О liy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch Davlat univеrsitеti Pedagogika fakulteti “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” yònalishi 201-guruh talabasi Matchonova Asaloyning Tasviriy san'at fanini o'qitish metodikasi fanidan Kurs
Ilovalar ...................................................................................................................43
Download 354.09 Kb.
|
Asaloy kurs ishi
Ilovalar ...................................................................................................................43
«Adabiyot va san'atning talantli asarlari milliy boylikdir» I. A. Karimov KIRISH Mamlakatimizda ro‘y berayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mehnat bozorida vujudga kelayotgan raqobat tasviriy va amaliy san’at sohalarida ham zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash sifatini sezilarli darajada oshirish zarurati to‘g‘risidagi yangi savollarni tug‘dirmoqda. Bunda intellektual tarkibiy qism tobora ko‘proq ulush oladigan mehnat bozori xususiyati tez o‘zgarib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda insonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligi oshib borayapti, bunday vaziyatda jarayon ishtirokchilarining kasbiy tayyorgarligi va malakasiga yuqori talablar qo‘yiladi. Hozirgi globallashuv kuchaygan paytda axborot va yangi texnologiyalar sohasida ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Barcha jarayonlar ta’limga faol ta’sir ko‘rsatadi va mamlakatning tarixiy rivojlanishining yangi sharoitida muammolarni samarali hal qilinishini talab qiladi. Bunday sharoitda ta’lim tizimini yangilash ob’ektiv zaruratga aylanadi. Hozirgi davr ta’lim tizimida ro‘y berayotgan anchagina o‘zgarishlar bilan farqlanadi. Buni Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi yaratilishi bilan sharhlash mumkin. Bugungi kunda zamonaviy, sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish, fuqarolik jamiyatini qurish juda muhim. Natijalarga erishish uchun umumjahon talabalariga javob beradigan zamonaviy kompetentlikni o‘zlashtirishga asoslangan ta’lim tizimini qayta qurish lozim. Ta’lim oluvchilarning bilim olishga bo‘lgan har qanday ehtiyojlari va talablarini hisobga olib ularga ta’lim olishda erkinliklar berish, o‘zligini ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan darsdan tashqari faoliyat tizimini rivojlantirish asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonga kompetentlik yondoshuvini olib kirish ta’lim uzluksizligini ta’minlash uchun omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z o‘rnida Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri bo‘yicha “Maktab-institut” muassasalarining o‘zaro ijtimoiy hamkorligini rivojlantirishni talab qiladi. Zamonaviy o‘zbek maktabi oldida turgan dolzarb muammolar yechimini topishda klaster usulidan foydalanish tahlil qilib ko‘rilganda uning natijasi yuqori bo‘lishi va barcha joylarda qo‘llashga tadbiq etilishi mumkinligini ko‘ramiz. Toshkent viloyatida pedagogik ta’limni rivojlantirish hududiy Konsepsiyasi, Chirchiq davlat pedagogika institutining asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan hududda pedagogik ta’limga klaster yondashuvini joriy qilindi. Unda umumta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni bartaraf etishda oliy ta’limning ilmiy salohiyatidan keng foydalanish mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri” bosh dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar, bu yo‘nalishdagi faoliyat samarasini ta’minlashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, o‘rta umumta’lim muassasalarida faoliyat boshlagan “Maktab-laboratoriya”lar oliy va o‘rta maktab o‘rtasidagi hamkorlikni aniq belgilangan yo‘nalishda olib borish, eng muhimi, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun zaruriy nazariy-metodik bazani yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Maktab–laboratoriya” innovatsion tajriba maydonchalarini tashkil qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda “Tasviriy san’at” kafedrasida bir qator ishlar amalga oshirilib klaster tizimi amaliyotga joriy qilinmoqda. Shuning uchun ham kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi ham “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri modelining amaldagi tatbig‘i” deb ataladi. Hozirda viloyat hududidagi ko‘plab maktablar bilan hamkorlikda bir qancha “maktab-laboratoriya” maydonchalari o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Download 354.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling