Gʻazalni oʻqing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
***
1. Parizodeki mushk
1
in zulfi jonim mustamand etmish
2
,
Maloyik qushlarin ul halqa mo‘lar
3
birla band etmish.
2. Samand
4
inkim yolindek tez erur, yuz shukrkim, gardun
Anga bizni samandar
5
vash, munga gardi samand etmish.
3. Chekarga ishq otashgohig‘a devona ko‘nglimni
Qazo har bir sharar tori
6
ni bir o‘tlug‘ kamand
7
etmish.
4. Vafog‘a telbaliqdin nopisand o‘lsam, oni ko‘rkim,
Jafog‘a kimni menga ul paripaykar pisand etmish.
5. Mayi ravshan tut, ey soqiyki, ko‘nglum tiyra qilmish shayx
Damu afsun
8
bila baskim anga izhori pand etmish.
6. Labingda no‘sh
9
u zahri hajr og‘zimda, tong ermas gar
Manga har zahrxand
10
o‘lg‘onda dil bir no‘shxand
11
etmish.
7. Labi la’lin malohat xoli birla bahravar
12
qilg‘on
Mening jonimni dog‘i ishq birla bahramand etmish.
8. Birovkim sarv
13
dek ozodvash bo‘ldi bu bog‘ ichra,
Qazo dehqoni
14
ham sarsabz
15
oni, ham sarbaland etmish.
9. Navoiy, kech visol ummedidinkim, haq seni behad
Zalilu zoru, yoringni azizu arjumand etmish.
28. [ 2,5 ball ]
G‘azal matla’si haqidagi
NOTO‘G‘RI hukmni
Do'stlaringiz bilan baham: |