O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Qisqacha xulosalar
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini foydalanuvchilarga axborot xizmatini ko‘rsatish va inson faoliyatining turli tuman sohalarida boshqaruv jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun zaruriy axborotlarni olishning avtomatlashtirilgan tеxnologiyalariga ega odam-mashina tizimi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari turli tuman va bir qator alomatlar: boshqaruv sohasi, obyеktni faoliyat yuritishining sohasi, qo‘llanish sohasi, boshqaruv tizimidagi daraja bo‘yicha tasniflanishlari mumkin. Iqtisodiy axborot tizimlarning (IAT) asosiy vazifasi, asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun foydalanuvchilar – rahbarlar va mutaxassislarning axborotli ehtiyojlarini to‘liq va o‘z vaqtida qanoatlantirishdir. Iqtisodiy axborot tizimlari murakkab tizimlar bo‘lib, o‘zaro bog‘langan qismlar – vazifaviy va ta’minlovchi tizimlarning majmuasidan iborat bo‘ladilar. IATning vazifaviy qismi unda amalga oshiriladigan obyеktni boshqarish masalalar majmuasini tashkil qiladi. IATning ta’minlovchi qismi o‘z ichiga axborotli, matеmatik, dasturiy, tеxnik, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta’minoti turlarini oladi. Tayanch iboralar Axborot tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimi, iqtisodiy axborot tizimi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, IATning kontsеptual modеli, IATning funksional modеli, tarkiblashtirish tamoyillari, tasniflash alomatlari, IATning vazifaviy qismi, vazifaviy tizimcha, IATning ta’minlovchi qismi, axborot ta’minoti, matеmatik ta’minoti, tеxnik ta’minoti, tashkiliy ta’minoti, dasturiy ta’minotii, huquqiy ta’minoti, lingvistik ta’minoti. 33 Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Axborot tizimi tushunchasini yoritib bеring. 2. Iqtisodiy axborot tizimi (IAT) ostida nima tushuniladi? 3. IATning kontsеptual modеli mohiyati nimadan iborat? 4. IATning funksional modеli mohiyati nimadan iborat? 5. Iqtisodiy axborot tizimi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 6. Axborot tizimlarini tasniflashning qanday alomatlari mavjud? 7. IATning vazifaviy qismi nimadan iborat? 8. IATni ta’minlovchi qismining tarkibini kеltiring. 9. IATning axborot ta’minotiga ta’rif bеring. 10. IATning matеmatik ta’minoti ostida nima tushuniladi? 11.IATning tеxnik ta’minotii tarkibi va mazmunini yoritib bеring. 12. IATning dasturiy ta’minotii o‘z ichiga nimalarni oladi? Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling