О liy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch Davlat univеrsitеti Pedagogika fakulteti “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” yònalishi 201-guruh talabasi Matchonova Asaloyning Tasviriy san'at fanini o'qitish metodikasi fanidan Kurs


Download 354.09 Kb.
bet5/10
Sana19.06.2023
Hajmi354.09 Kb.
#1612724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asaloy kurs ishi

Badiiy ijodiyot jarayoni sxemasi:
Sxema M 2 Badiiy-ijodiy jarayon
Hohish va intilish; Ijodga chanqoqlik;
Ijodiy tasavvur; Ijodga bo‘lgan ichki tuyg‘u;
Fantaziya va tasavvur; Obrazlarning g‘ayriixtiyoriy paydo bo‘lishi;
Qoniqmaslik; Yaratuvchanlikka intilish;
O‘z g‘oyasini ifodalashga intilish; O‘zligini isbotlashga intilish.

Tasviriy san’at, badiiy ijodkorlik haqida fikr yuritilar ekan, uningsiz ijodkorlik bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yana bir omil to‘g‘risida eslamaslik mumkin emas. Bunda so‘z ijodiy tasvirlash vositasi bo‘lgan akvarel bo‘yog‘ida ishlash texnikasi haqida bormoqda. Ijodiy jarayonning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan bu mavzu tasviriy san’atda ijodkorlik jarayoni mavzusida izlanish olib borgan hech bir olim nazaridan chetda qolmagan. Ijodiy tasavvur rivojlanishi qaysidir ma’noda texnika bilan o‘zaro bog‘liqdir, uning yo‘qligi yoki, yetarli emasligi, rassomning ijodiy vazifalari bilan mos emasligi uning tasavvuri rivojlanishini bo‘g‘ib qo‘yadi. S. L. Rubinshteyn “Rassomning ijodiy rivojlanishi ijodiy fikrlar va texnikaning o‘ziga xos bahsida ro‘y beradi; yangi ijodiy fikrlar o‘zining ro‘yobga chiqishida yangi texnika vositalarini qo‘llay olishni talab qiladi; yangi texnika vositalarini qo‘llay olish yangi texnik imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi, yangi ijodiy fikrlar uchun yangi imkoniyatlar tug‘diradi, o‘z o‘rnida yangi ijodiy fikrlar esa texnik tomondan kelgusida takomillashtirish, rivojlanishni talab qiladi” deb aytib o‘tadi.


A. Bakushenskiy ijodkor shaxsni tarbiyalash sharoiti birinchi navbatda buyumlarning ichki dunyosini ifodalash imkonini tug‘diradigan materiallar va tasvirlash vositalarni qo‘llay olish, keyin esa badiiy qabul qilish qobiliyatini tarbiyalashga tegishli deb ta’kidlaydi. L. S. Vigotskiy badiiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yana bir sharoit, ijodniing namoyon bo‘lishida erkinlikning mavjudligi deb ta’kidlaydi. bu bilan L. S.Vigotskiy tasviriy san’at ulkan umumrivojlantirish ahamiyatiga ega deb hisoblaydi. Ijodiy jarayon faoliyatida o‘quvchilar o‘z munosabatlari, fikrlari, tuyg‘ularini obrazli ifodalashning yangi usullarini egallaydilar, dunyoqarashlarini kengaytiradi, hech qanday boshqa usul bilan ularning ongiga yetkazib bo‘lmaydigan obrazlar tilida ifodalashni o‘zlashtirib oladilar.
Yuqorida keltirib o‘tilgan omillarni umumlashtirib, o‘quvchilardagi voqelikni aniq ravshan qabul qilish, borliqni chuqur o‘rganish uchun ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradigan qobiliyatlarining bo‘lishi zarurligini xulosa qilish mumkin. Bu qobiliyatlar o‘quvchilardagi umumta’lim maktablaridagi tasviriy san’at fanini o‘rganish jarayonida rivojlantirilishi va takomillashtiriilishi zarur bo‘lgan ijodiy qobiliyatlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
B. N.Teplov qobiliyatlar jo‘shqin obraz tushunchasi bo‘lib, faqat harakat va rivojlanishda mavjud bo‘ladi deb hisoblaydi. Qobiliyat aniq bir faoliyatdan tashqarida yuzaga chiqishi mumkin emas, rivojlanish aynan amaliy faoliyatning u yoki bu jarayonida amalga oshadi. Qobiliyatlar nafaqat faoliyatlarda paydo bo‘ladi, balki ushbu faoliyat jarayonida yaratiladi. Qobiliyatlarning qandaydir bir faoliyatning muvafaqqiyatli bajarilishi uchun zarur bo‘lgan iste’dodning paydo bo‘lishi, ushbu muvofiqlikning naqdligiga bog‘liq, lekin har qanday faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun nafaqat iste’dod, balki kerakli ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlikni talab etadi.Tasviriy san’atdagi qobiliyatlarni muhokama qilinar ekan har qanday maxsus qobiliyat faoliyatning tayyor shakliga, qoidaga aylangan talablariga, shartlariga, normalariga, moslashmoqni talab qiladigan ma’lum bir malakalarga ega bo‘lish haqidagi N. S. Bogolyubovning (31) tadqiqotlariga murojaat qilish mumkin. Shu bilan birga ijodiy qobiliyat sifatida hattoki faoliyatning yangi shakllarida, unga kerakli asbob anjomlarda maxsus qobiliyatlar insondagi yashirin ijodiy qobiliyatlarning aynan o‘xshashi emas lekin ularning paydo bo‘lish sharti hisoblanadi. L. S.Vigotskiy ijodning shakllarini tadqiq qilar ekan fantaziya qurilishi jihatidan inson tajribasida uchramagan va hech qanday mavjud buyumga mos bo‘lmagan ijodning mutlaqo yangi shaklini eng yuqori daraja deb hisoblaydi. Shunday bo‘lsa ham tashqarida mujassam bo‘lgan, materiallar mujassamligini qabul qilgan, sof tasavvurda rivojlantirilib, yangi yaratilgan buyumlar paydo bo‘ladi va boshqa buyumlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishni boshlaydi.
Ijod shakli jihatdan va yuqori darajaga erishish uchun o‘quvchining badiiy-ijodiy faolligini oshirish pedagogdan sabot bilan ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.
Badiiy-ijodiy faollik dunyo psixologlari, pedagog va metodistlarning keyingi yillardagi tadqiqotlarida ta’kidlanishicha shaxsning har tomonlama rivojlanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tasviriy san’at shaxsning shakllanishi va rivojlanishi, umuman olganda asosan uning badiiy-ijodiy faolligini oshirishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘quvchilardagi har xil tasvirlash vositalarida rasmlar ishlash juda qiziqarli va keng ko‘lamli bo‘lib, borliqni idrok qilishning, ayniqsa his tuyg‘uga to‘la zavqli faoliyatni anglashning faol yo‘li hisoblanadi. Plenerda ishlash auditoriyalardagi mashg‘ulotlardan katta farq qiladi. Tasviriy san’at darslaridagi o‘quvchilar rasm chizish mashg‘ulotlarida fazoviy kenglikni tasvirlash murakkabligi, ranglar uyg‘unligini tanlay olmaslik, qiziqarli mavzuni, kompozitsiyani topa olmaslik kabi katta muammolarga duch kelishadi.
O‘zgaruvchan tabiiy yorug‘lik sharoitida akvarel bilan ishlash yetarli tajribasi bo‘lmagan o‘quvchilar akvarelning bor imkoniyatlaridan yaxshi foydalana olmaslik ochiq havoda ishlashda bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bizning fikrimizcha yorug‘ soyalar tez o‘zgarib turadigan ochiq havo sharoitida ishlash jarayonida tezlikda ishlash va akvarelda ishlashning boshqa usullarini egallashga ham olib keladigan ala prima usulida ishlash juda qo‘l keladi.
Akvarelning bu ishlash usuli ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabdagi o‘quvchilarning tasviriy san’at mashg‘ulotlari jarayonida badiiy-ijodiy qobiliyatlari bilan birgalikda shaxsiy sifatlarning toblanishi va xarakterining shakllanishi kabi qobiliyatlarning ham rivojlanishiga olib keladi. Aniqroq qilib aytganda;

    1. naturani badiiy idrok (talqin) qilish;

    2. badiiy obrazli ifodalash qobiliyati;

    3. tasvirlash vositalarini to‘g‘ri tanlay olish, rangtasvir tilini egallash;

    4. turli tasvirlash vositalarida ishlash texnikasini yaxshi egallash;

    5. materialda fikrlay olish, bajarayotgan ishining natijasini oldindan ko‘ra bilish;

    6. berilgan vazifani bosqichma bosqich bajarish va uning tushunib yetish;

    7. noan’anaviy vazifalarning yechimini zudlikda topa olish, intizomlilik, harakatlarning muvofiqligi, ziyraklik, ijodiy qatiyat;

    8. tus va koloritni (ranglar uyg‘unligi) ko‘ra olish;

    9. ifodaning qisqa va aniqligi (lo‘ndaligi), umumlashtirish qobiliyatlari;

    10. tasavvur, ko‘z xotirasi;

    11. ochiq havoda manzara, natyurmort ishlash ko‘nikmalarini egallash, mustaqil ranglavhalar seriyalarini yaratish;

    12. shaxsiy ijodiy tajribani anglash;

Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha qobiliyatlar va shaxsiy sifatlar va ijodkorlik sifatlarini o‘z ichiga olgan muhim xususiyatlar, umumiy hayot faoliyatida ham ijodda ham material tanlash va ishlashni ishonch bilan uddalash qobiliyatlarini aniqlaydi. O‘quvchilar tomonidan o‘zaro uyg‘unlik haqidagi bilimlarning egallanishi, qo‘yilgan postonovka va ular yordamida asta-sekin murakkablashib boradigan ijodiy vazifalarni bajarish, mashg‘ulotlarda yuqori darajadagi ijodiy kayfiyat, pedagog va o‘quvchilarning qiziqishlari - ijodiy faolliklari rivojlanishining dastlabki muhim sharti hisoblanadi. Har tomonlama ma’naviy rivojlanish g‘oyasi 80-yillarda N. N. Volkov tomonidan o‘ziga xos didaktik talqin qilindi. Bu g‘oyaning ijodiy yutug‘i insonning maqsadga yo‘naltirilgan va ongli sifatlari bilan xarakterlanadi. Badiiy-ijodiy faoliyat borliqni badiiy idrok qilish bilan birga o‘quvchilardagi faolllik va mustaqillikni rivojlantiradi. Shuning uchun agar o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va faoliyati uchun zarur bo‘lgan ruhiy shartlarini rivojlantirishni hohlar ekanmiz, bu usulga muvofiq faoliyatni tashkil qilishimiz, tizimli o‘quv jarayoniga bo‘ysundirishimiz kerak.
O‘qituvchining vazifasi – har xil sohalarda (o‘quv, ijodiy va ishlab chiqarish va h.k...) yangilikni faol qabul qilish va yaratish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuksak madaniyatli ijodkor shaxsni tarbiyalashdan iborat. O‘quvchi ijodiy faoliyati uning shaxsiyatining har tomonlama muvafaqqiyatli rivojlanishiga bog‘liq. Shuning uchun ijodiy faollikning shakllanishiga zamonaviy ta’limning muhim muammolaridan biri sifatida qarash kerak.
N. K. Shabanov rassom-pedagog uchun ma’naviy qobiliyatlarning muhim ahamiyatini ta’kidlab shunday deydi “ma’naviy qobiliyatlarsiz qolgan barcha qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi mumkin emas. Ma’naviyatdan keyin ijodiy qobiliyatlarni, undan keyingina boshqa qobiliyatlarni tushunishga harakat qilish kerak. Ma’naviy qobiliyatlardan kelib chiqib keyin ma’lum bir aniq, amaliy (ijodiy, ilmiy, texnik ratsionalizatorlik) qobiliyatlar
Amaliyot ob’ektiv dunyo qonuniyatlarini anglashda va inson hayotining so‘ngida ham eng muhim ahamiyat kasb etmaydi. Ma’naviyat esa shunday ahamiyatga ega hisoblanadi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, qobiliyatlar shaxsning tug‘ma xususiyati bo‘lmaydi, nasldan naslga ham o‘tmaydi. Insonda qobiliyatlar rivojlanishining dastlabki tabiiy iste’dod nishonalari mavjud bo‘ladi. odamlar iste’dodi bo‘yicha katta farq bo‘lmaydi, lekin iste’dod bilan qobiliyat o‘rtasida katta farq bo‘ladi. S.L. Rubinshteyn “qobiliyatlar iste’dodlar asosida rivojlanar ekan, u истеъdodning funksiyasi hisoblanmaydi, balki iste’dod qobiliyatlar rivojlanishning ilk boshlanishi, dastlabki sharti bo‘lib keladi. Shaxsning rivojlanishiga qo‘shilar ekan, uning o‘zi rivojlanadi ya’ni, o‘zgaradi, turlanadi” deb ko‘rsatadi. (165 b. 435). Tabiiy iste’dod asosida rivojlanadigan badiiy, ijodiy va pedagogik qobiliyatlar ko‘pchilikda bo‘ladi, tabiiyki ko‘pchilik o‘quvchilarda ham shunga muvofiq iste’dod mavjud bo‘ladi. Bu yerda yuqori darajadagi ijodkor shaxsni tarbiyalash maqsadi o‘qituvchining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ba’zi pedagoglar tug‘ma iste’dodlar ahamiyatini tan olib, shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlarni cheklaymiz deyishadi. Ularning fikricha to‘g‘ri ta’lim tizimi va tarbiya yo‘li bilan har bir kishidagi har qanday qobiliyatni cheksiz darajada rivojlantirish mumkin. Ta’limga bunday yondashishni pedagogik optimizm deyiladi. Qobiliyatlarning rivojlanishida qobiliyatlar va ko‘nikmalarning o‘zaro bog‘liqligi katta ahamiyatga ega. Odatda biz qobiliyatlarni qanday bo‘lsa shundayligicha emas, balki bilim va ko‘nikmalarga egalik darajasiga qarab baholaymiz. Bir tomondan tasviriy san’atda ishlash ko‘nikma va malakalarni egallash uchun biz ma’lum bir badiiy-ijodiy qobiliyatlarga ega bo‘lishimiz kerak bo‘ladi, ikkinchi tomondan ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishida shu faoliyat bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma va malakaning mavjud bo‘lishi shart. Ta’lim bu aslida bilim berish jarayoni bo‘lib, unda bilim va ko‘nikma orqali qobiliyatlar shakllantiriladi mana shunisi bilan oddiy mashq qilishdan farq qiladi. (s.437). Kompozitsiya, perspektiva, rangshunoslik, yorug‘-soya qonuniyatlari haqida bilim olar ekan, grafikada ishlash ko‘nikmalarini egallar ekan, tasvirlashning turli usullarida ishlashni anglab yetib o‘quvchilar ijodiy faoliyatda o‘z qobiliyatlarini rivojlantirib boradi.
Qandaydir sohaga bo‘lgan ishtiyoq bu tug‘ilayotgan qobiliyatlarning eng birinchi belgisi bo‘lib ko‘rinadi. Ishtiyoq – bu har bir shaxsning o‘ziga xos xususiyati hisoblanib, ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan intilishda paydo bo‘ladigan moyillikda ko‘rinadi. Badiiy-ijodiy faoliyatga bo‘lgan yuqori darajadagi ishtiyoq undagi ijodiy qobiliyatining uyg‘onib kelayotganidan darak beradi. Juda ko‘plab taniqli rassomlar (A. A. Ivanov, I. N. Kramskoy, V. A. Serov va h.k...) yosh bolaligidan ijodiy faoliyatga nisbatan ishtiyoqi balandligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan. Ishtiyoq, qiziqish, talab - bu faoliyat chegarasini aniqlaydigan inson tanlagan yo‘nalishni belgilab beradigan ifoda shaklidir. Teplov shunday yozadi: Odamdagi hech qanday qobiliyat shaxsning umumiy yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lmaydi. (181, s.46), u qobiliyatlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi, yoki teskarisi, ularning rivojiga to‘sqinlik qiladi. Har qanday toifani ko‘rib chiqqanimizda ikkita asosiy jihatini taqozo qiladi: uning tuzilishi va rivojlanishini tahlil qilish. Endi qobiliyatlarning rivojlanishi qanday kechadi va ularning rivojlanishi uchun qanday sharoitlar bo‘lishi kerakligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Rivojlanish (kasbiy) – bu mukammallashish yo‘lida, uning xususiyatlari va parametridagi har qanday kichikdan kattaga, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga o‘tish (o‘zgarish) vaqtidagi shaxsning jismoniy va ruhiy o‘zgarishlari jarayoni. Qobiliyatlarning rivojlanishi ta’lim bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular alohida jarayon bo‘lib chiqa olmaydi, ular shaxsning umumiy rivojlanish jarayonining mazmun va shaklini tashkil etadi. Badiiy-ijodiy qobiliyatlarning rivojlanish muammosi boshqa qobiliyatlar kabi, masalan pedagogik, faoliyat muammolari, shaxs faoliyatining rivojlanish vositasi bo‘lib shakllanib boradigan sharoitning aniqlanishi bilan o‘zaro bog‘liq. Inson faoliyati - bu aniq qilib aytganda, tarixiy rivojlanish jarayonida inson mehnat faoliyati vositasida tabiatni o‘zgartirib, moddiy va ma’naviy madaniyatni yaratadigan jarayon. Insonning barcha maxsus qobiliyatlari – bu oxir - oqibat insoniyat yutuqlarini o‘zlashtirish va uning kelgusidagi olg‘a siljishiga xizmat qiladigan umumiy qobiliyatlarning har xil ko‘rinishlari. Shaxsni yaxshi o‘rganib va bola faoliyati uchun qo‘yiladigan talablarni bila turib, biz o‘quvchining ushbu faoliyatga nisbatan qobiliyat imkonini va hatto u qanday darajada bajariladi, kasbiy yaroqliligi qanday, faoliyat davomida qanday qiyinchiliklarga duch kelinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni aniqlashimiz mumkin bo‘ladi. Qachonki inson qandaydir ishni bajarishni boshlar ekan, uning qobiliyatlari imkoni faollashadi va bu faoliyat jarayonida o‘zini namoyon qiladi va shakllanadi.
Rivojlantirilmagan qobiliyat asta-sekin yo‘qolib boradi. Shuning uchun inson o‘zidagi badiiy – ijodiy qobiliyatlarni qo‘llab-quvvatlab va rivojlantirib borishi uchun tinimsiz mashq qilib borishi kerak, xususan tasviriy san’atda ijodiy ishlash mashg‘ulotlarini muntazam bajarib turish natijasida katta yutuqlarga erishish mumkin. Maxsus qobiliyatlar hali maktab yoshiga yetmagan bolalarda shakllanib boshlaydi va keyin maktabda o‘quv va mehnat faoliyati davomida rivojlanib boradi. Shuning uchun badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish ilk bolalik davridan boshlanishi kerak. “Bolalikdan boy berilgan narsani o‘spirinlik davrida hech ham o‘z joyiga qo‘yib bo‘lmaydi, voyaga yetgan davrda esa gapirmasa ham bo‘ladi, bu bolaning ma’naviy dunyosining barcha sohalariga, jumladan ma’naviy tarbiya jihatlariga ham tegishli” deb yozadi V. A. Suxomlinskiy. (176.s.74). Akvarelda ishlash mashg‘ulotlari zamonaviy maktab dasturlariga kiritilgan. Uzluksiz ta’lim tizimidagi bolalar naturadan rasm ishlaydigan tasviriy san’atni o‘qitish jarayonida o‘tkaziladi. Turli qobiliyatlarning rivojlanish tezligi va darajasi har xil insonlarda bir xil bo‘lmaydi. U kimdadir tez, kimlardadir esa sekin rivojlanadi. Masalan, ko‘z xotirasi, nisbatlarni aniqlash kabi qobiliyatlar ba’zi kishilarda qiyinchilik bilan rivojlanadi. Har bir shaxs qobiliyatlaridagi farqlarning mavjudligi bunday o‘quvchilarga alohida e’tibor bilan yondashishni talab qiladi. Psixologiyada qobiliyatlarning o‘ziga xosligi bilan shug‘ullanadigan – tabaqalashtirilgan psixologiya va tabaqalashtirilgan psixofiziologiya kabi ikkita tarmoq mavjud. Tabaqalashtirilgan psixologiya vakillari tomonidan nafaqat umumiy qobiliyatlarni, balki maxsus qobiliyatlarni aniqlash uchun ham testlar tuzilgan va ularni baholash usullari ishlab chiqilgan. Testlar yordamida avvalo shaxsiy qobiliyatlarning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Qobiliyatlar rivojlanishi darajasini aniqlash bo‘yicha testlardan tashqari boshqa mezonlar ham ishlab chiqilgan. Ular bilim va ko‘nikmalarni egallash tezligi, bajarilayotgan faoliyatning samaradorligi va natijaligiga erishishga aloqador.
Qobiliyatlarga tegishli shaxsiy-psixologik farqlanishlar muammolarining yechimi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilganda ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarga alohida yondashish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega1.
Alohida yondashish asosida insonning shaxsiyati va o‘ziga xosligini e’tirof etish yotadi. O‘quv mashg‘ulotini tanlashda, borliqqa nisbatan hissiy va xususiy yondashishida har bir o‘quvchi shaxsiyatining takrorlanmas o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Ta’limda shaxsiyatni e’tiborga olish har bir o‘quvchidagi qobiliyatlarning yuqori darajadagi rivojlanish imkoniyatini oshiradi. O‘quvchiga nisbatan (alohida) individial (yakka tartibda) yondashish o‘quvchini ta’lim jarayonining asosiy sub’ekti sifatida e’tirof etishni shart deb biladi, bunda ta’lim dasturida shaxsiy xususiyatlar hisobgaga olingan bo‘lishi lozim. Bu holda turli vositalarda rasm ishlash bo‘yicha vazifalar tizimi umumta’lim maktablarida tasviriy san’atni o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchi imkoniyatlari, qobiliyatlarining rivojlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Alohida yondashishni amalga oshirishda o‘quvchining ijodkor shaxs sifatida shakllanishi uchun yordam beradigan, yuqorida keltirilgan xususiyatlarga bog‘liq holda har kimda har xil darajada bo‘ladigan asab tizimi xususiyati (zaiflik, o‘zgaruvchanlik, sustkashlik darajasi)ni oldindan bilishning ahamiyati juda ham katta. Ta’sirchan asab tuzimiga ega bo‘lgan o‘quvchilar naturaga nisbatan o‘zlarining hissiy munosabatlarini ifodalashga intilishadi, ular rasm ishlashni tez va yengil boshlashadi. O‘qituvchiga ular bilan ishlash nisbatan oson kechadi. Asab tizimi kuchsiz o‘quvchilarda ijodiy jarayon (mavzu tanlash, kompozitsion yechim topish) sust kechadi. Natijada ularda yangi bilimlar egallash jarayonini susaytiradigan o‘z ishlaridan qoniqmaslik hissi paydo bo‘lishiga olib keladi. Yuqori darajadagi sezgirlik hissining mavjudligi pedagogga ularni bunday tushkunlik holatidan chiqarib olishni tezlashtiradi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish mumkinki ulardagi ijodkorlik qobiliyatlarining rivojlanishi uchun o‘zini tez tiklay olish qobiliyatlarining mavjudligi katta ahamiyatga ega. Badiiy pedagogik faoliyatda qobiliyatlar nazariya bilan amaliyot birga olib borilishi jarayonida ko‘rinadi va bu birikmalardagi alohida qobiliyatlar boshqa yuqori darajadagi qobiliyatlarga yetishib oladi, ba’zi qobiliyatlarning yetishmasligi boshqalari bilan to‘ldirib boriladi. Shuning uchun badiiy pedagogik qobiliyatlar tizimi har doim o‘ziga xos individual xususiyatga ega bo‘ladi.
L. S. Rubinshteynning ta’kidlashicha qobiliyatlarning rivojlanishi burama (spiral) shaklida bajarilib: ushbu darajadagi qobiliyatlarni ifodalaydigan imkoniyatlarning amalga oshishi natijasida yanada yuqori darajadagi qobiliyatlarning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochilib boradi. Bundan oldingi tajribalar natijasida fikrlashning faoliyat rivojlanish vositasi sifatida qobiliyatlarga ko‘proq bilimlarni usul ko‘rinishida foydalanish imkoniyati deb qaraladi.
R. S. Nemovning aytishicha qobiliyatlar rivojlanishining muhim sharti faoliyatning ijodiy xususiyati hisoblanadi.
Bolalarning tasviriy faoliyatdan malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish omillari T. N. Komarova tomonidan atroflicha ilmiy asoslab berilgan bo‘lsa,2 bolalarni rasm ishlash texnikasiga o‘rgatish muammosi XX asr boshlarida V. M. Bexterev, Korrodo Richchi, Liberti Tedd tomonidan tadqiq etilgan. Ular bolalar ijodiyotining o‘ziga xos rivojlanishini ta’kidlagan holda bu jarayonda rasm ishlashga o‘rgatishning zarurligiga alohida urg‘u berilgan. Liberti Tedd rasm chizishda qo‘l harakatlari uchun maxsus mashqlar tizimini ishlab chiqqan.3 Bu mashqlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu mashqlarni bolalar jon–dillari bilan bajaradilar. U faqatgina geometrik shakllarni chizdirish bilan cheklanib qolmasdan, balki tabiiy unsurlarni chizdirish va bu orqali bolalarning ona tabiatga bo‘lgan qiziqishlari, kuzatuvchanliklarini rivojlantirish lozimligini ta’kidlaydi. P. N. Nikonorova esa o‘z tadqiqotlari natijasiga asoslangan holda tasviriy faoliyatda vazifalarni turli materiallar va texnikada ishlash bolalarning ijodiy tashabbusini uyg‘otishi, fantaziyasi va tasavvurlarini o‘stirishning muhim sharti ekanligini ta’kidlaydi.4
Jamiyatdagi yuz berayotgan katta o‘zgarishlar maktab oldiga o‘quv faoliyatining barcha jabhalarida ijodkor o‘quvchi shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq muammolar yechimini hal etish vazifasini qo‘ymoqda. Bu muammolarning yechimini topishda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kun o‘qituvchisi bolalar bilan ishlaganda bu qobiliyatlarning yanada samaraliroq rivojlanishiga yordam berishi, o‘quvchilarning aqliy va amaliy malakalarini faollashtirishni ta’minlaydigan ta’lim usullari va metodlarini qo‘llashga diqqatini qaratishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar va o‘z imkoniyatlaridan kengroq foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyati, imkoniyatiga qarab ijodiy qobiliyati, ishtiyoqi, qiziqishini samarali rivojlantirish:
- yechimi aniq bo‘lgan har xil ijodiy vazifalar berish;
- amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilardagi ijodiy qobiliyatlarini faollashtirish va yo‘naltirish usullari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘zining har bir darsini bola hayotidagi yorqin voqea bo‘lib qolishiga, ulardagi mustaqil ijodkorlik hislarini uyg‘otishga intilishi darkor. Rasm chizish o‘ziga xos qiziqarli mashg‘ulot. Unda har safar avvalgisiga o‘xshamagan, yangi, o‘ziga xos, hayajonli, qiziqarli muhit yaratilishi lozim. O‘qituvchi bu muhitni o‘quvchilar bilan jonli muloqot, musiqa, tasvirlar, she’riy satrlar, o‘yinli holatlar, kompyuter dasturlari yordamida yaratishi mumkin.
Tasviriy san’at darslaridagi ijodiy faoliyat mobaynida taklif etiladigan tasvirni har xil ifodalash shakllari:

  • qog‘oz tekisligida hajmli shakllarni (naturadan qarab, xotiradan, tasavvurdan) tasvirlash;

  • konstruktiv va dekorativ rasmlar ishlash;

  • san’at asarlari va borliqdagi ko‘rinishlarni idrok qilish;

  • o‘rtoqlari bilan jamoa bo‘lib ishlash, sinfda va uyda bajarilgan vazifalar natijasini birgalikda muhokama qilish;

  • tasviriy san’atdagi ma’naviy meroslarni o‘rganish;

  • o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar to‘plash kabi yo‘nalishlarda tasviriy savodxonlikni shakllantirish o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish va rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir.

Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni fanlararo aloqadorlik prinsipidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Zero, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha musiqa (musiqa asarlari eshitib rasm ishlash, tasviriy san’at va musiqa o‘rtasida aloqa o‘rnatish), adabiyot (she’riy satrlar o‘qish, topishmoq, ertak, illustrasiyalar chizish), tarix (san’at asarlari yarratilishini o‘rganish, tarixiy voqealar, mavzuli voqeaband mavzularni o‘rganishda janglar tasviri va h.k...), texnologiya (o‘yinchoqlar, kelgusida naqsh ishlash uchun idishlar, qutichalar yasash), informatika fanlari bilan bog‘liq grafik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida o‘quvchilar har xil tasvirlash vositalari (qalam, qog‘oz, karton, mo‘yqalamlar, akvarel, guash bo‘yoqlari, plastilin, stek) bilan ishlash usullarini o‘zlashtiradilar. Hozirgi davrda ijodiy jarayonni kengaytiruvchi har xil flomaster, geliyli ruchka, o‘chirish uchun shtrixlar, sifati va fakturasi har xil qog‘ozlar kabi juda ko‘plab yangi tasvirlash ashyolari paydo bo‘ldi.
Tasvirlash ashyolarning ko‘payishi ijodiy ishlar turi, ko‘lamining kengayishiga olib keladi. Tasviriy san’at darslarida ularni o‘rnida qo‘llash o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Shuningdek tasviriy san’at darslarida faoliyatning har xil turlaridan foydalanish o‘quvchilarga o‘z ijodiy “g‘oyalari”ni turli texnikada tasvirlash imkonini yaratadi. Jumladan:
– chizish (har xil janr va turlarda); applikatsiya (rang-barang qog‘oz yoki mato parchalarini biror narsaga yopishtirib yoki tikib gul, naqsh hosil ќilish); qandaydir qog‘oz yoki yuzaga uning rangi va fakturasi bilan farq qiladigan rangli qog‘oz parchalarini yopishtirib kompozitsiya ishlanadigan tasviriy san’atning texnik usuli – kollaj; plastik materiallardan haykal yasash; qo‘lda yasalgan buyumlarga naqsh ishlash; barmoqlar bilan chizish, har xil shoxlar, g‘o‘lalarga ozgina ishlov berib kompozitsiya ishlash, pero yoki boshqa o‘tkir asbob bilan qog‘ozga, kartonga qirqib yoki o‘yib ishlanib, keyin u joyga tush quyib tasvir hosil qilish – grattaj usuli kabi texnikalardan foydalanish mumkin.
Darsdan tashqari vaqtlarda esa ingichka uzun qog‘oz tasmalaridan uzun spiralsimon burmalar hosil qilib har xil (hajmli va hajmsiz) kompozitsiyalar tayyorlash jarayoni – kvilling (inglizcha (quill) so‘zdan olingan bo‘lib qush pati ma’nosini bildiradi) texnikasida, oynaga harir ranglarda rangtasvir yoki naqshli kompozitsiya ishlash – vitraj, yog‘ochga o‘yish, shisha va sopolga ishlash kabi texnikalarini o‘rganishadi.
Bir darsdan keyingi darsgacha doimiy ravishda badiiy tasvirlash ashyolari o‘zgarib, ularning har xil imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallab borishadi.
O‘quvchidagi ijodiy faoliyat shaklining xilma–xilligi ularning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga sabab bo‘ladi va bu bola shaxsiyati shakllanishining muhim sharti hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida unga individual yondashish ham boladagi ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishining muhim shartlaridan biridir.
Ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi barchada birdek bo‘lishi mumkin emas, lekin o‘z ijodiy mehnati natijasidan quvonch hissini tuyushi uchun har bir bolaga faol, mustaqil ravishda ijod qilish imkoniyati yaratib berilishi kerak.




Download 354.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling