O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
-mavzu: Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi qiyofasi.
6-mavzu: Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka
talablari Reja: 1. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi qiyofasi 2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisini kasbiy tayyorlash va ularni faoliyatga yo’naltirish 3. Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakaviy tayyorgarligini oshirib borish *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, bo’lajak, sinf, o’qituvchi, qiyofa, faoliyat, yo’naltirish, shakllantirish, ko’niktirish, odatlantirish. *** Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi qiyofasi. O’zbekiston oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini milliy tajriba va jahon andozalari talablariga mos ravishda tayyorlash amalga oshirilmoqda. Bu borada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining qiyofasini(imijini) shakllantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Pedagog olimlarning yondaShuvlariga ko’ra, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining qiyofasida quyidagilar muhim hisoblanadi: - nazariy bilimdonlik; - kasbiy ko’nikmalik; - kasbiy malakalik; - kasbiy kompetentsiyalik. 56 Bu asoslarga tayangan holda oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining professional qiyofasi shakllantiriladi. Buning uchun quyidagi mexanizmga tayaniladi: - pedagogik va mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida talabalarning nazariy bilimlari shakllantiriladi hamda ularning kasbiy ko’nikma va malakalari rivojlantiriladi; - majburiy va tanlov fanlarini o’qitish jarayonida esa talabalarning o’zlashtirgan nazariy bidim, kasbiy ko’nikma va malakalarini amaliyotda qo’llay olish kompetentsiyasi (qobiliyati) shakllantiriladi; - malakaviy va pedagogik amaliyot jarayoni vositasida talabalarning bilimdonlik, ko’nikmalik, malakalik hamda kompetentsiyalik layoqatlari mustahkamlanadi. Shu tariqa ushbu mexanizmlar asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining qiyofasini shakllantirishga erishiladi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy qiyofasida quyidagi talablarga moslik muhim o’rin tutadi: - ijtimoiy faollik; - axloqiy yetuklik; - kasbiy namunalik. Mazkur talablar asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy qiyofasi shakllantiriladi. Ayni paytda, oliy ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar va rivojlantirishlar jarayoni bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari qiyofasiga yangi talablarni qo’yib boradi. Bunda qo’yilayotgan yangi talablar oliy pedagogik ta’lim jarayonida hisobga olinadi va ularning ijrosiga e’tibor qaratiladi. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi 57 Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli ―Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖ gi Qaroriga binoan 2020- 2021 o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari o’qitishning kredit- modul tizimiga bosqichma-bosqich o’tmoqda. Shu jihatdan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy qiyofasiga quyidagi yangi malaka talablari qo’yiladi: - ta’limning kredit-modul tizimi bo’yicha bilimga ega bo’lish; - kredit-modul tizimi bo’yicha o’qitish usullari va texnologiyalarini bilish; - kredit-modul tizimi bo’yicha o’qitishning didaktik ta’minotini tayyorlay olish; - kredit-modul tizimi bo’yicha o’zlashtirganlarni kredit talablari asosida baholay olish. Bu mazkur talablar asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy qiyofasini shakllantirish ishiga 2021-2022 o’quv yilidan boshlab kirishilganligini eslatib o’tish joiz. Shu tariqa bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy qiyofasi joriy va yangi malaka talablari asosida oliy pedagogik ta’lim jarayonida shakllantirilib boriladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling