O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Jahon xalqlari boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115
Bog'liq
darslik

Jahon xalqlari boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi. Hozirgi 
zamon jahon xalqlarining boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi 
muayyan uyg’unliklarga ega. G’arb va Sharq xalqlari boshlang’ich 
ta’limida quyidagi umumiyliklar mavjud: 
- har bir bolani savodxon qilish; 
- har bir bolani keyingi ta’limga tayyorlash; 
- boshlang’ich ta’limni ilmiy asosda tashkil qilish; 
- boshlang’ich ta’lim beruvchi maxsus mutaxassis o’qituvchilarni 
tayyorlash. 
Ayni paytda, jahon xalqlari boshlang’ich ta’limida quyidagi farqlar 
uchraydi: 
- o’quv fanlarini jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib belgilash; 
- Sharq mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni 8 yoshgacha amalga 
oshirish; 
- G’arb 
mamlakatlari 
boshlang’ich ta’limida o’qituvchilarning 
individual yondaShuvi ustuvorligi; 
- boshlang’ich ta’lim muammolarini standartlashtirilgan tarzda hal 
etish. 
Jahon xalqlari boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixida quyidagilar 
muhim o’rin tutgan: 
a) ibodatxonalar huzurida boshlang’ich maktablar tashkil etish; 
b) xususiy boshlang’ich maktablarni rivojlantirish; 


35 
v) boshlang’ich ta’limni homiylik asosida amalga oshirish; 
g) imkon qadar har bir bolani boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olish. 
Misol uchun, qadimgi Rossiyada boshlang’ich ta’limni amalga 
oshiruvchi Qirollik maktablari, Amakilik maktablari va Usta 
savodxonlik maktablari bo’lgan. Buning natijasida Rossiyada barcha 
maktab yoshidagi bolalar boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olingan.
Evropa mamlakatlari ichida Germaniya boshlang’ich ta’lim 
pedagogikasi juda boy tajribalarga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu 
mamlakatning boshlang’ich ta’limidan boshlab bolalar ongiga kiborlik 
tuyg’usi singdiriladi.
Frantsiya boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’quvchilarni janoblik 
va xonimlik qadriyatlari asosida voyaga yetkazishga e’tibor qaratiladi. 
Buning natijasida Frantsuz xalqi Yevropa mamlakatlarining eng 
madaniyatli aholisi deb e’tirof etilgan.
Jahon xalqlari boshlang’ich ta’limi tajribalari bugungi kunda barcha 
xalqlar tomonidan e’tirof etiladi. CHunki bunga quyidagilar sabab: 
- boshlang’ich ta’limga juda ko’p miqdorda moliyaviy mablag’ ajratish; 
- boshlang’ich ta’limga eng zamonaviy texnologiya yutuqlarini tatbiq 
etish; 
- boshlang’ich ta’limning davlat nazoratiga olinganligi; 
- boshlang’ich ta’limning dunyoviy xarakterda ekanligi. 
Ayni paytda, qashshoqlik tufayli Afrika qit’asidagi bolalar 
boshlang’ich ta’lim olishdan mahrum. Bu masala 2000 yildan boshlab 
YUNESKO nazoratiga olindi. Unga ko’ra, dunyoning har bir mamlakati 
Afrika qit’asidagi bolalarning boshlang’ich ta’lim olishi uchun 
YUNESKOga mablag’ ajratadi. Buning natijasida keyingi 20 yil ichida 


36 
Afrika mamlakatlarida bolalarni boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olish 
20 foizga o’sdi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling