O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish.
Lotincha ―demokratiya‖so’zi xalqchillik, oshkoralik va tenglik ma’nolarini anglatadi. XX asrdan boshlab ta’limda ana Shu ma’nolarni ifodalovchi demokratizm tushunchasi va g’oyasi keng qo’llanilib kelinmoqda. ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonunimizda ham ta’lim sohasidagi asosiy printsiplardan biri sifatida “ta’lim va tarbiyaning demokratik xususiyatga ega”ligi belgilab qo’yilgan (4-modda). Mazkur printsip boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirib borish vazifasini qo’yadi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: a) boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining xalqchillikka asoslanishi; b) boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining oshkoralikka tayanishi; v) boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining tenglik g’oyasiga mos bo’lishi. Aynan mana Shu xalqchillik, oshkoralik va tenglik g’oyalari boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini mudom demokratlashtirib borishga asos bo’lishi kerak. Buning ma’nosi Shuki, boshlang’ich sinf o’quvchilarining tarbiyasi oddiy, oson va oshkora amalga oshirilishi 147 kerak. Bu holni bir so’z bilan tarbiya jarayonini tabiiylik asosida tashkil etish deb atash mumkin. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirib borish tarbiyaning demokratik usuliga asoslanadi. Unga ko’ra, tarbiya jarayonida demokratik usul tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o’zaro teng huquqli hamkorligiga asoslanadi. Bunda o’quvchining fikri, qiziqishlari va imkoniyatlari bilan hisoblashiladi, o’qituvchi o’zining fikri va qarashlarini o’quvchiga majburan singdirishdan tiyiladi. Tarbiya jarayonining demokratik usuli oshkoraligi va ochiqligi bilan muhim ahamiyatga ega. Bunda o’qituvchi yoki murabbiy tarbiyalanuvchiga iltimos, tavsiya, maslahat berish va yo’naltirish bilan cheklanadi. Ayni paytda, tarbiya jarayonining demokratik usulida murakkabliklar mavjud bo’lib, ular asosan boshlang’ich sinf o’quvchilari shaxsiga mos bo’lgan erkalik, injiqlik va to’g’ri tuShunmaslik oqibatlarida salbiy holatlar kelib chiqadi. Bunday vaziyatda o’qituvchi yoki murabbiy demokratik g’oyaga mos ravishda sabr-toqatlik va bag’rikenglik tamoyillariga amal qilishi kerak. Shu jihatdan boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish sharoitida O’qituvchilar zimmasiga asosiy vazifani yuklaydi. Mazkur murakkabliklarni hisobga olib 2020-2021 o’quv yilidan boshlab o’qituvchilarning faoliyatiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan samaradorlik nuqtai nazaridan maosh to’lash joriy etildi. Mazkur iqtisodiy omil boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirishning negizi bo’lib xizmat qiladi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish ikki variantda amalga oshiriladi: 148 Birinchi variant - ―Tenglar ichida teng‖ tamoyiliga asoslanadi. Bunda o’qituvchining va o’quvchining qiziqishlari, manfaatlari va majburiyatlari hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi variant – ―Tenglar ichida birinchi‖ tamoyiliga tayanadi. Bunda o’qituvchi demokratik qadriyatlarga mos rivojlanayotgan va o’z imkoniyatlarini namoyon etayotgan ilg’or o’quvchilarni rag’batlantiradi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirishda ana Shu ikki variantdan ham foydalanish mumkin. Hozirgi zamon ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖da tarbiya jarayonini demokratlashtirishda pedagogik jazolarning qo’llanishi bahs- munozaralarga sabab bo’lmoqda. Unga ko’ra, tarbiyaning demokratik usuli pedagogik jazoni xush ko’rmaydi, ayni paytda, tarbiyaning samaradorligi uchun pedagogik jazoning ahamiyati ham mavjud. Shu sababli bizning yondaShuvimizga ko’ra, tarbiya jarayonining demokratik usulida O’qituvchi qat’iyatlik tamoyiliga amal qilish shart. Shunday qilib boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan kontseptsiyalardir. Mustaqil ta’lim uchun savollar va topshiriq: 1. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini kuchaytirish zaruriyati deganda nimalarni tuShunasiz? 2. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish asoslari nimalardan iborat? 3. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish omillarini nimalar tashkil qiladi. 149 4. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asoslarini o’zlashtiring. Topshiriq: pedagogik amaliyot Topshiriq: mashhur frantsuz pedagogi Iogann Fridrix Oberlinning (1740-1826) ―Yon daftar‖ingizga ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish negizi bo’lgan quyidagi metodologiyasini yozib oling va o’rganing. Oberlin har bir shaxsning 16 yoshga qadar ta’lim olishini qat’iyatli yondaShuv deb hisoblaydi. U maktab faoliyatini quyidagi uch darajaga bo’lib ko’rsatadi: 1) boshlang’ich ta’lim – 7-9 yoshlilar; 2) o’rta ta’lim – 9-12 yoshlilar; 3) yuqori ta’lim – 12-16 yoshlilar. Pedagog mazkur yondaShuvini metodik jihatdan asoslab bergan va XIX asrda Yevropaning juda ko’p mamlakatlari maktab ta’limini aynan Oberlinning metodikasi asosida tashkil etgan. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling