O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich ta’limda pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish.
Boshlang’ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari. Hozirgi
zamon boshlang’ich ta’lim tizimi o’ziga xos tarzda rivojlanib bormoqda. Bunda quyidagilar muhim o’rin tutadi: - boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarini optimallashtirish; - boshlang’ich ta’limni professional darajada amalga oshirish; - maktab yoshidagi barcha bolalarni boshlang’ich ta’lim bilan qamrab olish; - boshlang’ich ta’limga eng so’nggi pedagogik yutuqlarni tatbiq etish; - boshlang’ich ta’limni professional pedagoglar bilan ta’minlash. Ayni paytda, hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasida quyidagi muammolar mavjud: a) har bir bolaning iste’dodini kutilgan darajada ro’yobga chiqarishga erisha olmayotganligi; b) pedagog olimlarning fikricha, keyingi 20 yil ichida maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi 5 foizga o’sgan va bu holat boshlang’ich ta’lim o’quv dasturlari va darsliklarini tezkor ravishda yangilab borishni taqozo etadi; v) boshlang’ich ta’limni texnologiyalashtirishda yagona standartlarning yo’qligi. O’zbekiston sharoitida mazkur muammolarni yumshatish maqsadida uzluksiz tarzda amalga oshiriluvchi ―Milliy o’quv dasturi‖ ishlab chiqildi va u 2021-2022 o’quv yilidan boshlab amalga kiritiladi. Mazkur o’quv dasturida boshlang’ich ta’limga oid O’zbekiston va jahon xalqlari tajribalari uyg’unlashtirilgan. Boshlang’ich ta’limda pedagogik konfliktlar va ularni bartaraf etish. Boshlang’ich ta’limda pedagogik jarayonning muhim tarkibiy 47 qismlaridan biri ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etib borishdir. Bugungi kunda ana Shunday muammolardan biri va pedagogikamizda endi tadqiq etilayotgan o’quvchilarda uchraydigan pedagogik konfliktlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishdir. Pedagogik konflikt - konfliktologiya nazariyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu masala pedagogika fanlari nomzodi M.T.Axmedova tomonidan maxsus tadqiq etilib, uning ―Pedagogik konfliktologiya‖ monografiyasida o’ziga xos tarzda tahlil qilib berilgan. Bizning yondaShuvimizda uning ta’rifi quyidagicha: pedagogik konflikt - bu ta’lim va tarbiya jarayonida ta’lim ishtirokchilari o’rtasida ro’y beradigan ziddiyatlar majmuidir. Ta’kidlab o’tilganidek, ―konflikt‖ so’zi ―ziddiyat‖, ―nizo‖, ―ixtilof‖, ―to’qnashish‖, ―kelishmaslik‖, ―o’zaro tuShunmaslik‖ kabi ma’nolariga ega. Lekin, ular orasida pedagogik nuqtai nazardan ziddiyat ma’nosi maqbul hisoblanadi. CHunki, ziddiyat tushunchasini mazkur hodisaning nisbiy va o’tkinchi xususiyatga egaligi namoyon bo’ladi. Shu jihatdan pedagogik konfliktologiyaning o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan xususiyati ziddiyatlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu quyidagilar bilan izohlanadi: 1) ―ziddiyat‖ so’zi konflikt atamasining madaniy ma’nosi bo’lib, nisbatan ijobiy xususiyatga ega; 2) ziddiyat- vaqtinchalik hodisa hisoblanadi; 3) ziddiyatda dag’illik yoki kuch ishlatish ottenkasi yuq; 4) ziddiyat- bartaraf etish mumkin bo’lgan xarakterga ega bo’ladi. 48 Mazkur pedagogik tahlillardan kelib chiqib, biz ―pedagogik konflikt‖ tushunchasini ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan va bartaraf etish omillariga ega bo’lgan ziddiyatlar majmui ma’nosida qo’llaymiz. Buning uchun pedagogik konfliktlar hodisasini umumiy Konfliktologiya fenomeni tarkibida tekshirib, uning ko’rinishlari, shakllari va turlari haqida ularning bartaraf etish texnologiyasini tadqiq etish taqoza etiladi. Pedagogik konfliktlar siyosiy, iqtisodiy va sotsial konfliktlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu o’rinda mazkur xususiyatlarning eng muhimlarini ta’kidlab o’tamiz. 1. Ta’limiy xarakterga egaligi. Pedagogik konfliktlar eng avvalo ta’lim va tarbiyaviy xarakterga ega bo’lib, u aynan ta’lim jarayonida bilim olish, tarbiyalanish hamda odatlanish voqeligida yuzaga keladi. Shu sababli pedagogik konfliktlar ta’lim tarbiya va faoliyat voqeligida yuzaga keladigan ziddiyatlar hisoblanadi. 2. Muddatli xarakterda bo’lishi. Pedagogik konfliktlar muddatli (vaqtga ega) xususiyatga ega bo’lib, ular kelib chiqishi va oqibatlari nuqtai nazaridan nisbatan o’tkinchi ziddiyatlardir. CHunki ularning paydo bo’lishida ichki va tashqi omillar, zamon va makon ta’sirlari bo’ladi. Shu jihatdan pedagogik konfliktlar muayyan ko’rinishlar, shakllar va turlarga xos tarzda yuzaga keladi, vaqt va makon ta’sirida ular susayishi yoki ko’payishi mumkin. 3. SHaxslar Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling