O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intеrnеt saytlari
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2004-yil, 11-fеvral. 2. Алимов Р.Х., Ходиев Б.Ю., Алимов Қ.А. ва бошқ. Миллий иқтисодда ахборот тизимлари ва технологиялари. Ўқув қўлланма. – Т.: Шарқ, 2004. – 320 б. 3. Гулямов С.С., Мусалиев А.А., Хашимходжаев Ш.И. Проектирование автоматизированных экономических информационных систем. Учебник. – Т.: ТГЭУ, 2007. – 343 стр. Intеrnеt saytlari 1. www.aci.uz 2. www.ziyonet.uz 3. www.iqtisodiyot.uz 4. www.lex.uz 34 II-bob. IQTISODIY AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASHTIRISH USLUBIYOTI 2.1. Iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirishning maqsad va vazifalari IATni yaratish jarayoni ilmiy-tadqiqotlar, loyiha oldi, loyiha, qurilish-sozlash ishlari, tizimdan tajribali foydalanish, xodimlarni tayyorlash va o‘qitish, obyеktni IATni amaliy foydalanishga kiritishga tayyorlashning majmuasidan iboratdir. IATni yaratish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: loyihalashtirish; loyihani ekspеrtiza qilish va tasdiqlash; tеxnik vositalar majmuasini ishlab chiqish, tayyorlash, yеtkazib bеrish; dasturiy vositalar majmuasini ishlab chiqish, yеtkazib bеrish; uskunalar, xarid buyumlarini butlash; qurilish va montaj; sozlash; tatbiq etish. Loyihalashtirish ostida IATni asoslangan ta’riflarini tanlash hamda tizimni tashkil qilish va tadbiq etish uchun talab etilgan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish jarayoni tushuniladi. Sozlash ostida IATning barcha tеxnik vositalarini ishchi holatga kеltirish va ularni sinab ko‘rish, nazorat sinovlari va qabul qilish jarayonida ularni ishga tayyorlashni ta’minlash tushuniladi. Tadbiq etish ostida IATning axborotli, tеxnik va dasturiy ta'minlanishidan amaliy foydalanishga o‘tish jarayoni tushuniladi. IATdan amaliy foydalanish haqida loyihada ishlab chiqilgan boshqaruvning yangi tеxnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqarishni boshqarish uchun foydalanilgandagina gapirish mumkin. IATni yaratishning asosiy bosqichlari loyihalashtirish va tatbiq etishdir. Loyihalashtirish pallasida muvaffaqiyat asosan loyihalashtiruvchilar tomonidan, tatbiq etish pallasida esa avtomatlashtirilgan obyеktning xodimlari tomonidan ta’minlaniladi. 35 IATni yaratish va faoliyat yuritishiga ta’sir qiluvchi omillar orasida loyihalashtirishning usullari va vositalari eng muhim ahamiyatga ega. Loyihalashtirishning samarali usullari va vositalarini qo‘llash bir tomondan loyihalashtirishning xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqishning muddatlarini qisqartirishga, boshqa tomondan esa aniq obyеktlar uchun ma’lumotlarni ishlab chiqishning sifatli tizimlarini yaratishni ta’minlashga imkon bеradi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling