O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
Bog'liq
darslik

 
 
 
 
 
 


79 
8-mavzu: Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish jarayoni 
Reja: 
1. Boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayoni mazmuni 
2. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari 
3. Boshlang’ich ta’lim o’qitish jarayoniga zamonaviy yondaShuvlar 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, pedagogika, o’qitish, 
qonuniyat, tur, metod, bilim, yondaShuv, o’zlashtirish, o’rganish, 
ko’nikma, malaka. 
*** 
Boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayoni mazmuni. ―Boshlang’ich 
ta’lim pedagogikasi‖ fani boshlang’ich sinflarda o’qitish jarayonini 
mazmunli tashkil etish asoslari bilan talabalarni qurollantiradi. Bunda 
asosiy e’tibor boshlang’ich ta’limni tashkil etish, uning maqsadi
mazmuni va vazifalari to’g’risida kasbiy bilim, ko’nikma hamda malaka 
berishga yo’naltiriladi.
Boshlang’ich ta’lim o’qitish jarayonining mazmunida quyidagi uch 
masala muhim o’rin tutadi: 

o’qitish; 

o’qish; 

o’zlashtirish. 
O’qitish – bu shaxsga zaruriy bilimlar berish jarayoni bo’lib, uning 
vositasida shaxs kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotga ega 
bo’ladi. Boshlang’ich ta’limda o’qitish muayyan qonuniyatlarga 
bo’ysunida 
va 
umumpedagogik 
metodologiyaga 
muvofiq 
bu 
qonuniyatlar o’qitish jarayoni samaradorligini belgilaydi. Boshlang’ich 


80 
ta’limda o’qitish alohida komponentlarga, ya’ni o’zining maqsadi, 
mazmuni, shakli, usullari, uslublari va texnologiyalari o’rtasidagi ichki 
bog’lanishlardan iborat bo’ladi.
O’qish – bu o’z mazmuni jihatidan maqsad, vazifa, tamoyil, mezon 
va harakatlar bilan bog’liq bo’lib, ular yordamida o’quvchilar davlat 
ta’lim standartlari asosida belgilangan muayyan bilimlarni o’zlashtiradi. 
Shu jihatdan o’qish boshlang’ich sinf o’quvchilarining borliq, voqelik va 
hodisalar to’g’risidagi bilimi, ko’nikmalari va malakalari majmuidir. 
Boshlang’ich ta’limda o’qish jarayoni motivlashtirilgan belgilar asosida 
amalga oshiriladi.
O’zlashtirish – bu tuShunish va o’rganish orqali axborotning 
mazmuni, undan foydalanish to’g’risida bilim, ko’nikma hamda 
malakalarning hosil bo’lish jarayonidir. Boshlang’ich ta’limda 
o’zlashtirishning darajalari quyidagilardan iborat bo’ladi: 

o’rgatilgan bilim va ko’nikmalarni to’g’ri takrorlash; 

bilimlarning ma’nosini tuShunib borish va yodda saqlash; 

o’zlashtirilgan bilimlardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish. 
E’tibor berilsa, boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayonining 
mazmuni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunda o’qituvchilar o’qitish 
vazifasini, o’quvchilar esa o’qish va o’zlashtirish vazifasini bajaradi.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling