O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda tarbiya samaradorligini tashxislash
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda tarbiya samaradorligini tashxislash.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya samaradorligini tashxislash bu jarayonda erishilgan yutuqlarni baholash va kamchiliklarni aniqlashga asoslanadi. Ayni paytda, shaxsning tarbiyalanganlik darajasini to’liq tashxislash imkoniyati yo’q, chunki eng yetuk shaxsda ham muayyan darajada salbiy xususiyatlar kuzatiladi. Shu sababli bu o’rinda boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya jarayonining samaradorligini tashxislash deganda nisbatan erishilgan yutuqlarni aniqlash tuShuniladi. 154 Boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya samaradorligini tashxislash mezonlari quyidagilardan iborat: - boshlang’ich ta’limda tarbiyaning maqsadli va to’g’ri tashkil qilinganligi; - boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanganligi; - boshlang’ich ta’lim yakunida 11 yoshli shaxslarning ijtimoiylashganligi; - boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni konkret modelga ega ekanligi. Mazkur ko’rsatkichlar asosida boshlang’ich ta’limda amalga oshirilgan tarbiyaning samaradorligi baholanadi. Bunday baholashda mutaxassislar, o’qituvchilar va maktayub jamoasi teng ishtirok etadi. Jahon boshlang’ich ta’limida tarbiyani amalga oshirishning samaradorligini baholashga doir yagona yondaShuv yo’q. CHunki har bir mamlakat va xalq o’z maqsad- muddaolaridan kelib chiqib tarbiya asoslarini belgilaydi. Shu sababli xalqaro ta’lim dasturlarida boshlang’ich ta’lim berish darajasini baholashga ustuvor ahamiyat beriladi. Ayni paytda boshlang’ich ta’limda amalga oshirilgan tarbiya samaradorligi tashxislanmaydi. Misol uchun, 2021 yildan boshlab xalqaro ta’lim dasturida PIRLS dasturi asosida 4-sinf o’quvchilarining o’qib tuShunish ko’nikmasini baholash amalga oshirilib kelinmoqda. Biroq mazkur dasturda boshlang’ich sinf o’quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini baholash o’z aksini topmagan. O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida tarbiya samaradorligini baholash metodologiyasini shakllantirish dolzarb bo’lib turibdi. 155 Bizningcha bu metodologiyada quyidagilarning aks etishi maqsadga muvofiq bo’ladi: 1) boshlang’ich ta’lim bitiruvchisining ijtimoiylashganligi; 2) boshlang’ich ta’lim bitiruvchisida axloqiy fazilatlarning tarkib topganligi; 3) boshlang’ich ta’limda tarbiyaning maqsadli dastur asosida amalga oshirilganligi; 4) boshlang’ich ta’lim tarbiya jarayonida manfaatdor tizimlarning hamkorlik qilganligi. Bunday metodologiyaga asosan boshlang’ich ta’limda amalga oshirilgan tarbiya samaradorligini tashxislash va baholash kutilgan samarani beradi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mazkur metodologik yondaShuvlardan xabardor bo’lishi taqoza etiladi. Shunday qilib hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida tarbiya jarayonining zamonaviy tendentsiyalari an’anaviy, o’zgaruvchan va takomillashib boruvchi xususiyatga egaligi bilan ahamiyatlidir. E’tibor bering (16-chizma): |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling