O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari. Hozirgi 
zamon boshlang’ich ta’lim tizimi o’ziga xos tarzda rivojlanib bormoqda. 
Bunda quyidagilar muhim o’rin tutadi: 
- boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarini optimallashtirish; 
- boshlang’ich ta’limni professional darajada amalga oshirish; 
- maktab yoshidagi barcha bolalarni boshlang’ich ta’lim bilan qamrab 
olish; 
- boshlang’ich ta’limga eng so’nggi pedagogik yutuqlarni tatbiq etish; 
- boshlang’ich ta’limni professional pedagoglar bilan ta’minlash. 
Ayni paytda, hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasida 
quyidagi muammolar mavjud: 
a) har bir bolaning iste’dodini kutilgan darajada ro’yobga chiqarishga 
erisha olmayotganligi; 
b) pedagog olimlarning fikricha, keyingi 20 yil ichida maktab yoshidagi 
bolalarning aqliy rivojlanishi 5 foizga o’sgan va bu holat boshlang’ich 
ta’lim o’quv dasturlari va darsliklarini tezkor ravishda yangilab borishni 
taqozo etadi; 
v) boshlang’ich ta’limni texnologiyalashtirishda yagona standartlarning 
yo’qligi. 
O’zbekiston 
sharoitida 
mazkur 
muammolarni 
yumshatish 
maqsadida uzluksiz tarzda amalga oshiriluvchi ―Milliy o’quv dasturi‖ 
ishlab chiqildi va u 2021-2022 o’quv yilidan boshlab amalga kiritiladi. 
Mazkur o’quv dasturida boshlang’ich ta’limga oid O’zbekiston va jahon 
xalqlari tajribalari uyg’unlashtirilgan.
Boshlang’ich ta’limda pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf 
etish. Boshlang’ich ta’limda pedagogik jarayonning muhim tarkibiy 


47 
qismlaridan biri ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan 
muammolarni hal etib borishdir. Bugungi kunda ana Shunday 
muammolardan biri va pedagogikamizda endi tadqiq etilayotgan 
o’quvchilarda uchraydigan pedagogik konfliktlarni aniqlash hamda 
ularni bartaraf etishdir. 
Pedagogik konflikt - konfliktologiya nazariyasining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Bu masala pedagogika fanlari nomzodi M.T.Axmedova 
tomonidan maxsus tadqiq etilib, uning ―Pedagogik konfliktologiya‖ 
monografiyasida o’ziga xos tarzda tahlil qilib berilgan.
Bizning yondaShuvimizda uning ta’rifi quyidagicha: pedagogik 
konflikt - bu ta’lim va tarbiya jarayonida ta’lim ishtirokchilari o’rtasida 
ro’y beradigan ziddiyatlar majmuidir. 
Ta’kidlab o’tilganidek, ―konflikt‖ so’zi ―ziddiyat‖, ―nizo‖, ―ixtilof‖, 
―to’qnashish‖, ―kelishmaslik‖, ―o’zaro tuShunmaslik‖ kabi ma’nolariga 
ega. Lekin, ular orasida pedagogik nuqtai nazardan ziddiyat ma’nosi 
maqbul hisoblanadi. CHunki, ziddiyat tushunchasini mazkur hodisaning 
nisbiy va o’tkinchi xususiyatga egaligi namoyon bo’ladi. Shu jihatdan 
pedagogik 
konfliktologiyaning 
o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan 
xususiyati ziddiyatlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu quyidagilar 
bilan izohlanadi: 
1) ―ziddiyat‖ so’zi konflikt atamasining madaniy ma’nosi bo’lib, 
nisbatan ijobiy xususiyatga ega; 
2) ziddiyat- vaqtinchalik hodisa hisoblanadi; 
3) ziddiyatda dag’illik yoki kuch ishlatish ottenkasi yuq; 
4) ziddiyat- bartaraf etish mumkin bo’lgan xarakterga ega bo’ladi. 


48 
Mazkur pedagogik tahlillardan kelib chiqib, biz ―pedagogik 
konflikt‖ tushunchasini ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan va 
bartaraf etish omillariga ega bo’lgan ziddiyatlar majmui ma’nosida 
qo’llaymiz. Buning uchun pedagogik konfliktlar hodisasini umumiy 
Konfliktologiya fenomeni tarkibida tekshirib, uning ko’rinishlari, 
shakllari va turlari haqida ularning bartaraf etish texnologiyasini tadqiq 
etish taqoza etiladi. 
Pedagogik konfliktlar siyosiy, iqtisodiy va sotsial konfliktlarga 
nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu o’rinda mazkur 
xususiyatlarning eng muhimlarini ta’kidlab o’tamiz. 
1. Ta’limiy xarakterga egaligi. Pedagogik konfliktlar eng avvalo ta’lim 
va tarbiyaviy xarakterga ega bo’lib, u aynan ta’lim jarayonida bilim 
olish, tarbiyalanish hamda odatlanish voqeligida yuzaga keladi. Shu 
sababli pedagogik konfliktlar ta’lim tarbiya va faoliyat voqeligida 
yuzaga keladigan ziddiyatlar hisoblanadi. 
2. Muddatli xarakterda bo’lishi. Pedagogik konfliktlar muddatli (vaqtga 
ega) xususiyatga ega bo’lib, ular kelib chiqishi va oqibatlari nuqtai 
nazaridan nisbatan o’tkinchi ziddiyatlardir. CHunki ularning paydo 
bo’lishida ichki va tashqi omillar, zamon va makon ta’sirlari bo’ladi. 
Shu jihatdan pedagogik konfliktlar muayyan ko’rinishlar, shakllar va 
turlarga xos tarzda yuzaga keladi, vaqt va makon ta’sirida ular susayishi 
yoki ko’payishi mumkin. 
3. SHaxslar 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling