O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Innovatsiya tushunchasining mazmuni
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Innovatsiya tushunchasining mazmuni. ―Innovatsiya‖ so’zi
lotincha bo’lib, yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib – qoidalar, texnologiyalar va yangiliklarni anglatadi. 16 Ta’limda innovatsiya atamasi an’anaviy va ommaviy amaliyotdagi o’qitish hamda tarbiya jarayoniga kiritilgan yangiliklarni bildiradi, innovatsiya ko’rsatkichi aynan ana Shu yangiliklar ko’lami bilan belgilanadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida innovatsiya quyidagi tushunchalarni qamrab oladi: Innovatsion vaziyat – bu pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan vaziyat; Innovatsion muhit – pedagogik yangiliklarning vujudga kelishi, ularning jadal o’zlashtirilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi; Innovatsion pedagogik loyiha – qabul qilingan va qismlarga ajratilgan yangi pedagogik g’oyalar hamda fikrlar; 16 Қаранг: Педагогик атамалар луғати. Тузувчилар Р.Жўраев ва бошқ. – Т.:‖Фан‖.2008.48- бет 159 Innovatsion pedagogik reja – tasdiqlangan yangicha asosdagi o’quv loyihasi; Innovatsion pedagogik g’oya - tizimlashtirilgan yangi o’quv jarayoni prognoztikasi va ma’lumotlar majmui; Innovatsion ta’lim - ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar hamda yangilangan ta’lim jarayoni; Innovatsion texnologiya – pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan yangi tashkiliy faollik vositalari, usullari va metodlari; Innovatsion o’qitish – yangicha o’qitish tizimi hamda o’quvchi va talabalarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o’qitish jarayoni. Mazkur tushunchalarning majmui ta’limda innovatsiya hodisasini ifodalaydi. Ayni paytda ta’lim tizimida quyidagilarga o’zgartirishlar kiritilsa innovatsiya hisoblanadi: - ta’limni va ta’lim boshqaruvining maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari hamda texnologiyalariga kiritilsa; - o’quv-bilish jarayoni va pedagogik usullarga kiritilsa; - ta’lim darajasini baholash va nazorat qilishga kiritilsa; - ta’limni moliyalashga kiritilsa; - o’quv – metodik ta’minotga kiritilsa; - tarbiyaviy ishlar tizimiga kiritilsa; - o’quv rejasi va dasturlarga kiritilsa; - o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga kiritilsa. Mazkur o’zgartirishlar kiritish jarayoni ta’lida innovatsiya mazmunini ifodalaydi. Ayni paytda, innovatsiya rivojlanib boruvchi jarayon hisoblanadi. Buning ma’nosi Shuki, ba’zi innovatsion yondaShuvlar vaqtinchalik va ba’zilari esa doimiy xususiyatga ega 160 bo’ladi. Shu jihatdan innovatsion texnologiyalarni o’zgarib va yangilanib boruvchi vositalar majmui sifatida tasavvur qilishi kerak. Bularning barchasi ta’lim tizimida innovatsiyalarning quyidagi uch shaklga ega ekanligini ko’rsatadi: 1) mutlaq yangiliklar; 2) nisbiy yangiliklar; 3) vaqtinchalik yangiliklar. Shu sababli ta’lim tizimiga kiritilayotgan innovatsion yondaShuvlar, g’oyalar, fikrlar, usullar va texnologiyalarni aniqlashda ularning ana Shu mezonlariga e’tibor berish kerak. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling