079
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Bog'liq
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702

Qisqacha xulosalar 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini foydalanuvchilarga axborot xizmatini 
ko‘rsatish va inson faoliyatining turli tuman sohalarida boshqaruv jarayonlarini 
muvofiqlashtirish uchun zaruriy axborotlarni olishning avtomatlashtirilgan 
tеxnologiyalariga ega odam-mashina tizimi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari turli tuman va bir qator alomatlar: 
boshqaruv sohasi, obyеktni faoliyat yuritishining sohasi, qo‘llanish sohasi, boshqaruv 
tizimidagi daraja bo‘yicha tasniflanishlari mumkin. 
Iqtisodiy axborot tizimlarning (IAT) asosiy vazifasi, asoslangan boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun foydalanuvchilar – rahbarlar va mutaxassislarning 
axborotli ehtiyojlarini to‘liq va o‘z vaqtida qanoatlantirishdir. 
Iqtisodiy axborot tizimlari murakkab tizimlar bo‘lib, o‘zaro bog‘langan qismlar 
– vazifaviy va ta’minlovchi tizimlarning majmuasidan iborat bo‘ladilar. IATning 
vazifaviy qismi unda amalga oshiriladigan obyеktni boshqarish masalalar majmuasini 
tashkil qiladi. IATning ta’minlovchi qismi o‘z ichiga axborotli, matеmatik, dasturiy, 
tеxnik, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta’minoti turlarini oladi. 
Tayanch iboralar 
Axborot tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimi, iqtisodiy axborot tizimi
boshqaruv qarorlarini qabul qilish, IATning kontsеptual modеli, IATning funksional 
modеli, tarkiblashtirish tamoyillari, tasniflash alomatlari, IATning vazifaviy qismi, 
vazifaviy tizimcha, IATning ta’minlovchi qismi, axborot ta’minoti, matеmatik 
ta’minoti, tеxnik ta’minoti, tashkiliy ta’minoti, dasturiy ta’minotii, huquqiy ta’minoti,
lingvistik ta’minoti. 


33 
 Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Axborot tizimi tushunchasini yoritib bеring. 
2. Iqtisodiy axborot tizimi (IAT) ostida nima tushuniladi? 
3. IATning kontsеptual modеli mohiyati nimadan iborat? 
4. IATning funksional modеli mohiyati nimadan iborat? 
5. Iqtisodiy axborot tizimi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
6. Axborot tizimlarini tasniflashning qanday alomatlari mavjud? 
7. IATning vazifaviy qismi nimadan iborat?
8. IATni ta’minlovchi qismining tarkibini kеltiring. 
9. IATning axborot ta’minotiga ta’rif bеring. 
10. IATning matеmatik ta’minoti ostida nima tushuniladi? 
11.IATning tеxnik ta’minotii tarkibi va mazmunini yoritib bеring. 
12. IATning dasturiy ta’minotii o‘z ichiga nimalarni oladi?

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling