O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilish va tarbiya jarayoni
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilish va tarbiya jarayoni.
O’zbekiston Respublikasi ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonuni 9-moddasida quyidagilar belgilangan: - umumiy o’rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to’ladigan yilda qabul qilinadi; - boshlang’ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o’rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko’nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur huquqiy asos boshlang’ich ta’limni tashkil etishda nimalarga e’tibor berish kerakligini belgilaydi. Shu jihatdan quyidagilarga e’tibor bering: 1. Savodxonlik. Boshlang’ich ta’limni tashkil etishdagi bu vazifaning ma’nosi Shuki, 7-11 yoshli o’quvchilarda bilim olish tuyg’usini rivojlantirish va ularni ijtimoiylashtirishdan iborat. O’quvchilarda bilim olishga ishtiyoq tabiiy bo’ladi, boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifasi ana Shu tuyg’uni rivojlantirish va o’quvchilarning instinktini 40 ijtimoiylashtirishdan iborat. Aynan mana Shu ikki vazifa boshlang’ich sinf o’qituvchisining savodxonlik masalasini hal etishdagi muvaffaqiyatlariga olib keladi. 2. Bilim berish. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda 7-11 yoshli o’quvchilarga tezkor va maqbul darajadagi bilimlarni berishni nazarda tutish kerak bo’ladi. Unga ko’ra, o’quv fanlarining mavzulari va o’quv materiallari qiziqarli, aniq va tuShunarli xususiyalarga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, bilim berishda o’quvchilarga individual yondashish va ularning ruhiy-ma’naviy xususiyatlarini hisobga olish lozim bo’ladi. 3. Malaka berish. Mazkur vazifaning mazmuni Shundan iboratki, 7-11 yoshli o’quvchilarga o’qish, yozish, ijodiy fikrlash va mustaqil fikr yuritish malakalari berilishi kerak. Shu sababli boshlang’ich sinf o’quv fanlari o’zaro integratsiyalashgan va bir-birini to’ldiruvchi xarakterda bo’lishi kutilgan samarani beradi. Buning uchun hozirga zamon boshlang’ich ta’lim bosqichi qulay imkoniyatlarga ega. 4. Ko’nikma berish. Unga ko’ra, 7-11 yoshli o’quvchilarning axloqiy fazilatlari rivojlantirilishi va ular oqilona muomalaga ko’niktirilishi kerak. Buning uchun boshlang’ich ta’lim jarayonida o’tkaziladigan har bir tadbir maqsadli va tarbiyaga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari muntazam ravishda sinf rahbarlari va o’qituvchilar tomonidan o’rganilib borilishi kerak. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda eng ilg’or o’qitish metodlari, vositalari va texnologiyalariga tayanish tavsiya etiladi. Bu borada bizning yondaShuvimizga ko’ra, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi 41 o’zining individual o’qitish uslubiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bugungi kunda ta’limning o’ziga xos metodlari, vositalari va texnologiyalari shakllantirilgan. Shu sababli bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari jahon ta’lim va milliy pedagogikamiz tajribasidan o’tgan vositalarga asoslanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki ta’lim- avlodlar tomonidan to’plangan bilim va milliy qadriyatlarni yosh avlodga uzatish jarayoni bo’lib, bir necha vazifalarni bajaradi. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim pedagogik jarayon sifatida quyidagi vazifalarni bajarishini eslatib o’tish joiz: 1) boshlang’ich ta’lim o’quvchilarni ilm-fan va madaniyat olamiga olib kiruvchi eng maqbul jarayonlardan biridir; 2) boshlang’ich ta’lim 7-11 yoshli shaxslarni dastlabki bosqichda ijtimoiylashtiruvchi jarayondir.; 3) boshlang’ich ta’lim boshlang’ich sinf o’quvchilarida umuminsoniy va ma’naviy ko’nikmalarni shakllantiruvchi ta’lim bosqichidir; 4) boshlang’ich ta’lim o’quvchilarni ijtimoiy-madaniy faoliyatga yo’naltiradi; 5) boshlang’ich ta’lim ijtimoiy bilimlarni birinchi bor shaxsga beruvchi muhim tizim hisoblanadi; 6) boshlang’ich ta’lim natijasida o’quvchilar keyingi ta’limni olish ko’nikmasiga ega bo’ladi. Boshlang’ich ta’limni tashkil etishda ana Shu omillarga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shu jihatdan oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari boshlang’ich ta’limni tashkil 42 etish bo’yicha chuqur nazariy bilim va kasbiy ko’nikmalarni egallashi shart. O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida tarbiya muhim ahamiyatga ega. O’zgacha aytganda boshlang’ich ta’limda ta’lim va tarbiya jarayoni bir-biridan ajralmas kategoriyalardir. Shu sababli 7-11 yoshli o’quvchilarni tarbiyalashda quyidagi asoslar majmuiga tayaniladi: 1) tarbiyaning pedagogik asoslari; 2) tarbiyaning psixologik asoslari; 3) tarbiyaning sotsiologik asoslari. Boshlang’ich ta’limda tarbyaning pedagogik asoslarini quyidagilar tashkil qiladi: - o’quvchilarni intellektual tuyg’usini rivojlantirish va ularni aqliy tarbiyalash; - o’quvchilarni jismoniy rivojlantirish va ularni jismoniy tarbiyalash; - o’quvchilarni his-tuyg’ularini o’stirish va ularni estetik tarbiyalash. Boshlang’ich ta’limda tarbiyaning Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling