O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda shaxs rivojlanganligini tashxislash


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda shaxs rivojlanganligini tashxislash 
asoslari. 
Umumiy 
qonuniyatlar 
va 
ijtimoiy 
omillar 
asosida 


29 
rivojlantirilgan shaxs har bir jamiyatning ehtiyoji hisoblanadi. Shu 
jihatdan o’quvchilar shaxsini rivojlanganlik darajasini tashxislash 
muhim ahamiyatga ega. 
Tashxislash – bu o’quvchi shaxsining aqliy, jismoniy va ruhiy 
yetuklashganini aniqlashdir. Shu jihatdan shaxs rivojlanganligini 
tashxislashda quyidagilarga asoslaniladi: 
1. O’quvchilarning 
yosh 
xususiyatlarini 
hisobga 
olish. 
Bunda 
quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 
- o’quvchining necha yoshdaligi; 
- o’quvchi bo’yining yoshiga mosligi; 
- o’quvchi vaznining yoshiga mosligi; 
- o’quvchi jismoniy rivojlanishining yoshiga mosligi. 
2. O’quvchilarning aqliy rivojini hisobga olish. Bunda quyidagilarga 
ahamiyat beriladi: 
- o’quvchining bilim darajasi; 
- o’quvchining tuShunish darajasi; 
- o’quvchining fikrlash darajasi; 
- o’quvchining qiziqish darajasi. 
3. O’quvchilarning 
ijtimoiy 
faolligini 
hisobga 
olish. 
Bunda 
quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 
- o’quvchining axloqiy fazilatga egaligi; 
- o’quvchining o’zgalarga munosabati rivojlanganligi; 
- o’quvchining tashabbuskorligi; 
- o’quvchining faolligi. 
4. O’quvchilarning o’zini shaxs sifatida namoyon qilishini hisobga 
olish. Bunda quyidagilarga ahamiyat beriladi: 


30 
- o’quvchining ijtimoiylashganligi; 
- o’quvchining individual xususiyatlarga egaligi; 
- o’quvchining o’z imkoniyatlarini namoyon qila olishi; 
- o’quvchining o’zgalarda taassurot qoldirish darajasi. 
Mazkur mezonlar asosida o’quvchi shaxsining rivojlanganligi 
tashxislanadi. Ayni paytda, pedagogik olimlar ko’p hollarda shaxsning 
rivojlanganligini tashxislashda quyidagi umumiy talablarga asoslanadi: 
1) shaxsning mas’uliyatligi; 
2) shaxsning sabr-toqatligi; 
3) shaxsning o’zini rivojlantirib borishi; 
4) shaxsning ijobiy fikrlashi.
5
 
Mazkur 
pedagogik 
talablarga 
ko’ra 
shaxsning 
umumiy 
rivojlanganlik darajasi tashxis qilinadi (3-chizma) :
5
Бордовская Н.,Реан А. Педагогика. –СПб.:Питер. 2001.- с 176. 
SHaxs rivojining umumiy 
qonuniyatlari 
1. SHaxs rivojining 
umumiy 
qonuniyatlar 
ta’siri 
2. SHaxs rivojiga ta’sir 
etuvchi omillar
3. SHaxs 
rivojlanishini 
tashxislash
Yetuk shaxs 


31 
Shunday qilib shaxs rivojida umumiy qonuniyatlar va omillar 
muhim o’rin tutadi, mazkur asoslarga ko’ra shaxs rivojlantiriladi hamda 
uning rivojlanganlik darajasi tashxislanadi.
 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. SHaxs rivojining umumiy qonuniyatlari deganda nimani tuShunasiz? 
2. SHaxs rivojida ta’sir etuvchi asosiy omillar nimalardan iborat? 
3. Boshlang’ich ta’limda shaxs rivojlanganligini tashxislash qanday 
bo’ladi? 
4. O’quvchilar shaxsini tashxislash asoslari deganda nimani tuShunasiz? 
Topshiriqlar: pedagogik amaliyot 
Quyidagi matnni o’qib berilgan savollarga javob bering va 
topshiriqni bajaring: 
Sinfga yangi o’quvchi qiz keldi. Uning ehtiyotkorligi va sirliligi 
o’quvchi o’g’il bolalarni o’ziga tortdi. Tanaffus vaqtida qizcha 
tashqariga chiqqanida, o’quvchilar uning sumkani yashirib qo’yishdi va 
sabrsizlik bilan nima bo’lishini kuta boshladi. Barchasi o’zgacha bo’ldi: 
kelgan o’quvchi qiz jahllanmadi va ohista sumkasini kim olganini 
so’radi.
1. Bunday holat uchun o’quvchilarni yomonlash mumkinmi? 
2. Bunday holatda har bir o’quvchi o’zini qanday tutgan bo’lar edi? 
3. Ushbu holatni baholang. 


32 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling