aniqlang.
A) Uning Asalga bo‘lgan munosabatlari ancha
o‘zgargan, eni u Xadichani sevib qolgan edi.
B) U o‘zini aybdor his qilar, Asalning muhabbatiga
munosib bo‘la olmaganidan qiynalardi.
C) Dovondan pritseplar bilan o‘ta olmagach,
nafaqat jamoa, balki Asaldan ham uyalardi.
D) Qatorasiga kelgan ko‘ngilsizliklar va
irodasizligi sababli tushkunlikka tushib qolgandi.
15. ( 1,7 ball )
Quyidagi qaysi asarda begona bir qochoqqa
yaxshilik qilib, yotib yurishga do‘konidan joy
bergan, boshini ikki qilib bir bevani olib bergan,
farzandli bo‘lgach ism ham qo‘ygan marhamatli
insonlar obrazi uchraydi?
A) “Oltin zanglamas” (Shuhrat)
B) “Asror bobo” (Abdulla Qahhor)
C) “Sarvqomat dilbarim” (Chingiz Aytmatov)
D) “Tushda kechgan umrlar” (O‘tkir Hoshimov)
16. ( 1,7 ball )
Mirkarim Osim qalamiga mansub
“Jayhun ustida bulutlar” qissasida Beruniy nima
uchun Mahmud G‘aznaviyning “Har qanday
ilmning poydevori dini islom bo‘lmog‘i kerak. Shia,
qarmat mazhabi ilmni boshi berk ko‘chaga kiritib
qo‘yadur...” degan gaplariga taajjublanadi?
A) Uning islom homiysi bo‘lib bu qadar jon
kuydirayotganligidan hayratga tushgandi.
B) G‘aznaviy o‘ta ketgan mutaassib va sun‘iy
mazhabning jangovar himoyachisi edi.
C) Beruniy uning nasl-nasabini, ota-bobolari
majusiyligini boshqalardan yaxshiroq bilardi.
D) Diniy kitoblarni ko‘p mutolaa qilgan Beruniy
uning bu boradagi bilimiga qoyil qoladi.
17. [ 1,7 ball ]
Shuhrat qalamiga mansub “Oltin zanglamas”
romanidagi Musharraf obrazi bilan bog‘liq to‘g‘ri
hukmni aniqlang.
A) Yetimligini betiga solgan qaynanasi bilan
o‘chakishar, hatto yig‘layotgan o‘z bolasiga ham
qaramay, qaynanasidan qasd olishga urinardi.
B)
Turmushdan hech yolchimaganligi,
shuningdek, Sodiqni qattiq yaxshi ko‘rib qolganligi
sababli rashk qilib kunda janjal qiladi.
C) Aslida tabiatan og‘ir-vazmin va mulohazakor
bo‘lishiga qaramay, Sodiqning qamalganidan
keyin butunlay salbiy tomonga o‘zgaradi.
D) Ikki bor o‘tkinchi hirsga berilib, xatoga yo‘l
qo‘yadi, Sodiq qamalgandan keyin ham bu ishga
yana qo‘l urib, oqibatda ayanchli o‘lim topadi.
Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari_______________________Muallif: Salimbek Nazirov
@irfonntmguruh
TEL:
(99)711-76-12
Do'stlaringiz bilan baham: |