O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Shaxs rivojida ta’sir etuvchi omillar
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Shaxs rivojida ta’sir etuvchi omillar. Umumiy qonuniyatlar
asosida rivojlangan shaxsga ta’sir etuvchi omillar muhim o’rin tutadi. Buning uchun shaxsning ijtimoiylaShuvida ta’sir etuvchi muhim omillarga e’tibor berish lozim bo’ladi. Pedagogik olimlarning fikricha, bunday omillarning eng muhimlari quyidagilardan iborat: - muhit; - irsiyat; - ta’lim-tarbiya; - shaxsiy faoliyat. 3 Bunda muhit deganda o’quvchi shaxsi voyaga yetayotgan ijtimoiy makon tuShuniladi. O’zbekiston sharoitida bu makonni oila, mahalla va ta’lim dargohi tashkil etadi. Shu sababli keyingi yillarda mazkur makonda muhitning ta’lim –tarbiyaviy xususiyatga ega bo’lishi uchun quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: a) oilani sog’lomlashtirish va unda ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish (ota-onalar universitetini yo’lga qo’yish, oilada kitobxonlikni kuchaytirish, oilani o’quv-metodik materiallar bilan ta’minlash va h.k.); b) mahallaning shaxs rivojidagi ta’sirini oshirish (oila tarbiyasiga mahallaning yordamini kuchaytirish, mahallada yoshlarga munosib ma’rifiy-madaniy sharoitlar yaratib berish, oilalarni zamonaviy mobil, kompьyuter texnologiyalari bilan ta’minlash va h.k.); v) ta’lim dargohlarini (bog’chalar, maktablar, akademik litseylar, kollejlar, texnikumlar, institutlar, universitetlarni) demokratlashtirish va shaffoflashtirish (ta’lim dargohlarida inson huquqlarini ustuvor qo’yish, 3 Қаранг.Стефановская Т.А. Педагогика: Наука и искусство. –М.: ―Педагогика‖. 1998. 27 bola huquqlariga rioya qilish, yoshlarning iste’dodlarini ro’yobga chiqarish va h.k.). O’zbekiston sharoitida shaxsni rivojlantirishga ta’sir etuvchi bunday muhit mexanizmlari uzluksizlik va hamkorlik xarakterga egaligi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mamlakatimizda o’quvchilar shaxsini bosqichma-bosqich va yosh xususiyatlariga asosan muhit ta’sirida rivojlantirish kutilgan amaliy samaralarni bermoqda. Irsiyat – shaxs rivojidagi muhim omillardan biridir. XX asrning II yarmiga qadar O’zbekiston pedagogika fanida sobiq SHo’ro pedagogikasining ta’siri natijasida shaxs rivojida irsiyat masalasi inkor etilgan. Aslida irsiyat tushunchasi yunoncha ―genotip‖ bo’lib ma’nosi kelib chiqish, shakl va namuna demakdir. Pedagogik atama sifatida irsiyat bolaga ota-onadan o’tgan genetik xususiyatlar majmuini anglatadi. 4 Unga ko’ra, bolaning jismoniy tuzilishi, his-tuyg’ulari va aqliy imkoniyatlari ota-onadan o’tgan deb hisoblanadi Ayni paytda, shaxs rivojida irsiyatning ahamiyati deganda quyidagilar nazarda tutiladi: a) har bir bola shaxsining fiziologik jihatdan o’ziga xosligi; b) har bir bola shaxsining turlicha aqliy va hissiy imkoniyatlarga egaligi; v) ba’zi bir bolalar shaxsida tug’ma iste’dodning ustuvorligi. Shu tariqa o’quvchi shaxsi rivojida irsiyat omili fiziologik va sotsiologik vazifalarini bajaradi. Bunda pedagogik jihatdan bola shaxsini rivojlantirishda uning fiziologik, psixologik va spetsifik xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. 4 Психология. Словарь. Составитель Л.А.Карпенко. –М.: ―Полииздать‖.1990-с 77-78. 28 SHaxs rivojida ta’lim-tarbiya omili asosiy vazifani bajaradi. Shu sababli mazkur omilning quyidagi jihatlariga e’tibor berish kerak: a) o’quvchi shaxsini aqliy, estetik va psixologik jihatdan rivojlantirish; b) o’quvchi shaxsini ijtimoiy tarbiyalash; v) o’quvchi shaxsini hayotga tayyorlash. Mazkur asoslarga ko’ra, shaxs rivojida ta’lim-tarbiya omili asosiy vazifani bajaradi. Bu omil mazkur ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya‖ fanini o’qitish jarayonida har tomonlama ko’rib chiqilayotganligini eslatib o’tish joiz. Shaxs rivojida muhim ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri bu shaxs faoliyatidir. Bu omilga ko’ra, shaxs o’z faoliyatida jismoniy va aqliy imkoniyatlarini namoyon qiladi. Shu sababli shaxs rivojida mazkur omilning ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi: a) o’quvchi shaxsining o’z iste’dodi, iqtidori va qobiliyatining namoyon bo’lishi; b) o’quvchi shaxsining izchil va bosqichma-bosqich takomillashib borishi; v) o’quvchining shaxsiy faoliyati samaradorligi. Bu ko’rsatkichlar o’quvchi shaxsining faoliyatida namoyon bo’ladi va uning rivojida muhim ta’sir kuchi bo’lib xizmat qiladi. Zero, shaxs rivojida muhit, irsiyat, ta’lim-tarbiya va shaxsiy faoliyat omillari muhim ahamiyatga egaligi bilan diqqatni tortadi. Shu sababli shaxs rivojida mazkur omillar ta’siri pedagogik jihatdan izchil kuzatib hamda tahlil qilib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling