О liy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch Davlat univеrsitеti Pedagogika fakulteti “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” yònalishi 201-guruh talabasi Matchonova Asaloyning Tasviriy san'at fanini o'qitish metodikasi fanidan Kurs


Download 354.09 Kb.
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi354.09 Kb.
#1612724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asaloy kurs ishi

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ro‘y berayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mehnat bozorida vujudga kelayotgan raqobat tasviriy san’at sohasida ham zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash sifatini sezilarli darajada oshirish zarurati to‘g‘risidagi yangi savollarni tug‘dirmoqda. Zamonaviy jamiyatda insonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligi o‘zgarmoqda, bu vaziyatda jarayon ishtirokchilarining tayyorgarligi va malakasiga yuqori talablar qo‘yiladi. Hozirgi globallashuv kuchaygan paytda axborot va yangi texnologiyalar sohasida ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Barcha jarayonlar ta’limga faol ta’sir ko‘rsatadi va mamlakatning tarixiy rivojlanishining yangi sharoitida muammolarni samarali hal qilishni talab qiladi. Bunday sharoitda ta’lim tizimini yangilash ob’ektiv zaruratga aylanmoqda va pedagogik ta’lim innovatsion klasteri bo‘yicha “Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at ta’limining uzluksizligini ta’minlashni talab etmoqda.
Kurs ishining maqsadi. “Ilmga intilish yo‘qolsa, fan taraqqiy etmaydi, ilm-fan rivojlanmasa jamiyatning kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi”.
Prezidentimizning bu so‘zlari faqatgina mustaqil respublikamizning yoshlariga qaratilgan bo‘libgina qolmay, nafaqat jahon hamjamiyatida dasturi amal bo‘ladi deyish mumkin.
“Ilm-u fan taraqqiyoti biz uchun eng ustuvor sohalardan biridir. Bu sohada xizmat qiladigan odamlarning saviyasi, obro‘si haqida g’amxo‘rlik qilishimiz ularning hayotimizga qo‘shadigan hissasiga qarab, e’tibor berishimiz shart. O‘zining kelajagini o‘ylaydigan jamiyat, davlat avvalambor o‘z olimlari , ilm-ziyo ahliga xizmat qilishi kerak, ularni yuksak darajaga ko‘tarish kerak.
Tadqiqot ob’ekti:Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at orqali ta’lim klasterini tatbiq etish asosida o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish.
Tadqiqot predmeti:- Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at orqali ta’lim klasterini tatbiq etish asosida o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at orqali ijodiy qobiliyatlarini o’stirishdan asosiy maqsad:
1. Mavjud nazariy tushunchalarni tahlil qilish, umumiy pedagogik amaliyotni rivojlantirishning asosiy tizimlari va bosqichlarini aniqlash va tavsiflash asosida uzluksiz tasviriy san’at ta’limining nazariyasi va amaliyotini shakllantirish.
2. Vizual modellashtirish asosida “Maktab-institut” tizimidagi o‘quv jarayonida tasviriy san’at ta’limi mazmunining uzluksizligini ta’minlash texnologiyasini ishlab chiqish va asoslash.
3. Maktab-institut ilmiy-tadqiqotlar tizimida o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirish maqsadida uning shaxsiy tajribasi va modellashtirishning didaktik shartlari va shakllarini aniqlash.
4. Maktab-institut ta’lim tizimida tasviriy san’at ta’limining kasbga yo‘naltirilgan tarkibiy uzluksizligini samarali amalga oshirish uchun kompleks tashkiliy-pedagogik va o‘quv-uslubiy ta’minotini ishlab chiqish, uning samaradorligini eksperimental ravishda tekshirish va o‘quv jarayoniga joriy etish.
“Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at ta’limining nazariy va amaliy masalalarini dastlabki o‘rganib chiqilishi natijasida tizimdagi uzluksizlik haqida tasavvur paydo bo‘ldi va natijada quyidagi faraz shakllandi. Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri “Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at ta’limining uzluksizligini ta’minlashning innovatsion texnologiyasi bo‘lib, agar u quyidagi nazariy va metodologik prinsiplarga asoslanadigan bo‘lsa, estetik madaniyat darajasini va talabalarning ijodiy kompetensiyasini rivojlantirishni ta’minlaydi:
- O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish vazifasi shaxsni tarbiyalashning har bir bosqichida “Maktab-institut” ta’limining asosiy tarkibiy elementlarini yangilash va birlashtirish uchun didaktik mexanizmlar, yetarli shart-sharoitlar, kasbiy va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishidagi faoliyat usullari yaratilishini ta’minlashi kerak;
- “ Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at ta’limining kasbga yo‘naltirilgan tarkibiy uzluksizligi modeli o‘quv va kasbiy motivatsiya hamda faollikni oshirish sharoitida o‘quvchilar shaxsiyati va vizual modellashtirish tajribasini asoslash nazariyasiga asoslanadi;
- Tarkibiy qismlar uzluksizligini ta’minlash didaktikasi - butun tizimni (vizual abstraksiyalar yordamida real dunyoning konsepsiyasi va ob’ektlarini aks ettiradigan muammolarni idrok etish usuli) vizual modellashtirish usuli va vositalari, mahalliy modellashtirish, idrok etish, xotira, tafakkur, vazifalar yechimi, tasavvur va mantiqiy (kognitiv) fikrlash hamda ijodiy faoliyatni boshqarish kabi asosiy ta’lim elementlari va uni takomillashtirish aloqalarini o‘z ichiga oladi;
- Ta’limning ikki bosqichida (Maktab-institut) uning kasbga yo‘naltirilgan tarkibiy tuzilishini tanlash - kelajakda ijodkor-o‘qituvchilar estetik didi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun vazifalar majmuasi, tasviriy san’at kurslari aloqadorligining mazmuni hamda uzluksizligiga asoslangan bo‘ladi;
- O‘quvchilar tajribasini shakllantirish va tasviriy san’atni o‘qitishda vizual modellashtirishning asosiy didaktik shartlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: didaktik modullar va butun ta’lim tizimi mazmunining uzluksizligini ta’minlash; Muayyan sodda va tushunarli tushunchalar va aksincha usullar, g‘oyalar, harakat bosqichlarini amalga oshirishga qadar umumiy pedagogik qoidalarga rioya qilish; Pedagogik usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalangan holda ijodiy, o‘quv va kasbiy muammolarni hal qilish uchun maktabda tasviriy san’atga qiziqishni shakllantirishning bosqichli usullarini loyihalash; tasviriy san’atni o‘qitish mazmunining uzluksizligiga asoslangan ta’limning turli darajalarida tanlov va turli vaziyatlar uchun moslashuvchan vazifalarni loyihalash.

Download 354.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling