O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
Bog'liq
darslik

psixologik 
asoslari 
quyidagilardan iborat: 
- o’quvchilarning ruhiy-ma’naviy idrokini rivojlantirish va ularni 
ma’naviy tarbiyalash; 
- o’quvchilarning tafakkurini o’stirish va ularni sensor tarbiyasini 
amalga oshirish; 
- o’quvchilarning xotirasini shakllantirish va ularni korrektsiyalab 
borish. 
Boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiyaning 
sotsiologik 
asoslari 
quyidagilardan iborat: 


43 
- o’quvchilarning fazilatlarini shakllantirish va ularni axloqiy 
tarbiyalash; 
- o’quvchilarni ijtimoiylashtirish va ularni ijtimoiy tarbiyalash; 
- o’quvchilarni hayotga yo’naltirish va ularning muloqot madaniyatini 
shakllantirish. 
Boshlang’ich ta’limda tarbiyaning mazkur pedagogik, psixologik va 
sotsiologik asoslari e’tibor berilsa, 7-11 yoshli shaxslarni aqliy-axloqiy, 
jismoniy, estetik, ma’naviy, ijtimoiy jihatdan tarbiyalaydi, ularning 
shaxsidagi illatlarni korrektsiyalaydi va yordamga muhtoj o’quvchilar 
uchun sensor tarbiyani amalga oshiradi. Ayni paytda, unutmaslik 
lozimki, bu o’rinda pedagogik tarbiya, pedagogik psixologiya va 
pedagogik sotsiologiya asoslariga tayaniladi. Shu sababli bugungi 
kunda 
mamlakatimizda 
pedagogik 
psixologiya 
va 
pedagogik 
sotsiologiyaning 
imkoniyatlaridan 
foydalanish 
kengayib 
borayotganligini eslatib o’tish joiz. 
Boshlang’ich ta’limda tarbiyani jarayon sifatida qabul qilish lozim. 
Bu jarayonga tabiiy muhit, jamiyat olami, qadriyatlar, oila kabi tizimlar 
ta’sir o’tkazadi. Shu sababli boshlang’ich sinf o’qituvchisi bu ta’sirlarni 
yo’naltiruvchi va tartibga soluvchi vazifasini bajaradi.
Pedagogik olimlarning fikricha, boshlang’ich ta’limda tarbiyaviy 
omilning ikki ko’rinishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular 
quyidagilardan iborat: 
1. Ob’ektiv tarbiyaviy omillar:
- genetik vorislik va insonning sog’lik darajasi; 
- oilaning ijtimoiy va madaniy mansubligi; 
- o’quvchining ijtimoiy tarjimai holi; 


44 
- jamiyatning madaniy va ijtimoiy darajasi; 
- mamlakatning ehtiyojlari va davr talablari.
2. Sub’ektiv tarbiyaviy omillar. 
- psixologik 
xususiyatlar, 
dunyoqarashning 
o’ziga 
xosligi, 
qadriyattlarning 
yo’naltiruvchanligi, 
tarbiyalanuvchining 
ichki 
qiziqishlari va ehtiyojlari; 
- o’quvchilar munosabatlarining xossalari; 
- boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash jarayonini tashkil etish 
xususiyatlari.
6
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini tashkil etishda ana Shu 
omillar 
hisobga 
olinishi 
taqozo 
etiladi. 
Boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining tarbiyasi to’g’ri olib borilayotganligi quyidagi 
mezonlar asosida baholab boriladi: 
a) o’quvchilarda ezgulik xulq-atvori shakllanayotganligi; 
b) o’quvchilar xatti-harakati va munosabatlarida haqiqatgo’ylik paydo 
bo’layotganligi; 
v) o’quvchilarda go’zallikka intilish ko’nikmasi tarkib topayotganligi. 
Mazkur ezgulik, haqiqatgo’ylik va go’zallik mezonlari boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilari tarbiyasida muhim pedagogik kategoriyalar 
hisoblanadi.
Bu o’rinda boshlang’ich ta’limda tarbiyaning quyidagi maqbul 
metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
- ishontirish; 
- namuna ko’rsatish; 
- maslahat berish; 
6
Қаранг. Миронов В. Век образования.-М.:‖Педагогика‖.1990. 


45 
- yo’naltirish; 
- ko’niktirish; 
- rag’batlantirish. 
E’tibor berilsa, bu metodlarda bola shaxsini hurmat qilish va har bir 
o’quvchiga individual yondashish muhim ustuvordir. Shu jihatdan 
boshlang’ich ta’limda tashkil etiladigan tarbiya jarayonida jazolash 
metodi kutilgan samarani bermasligini eslatib o’tish joiz.
Boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya jarayonini 
quyidagi texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi: 
- mulьtimediali texnologiyalar; 
- kompьyuterli texnologiyalar
- innovatsion pedagogik ta’lim texnologiyalar. 
Mazkur texnologiyalar tezkorligi, qiziqligi va jalb etish 
xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, bu texnologiyalar 
kutilmagan murakkab tabiiy sharoitlar davrlarida ta’limning masofaviy 
shaklidan foydalanishda juda qo’l keladi.
Umuman bugungi kunda boshlang’ich ta’limda tarbiya deganda 
quyidagilar tuShuniladi, unga ko’ra, o’quvchilarga: 
- ijtimoiy tajribalar va madaniy yutuqlarni uzatish; 
- ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish; 
- ularning faoliyati va hayot tarzini tashkil etish; 
- ularning tarbiyachi bilan munosabatlarin yo’lga qo’yish; 
- murakkab sharoitlarda ularga yordam ko’rsatish. 
Mazkur ta’kidlanganlarni quyidagicha tasavvur etish mumkin (5-
chizma): 


46 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling