O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va uning
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlari.
3-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va uning
tashxisi to’g’risidagi g’oyalar Reja: 1. Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlari 2. Shaxs rivojida ta’sir etuvchi omillar 3. Boshlang’ich ta’lim shaxs rivojlanganligini tashxislash asoslari *** Tayanch tushunchalar: shaxs, rivojlanish, qonuniyat, ta’lim, tarbiya, mazmun, vosita, omil, muhit, yondaShuv, bilim, ko’nikma, malaka. *** Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlari. O’zbekiston ta’lim tizimida shaxsni rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi va u boshlang’ich ta’limdan boshlanadi. Shu jihatdan shaxs rivojida umumiy qonuniyatlar deganda individni ta’lim va tarbiya vositasida ijtimoiy shaxsga aylantirish asoslari tuShuniladi. Boshlang’ich ta’lim davridayoq o’quvchilar shaxsi umumiy qonuniyatlar asosida rivojlantirila boshlaydi. Bu boradagi asosiy qonuniyatlar tizimini quyidagilar tashkil qiladi: 1) aqlni rivojlantirish; 2) estetik his-tuyg’ularni rivojlantirish; 3) jismoniy rivojlantirish; 4) turli stesslarga bardoshlikni rivojlantirish; 5) o’z-o’ziga ishonchni rivojlantirish; 6) mustaqillik ko’nikmasini rivojlantirish; 7) shaxsiy faollikni rivojlantirish; 24 8) o’zgalarga va atrof-muhitga munosabatni rivojlantirish. Mazkur qonuniyatlar asosida ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilar shaxsi izchil rivojlantirib boriladi. Buning uchun bo’lajak o’qituvchilar oliy pedagogik ta’lim jarayonida o’quvchilar shaxsini rivojlantirishning qayd etilgan qonuniyatlarini chuqur o’zlashtirishlari lozim. Unga ko’ra, quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi: - shaxs aqlini rivojlantirishda bilim va insoniy tajribalarga tayaniladi; - shaxs his-tuyg’usini shakllantirishda uning ruhiy kechinmalari va tasavvurlari tartibga solinadi; - shaxsni jismoniy rivojlantirishda ―Antropologiya‖ fani yutuqlariga tayanilib, insonning organizmi o’stiriladi; - shaxsda turli stresslarga bardoshlik ko’nikmasini rivojlantirishda uning guruhlarda ko’proq bo’lishiga va aqliy jihatdan o’z imkoniyatlarini baholay olish ko’nikmasini shakllantirishga asoslaniladi; - shaxsda o’z-o’ziga nisbatan ishonchni rivojlantirishda uning fikrlari va dunyoqarashi o’stiriladi; - shaxsda o’zgalarga va atrof-muhitga oqilona munosabatni rivojlantirishda ―Etika‖ fani qonuniyatlariga asosan pedagogik tartibga solish, fikrlash va faoliyat ko’rsatish ko’nikmalarini shakllantirishga tayaniladi. Shaxs rivojlanishida Shu tariqa Pedagogika, Fiziologiya, Psixologiya, Sotsiologiya va Etika fanlarining umumiy asoslariga tayangan qonuniyatlar muhim o’rin tutadi. Bunda asosiy e’tibor individni ijtimoiylashtirishga qaratiladi. Buning ma’nosi Shuki, har bir individ umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanishi natijasida o’zi 25 yashayotgan jamiyatning hayotiy talablari va ehtiyojlariga moslashadi. Shu jihatdan bu borada boshlang’ich sinf o’quvchilarini umumiy qonuniyatlar asosida rivojlantirish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish kerak bo’ladi: 1) 7-11 yoshli o’quvchilarni pedagogik va gumanitar fanlarning qonuniyatlariga asosan ijtimoiylashtirish; 2) mazkur yoshdagi o’quvchilar shaxsini jismoniy va ruhiy rivojlantirish; 3) ushbu yoshdagi o’quvchilarni ijtimoiy jihatdan keyingi ta’lim bosqichlariga va hayotga tayyorlash. Bunday yondaShuv boshlang’ich sinf o’quvchilarini umumiy qonuniyatlar asosida ijtimoiylashtirish hisoblanadi. Shu jihatdan ijtimoiylashtirishning ahamiyati o’quvchilar shaxsini umumiy qonuniyatlar asosida rivojlantirish bilan belgilanadi. Ayni paytda, shaxsni umumiy rivojlantirish qonuniyatlariga asosan ijtimoiylashtirishning navbatdagi bosqichi ham mavjud. Unga ko’ra, ijtimoiylashgan o’quvchi shaxsi individual sifatlarga ham ega bo’lishi kerak. Buning ma’nosi Shuki, o’quvchi shaxsi ijtimoiylashganda jamiyatning umumiy talablariga moslashadi va ijtimoiylikdan individuallikka o’tganda esa o’quvchi shaxsida mustaqil sifatlar paydo bo’ladi. Shu sababli boshlang’ich sinf o’quvchilarini umumiy rivojlanish qonuniyatlariga asosan o’stirish ikki paradigmaga ega bo’ladi: 1) o’quvchi shaxsini ijtimoiylashtirish; 2) ijtimoiylashgan o’quvchi shaxsida individual sifatlarni tarkib toptirish. Bunday yondaShuv asosida shaxs va bu o’rinda o’quvchi shaxsi umumiy qonuniyatlar asosida rivojlantiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling