O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
darslik

KIRISH 
 O’zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida 
boshlang’ich ta’limni rivojlantirish va uning vositasida 7-11 yoshli 
shaxslarni barkamol voyaga yetkazish muhim vazifa hisoblanadi. Bu 
borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 
Oliy Majlisga Murojaatnomasida (2020 yil 29 dekabrь) quyidagi 
vazifalar alohida qo’yildi: “Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida 
avvalo, o’quv dasturlari, o’qituvchi va murabbiylar uchun metodik 
qo’llanmalarni ilg’or xalqaro mezonlarga moslashtirish lozim”. Shu 
ma’noda oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilarga 
o’qitilayotgan ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va 
integratsiyasi‖ fani quyidagi jihatlardan takomillashtirilishi lozim: 
- fanning 
o’quv dasturini hozirgi zamon talablari asosida 
takomillashtirish; 
- fan bo’yicha talabalar va amaliy faoliyatdagi o’qituvchilar hamda 
murabbiylar uchun xalqaro mezonlarga mos darslik va o’quv 
qo’llanmalari yaratish; 
- boshlang’ich ta’lim jarayonini innovatsion pedagogik ishlanmalar 
bilan boyitish. 
Mazkur vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida biz tomonimizdan 
―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ 
fanining 
o’quv 
dasturi 
2020-2021 
o’quv 
yilidan 
boshlab 
takomillashtirildi, uni o’qitish asoslari yangilandi hamda mazkur darslik 
tuzildi. 
Darslikni tuzishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ―Boshlang’ich ta’lim 



pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ Namunaviy dasturi asosida 
ishlab chiqilgan Ishchi-o’quv dasturiga asoslanildi. Ushbu fan bo’lajak 
o’qituvchilar uchun mutaxassislik fanlari tarkibiga kiradi.
 ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ 
fanining maqsadi bo’lajak o’qituvchilarga boshlang’ich ta’lim, tarbiya 
va amaliy faoliyat nazariyasi hamda metodikasidan saboq berishdan 
iborat. Uning vazifalarini quyidagilar tashkil qiladi: 
- boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni bo’yicha bilim berish; 
- boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan talablarni o’rgatish; 
- boshlang’ich ta’limda pedagogik jarayonni tuShuntirish; 
- boshlang’ich ta’limda innovatsiya mazmunini anglatish; 
- boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyati bo’yicha 
ko’nikmasini shakllantirish; 
- boshlang’ich ta’lim integratsiyasi mohiyati bo’yicha bilim berish; 
- boshlang’ich ta’limda integratsion yondaShuvlar yuzasidan malaka 
berish. 
―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ 
fani bo’yicha bo’lajak o’qituvchilarga quyidagi talablar qo’yiladi: 
- boshlang’ich ta’lim pedagogikasi bo’yicha nazariy bilimga ega 
bo’lish; 
- borshlang’ich ta’limda innovatsiya bo’yicha ko’nikmani egallash; 
- boshlang’ich ta’limda integratsiya masalasi bo’yicha malaka hosil 
qilish‖ 
- individual o’qitish metodikasi bilan qurollanish. 
Bu talablar oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilar 
tomonidan ushbu fan vositasida o’zlashtiriladi.



 ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ 
fani oliy pedagogik ta’lim jarayonida o’qitiladigan ―Umumiy 
pedagogika‖, ―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖, ―Pedagogik mahorat‖, 
―Pedagogik texnologiyalar‖ kabi fanlar bilan uzviy bog’liq. Ayni paytda, 
bu fan o’zining tadqiqot ob’ekti, o’qitish metodikasi va kontseptual 
asoslariga ega.
 Mazkur darslik kirish, besh modulga bo’lingan o’ttiz mavzu tahlili, 
har bir mavzu bo’yicha mustahkamlash savollari va topshiriqlar, 
mustaqil ta’lim uchun ko’rsatmalar hamda tavsiya etiladigan 
adabiyotlardan iborat. 




Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling