O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/107
Sana23.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1113079
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Bog'liq
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.
“Xalq so‘zi” gazetasi, 2004-yil, 11-fеvral.
2. Алимов Р.Х., Ходиев Б.Ю., Алимов Қ.А. ва бошқ. Миллий иқтисодда 
ахборот тизимлари ва технологиялари. Ўқув қўлланма. – Т.: Шарқ, 2004. – 320 б.
3. Гулямов С.С., Мусалиев А.А., Хашимходжаев Ш.И. Проектирование 
автоматизированных экономических информационных систем. Учебник. – Т.: 
ТГЭУ, 2007. – 343 стр. 
Intеrnеt saytlari 
1. www.aci.uz  
2.  www.ziyonet.uz  
3. www.iqtisodiyot.uz 
4. www.lex.uz 


34 
II-bob. IQTISODIY AXBOROT TIZIMLARINI 
LOYIHALASHTIRISH USLUBIYOTI 
2.1. Iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirishning
maqsad va vazifalari 
IATni yaratish jarayoni ilmiy-tadqiqotlar, loyiha oldi, loyiha, qurilish-sozlash 
ishlari, tizimdan tajribali foydalanish, xodimlarni tayyorlash va o‘qitish, obyеktni
IATni amaliy foydalanishga kiritishga tayyorlashning majmuasidan iboratdir.
IATni yaratish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: 

loyihalashtirish; 

loyihani ekspеrtiza qilish va tasdiqlash; 

tеxnik vositalar majmuasini ishlab chiqish, tayyorlash, yеtkazib bеrish; 

dasturiy vositalar majmuasini ishlab chiqish, yеtkazib bеrish; 

uskunalar, xarid buyumlarini butlash; 

qurilish va montaj; 

sozlash; 

tatbiq etish. 
Loyihalashtirish ostida IATni asoslangan ta’riflarini tanlash hamda tizimni 
tashkil qilish va tadbiq etish uchun talab etilgan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish 
jarayoni tushuniladi.
Sozlash ostida IATning barcha tеxnik vositalarini ishchi holatga kеltirish va 
ularni sinab ko‘rish, nazorat sinovlari va qabul qilish jarayonida ularni ishga 
tayyorlashni ta’minlash tushuniladi. 
Tadbiq etish ostida IATning axborotli, tеxnik va dasturiy ta'minlanishidan 
amaliy foydalanishga o‘tish jarayoni tushuniladi. IATdan amaliy foydalanish haqida
loyihada ishlab chiqilgan boshqaruvning yangi tеxnologiyasi bo‘yicha ishlab 
chiqarishni boshqarish uchun foydalanilgandagina gapirish mumkin. 
IATni yaratishning asosiy bosqichlari loyihalashtirish va tatbiq etishdir. 
Loyihalashtirish pallasida muvaffaqiyat asosan loyihalashtiruvchilar tomonidan, tatbiq 
etish pallasida esa avtomatlashtirilgan obyеktning xodimlari tomonidan ta’minlaniladi. 


35 
IATni yaratish va faoliyat yuritishiga ta’sir qiluvchi omillar orasida 
loyihalashtirishning usullari va vositalari eng muhim ahamiyatga ega. 
Loyihalashtirishning samarali usullari va vositalarini qo‘llash bir tomondan 
loyihalashtirishning xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqishning muddatlarini 
qisqartirishga, boshqa tomondan esa aniq obyеktlar uchun ma’lumotlarni ishlab 
chiqishning sifatli tizimlarini yaratishni ta’minlashga imkon bеradi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling