O m a d y o r b o’ L s I n!!!


Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi topshiriqlarni bajaring


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana14.10.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1703070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MILLIY SERTIFIKAT.3. YANGI

 
Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi topshiriqlarni bajaring. 
 
DARAXT TURLARI 
 
1.
Non daraxti. Eng g‘aroyib daraxtlardan biri − non daraxti. U tropik mamlakatlarda o‘sadi, 
biroq uning vatani Yangi Gvineya va Okeaniya hududi sanaladi. U haqida bor-yo‘g‘i XVII asrda ingliz 
dengizchilari sabab bilishgan. Dengizchilar mahalliy aholi g‘aroyib daraxt mevasini non o‘rnida 
yeyishini hayrat bilan kuzatishgan. Ana o‘shanda matroslar o‘simlikning ko‘chatini olib ketib, o‘z 
o‘lkalarida ham ekishgan. Biroq bundan yaxshi natija chiqmadi. XVIII asrda uni Yamaykada 
o‘stirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mazkur o‘simlik mevalari qullarni boqishdagi asosiy mahsulotga 
aylandi. Non daraxtining poyasi va shoxlari yo‘g‘on. Tashqi ko‘rinish jihatidan qovunga o‘xshab ketadi. 
Non daraxti bir necha oylar davomida suvsizlikka chidashi va 40 daraja issiq haroratni ham ko‘tarishi 
mumkin. Qiziqarli jihati, bu g‘aroyib daraxt yiliga 9 oy davomida meva beradi. Yetmish yil davomida 
har yili bitta daraxtdan 600-700 ta meva olinadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, non daraxti mevalari 
kulinariyada ham qo‘llaniladi: u qovuriladi, qaynatiladi, un kabi yanchiladi va xomligicha iste’mol 
qilinadi. Ta'miga ko‘ra kartoshkani yodga soladi. Shunga qaramay, ular juda tez ayniydi. Shuning 
uchun uni qisqa vaqt ichida yeb tugatishga to‘g‘ri keladi. Biroq u quritilsa, ancha uzoq saqlanadi. 
Daraxtning qolgan qismlari xo‘jalikda keng qo‘llaniladi: barglari bilan uy hayvonlari boqiladi, urug‘i 
esa qovuriladi. 
2.
Sut daraxti. Bu daraxt — o‘ta g‘aroyib. U «brosium» yoki «sigir daraxti» deb ham ataladi. Bugun 
uni Janubiy va Markaziy Amerikada, shuningdek Osiyo mamlakatlarida ham uchratish mumkin. 
Daraxt nomining o‘ziyoq suyuqlik ishlab chiqarishini anglatadi. Aynan shuning uchun ham mazkur 
daraxt yetishtiriladi. Boshqa o‘simliklardan farqli ravishda uning suti zaharli emas, aksincha foydali 
hamda ta'mi yoqimli. Tashqi jihatdan ushbu suyuqlik oddiy sutni yodga soladi. Biroq u quyuqroq va 
o‘ziga xos yoqimli hidga ega. Oldindan qaynatib olinsa, hatto jazirama issiqda ham sut bir haftagacha 
achimaydi. Sut daraxti haqida bilgan ilk yevropaliklar ispan istilochilari edi. Uyga kelib, sog‘ish 
mumkin bo‘lgan ajoyib daraxt haqida so‘zlab berishgan. Daraxtning tanasi kesiladi, uning tagiga esa 
idish qo‘yiladi. Bir martada 3-4 litr sut yig‘ish mumkin. Mahalliy aborigenlar bunday sharbatni biz 
qo‘y yoki echki sutini ichgandek iste'mol qilishadi. Bundan tashqari, undan sham va saqich ishlab 
chiqarish uchun mum olish mumkin. 
3.
Sovun daraxti. G‘aroyib daraxt Osiyo va Amerikaning tropik o‘rmonlarida o‘sadi. Bu qiziq 
o‘simlik, ayniqsa uning mevalarida ko‘plab saponin moddasi bo‘lib, u kir ketkazish xususiyatiga ega. 
Ilgari hindular ushbu daraxtning po‘stlog‘idan matolarni oqartirish uchun foydalanishgan. Bugun esa 
sovun daraxti kosmetologiyada keng qo‘llaniladi.Uning urug‘i o‘ta qattiq, shuning uchun undan tasbeh 
va turli bezaklar tayyorlanadi. Mevalari sovunli yong‘oqlar deb ataladi, chunki ular bemalol kir yuvish 
kukuni o‘rnini bosa oladi. U mutlaq gipoallergen, hidi yo‘q, ekologiyaga ham zarar keltirmaydi.
4.
Kolbasa daraxti. Kolbasa daraxti yoki kigeliya Afrika mamlakatlarida o‘sadi. Yevropada bu 
daraxt haqida bir necha asrlar oldin eshitishdi. Daraxt mevalarini iste'mol qilishdan avval unga 
termik ishlov berish kerak. Chunki u juda zaharli. Mahalliy aholi undan alkogol ichimlik tayyorlashni 
o‘rganishgan. Afrika aborigenlari kolbasa daraxtini tibbiyotda qo‘llashadi. Uning mevalari bilan 
yallig‘lanishlar, ilon chaqishi, zaxm (sifilis) davolanadi va turli yaralarni bog‘lash uchun qo‘llaniladi. 
Shifokorlar g‘aroyib kigeliya daraxti aslida antibakterial xususiyatga egaligini tasdiqlaydilar. Aynan 
shuning uchun bugungi kunda turli kosmetika vositalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Daraxt 
mevalari uzoq qaynatilganida qizil bo‘yoq olish mumkin. Afrikaliklar u bilan matolarni bo‘yashadi. 


Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari_______________________Muallif: Salimbek Nazirov
 
@nazirov_sertifikat
TEL:
(99)711-76-12 
18. [ 1,7 ball ] 
Matn mazmuniga mos to‘g‘ri 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling