O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligi.
Boshlang’ich ta’limda milliy g’oyaga asoslangan milliy tarbiya samaradorligiga erishish muhim hisoblanadi. Buning uchun quyidagilar milliy tarbiyani amalga oshiruvchi mas’ullar sifatida belgilanadi. 1) Sinf rahbari: milliy tarbiyani tashkil etish, uning uchun shart-sharoitlar yaratish va milliy tarbiya jarayonini nazorat qilib boruvchi mas’ul; 2) ―Tarbiya‖ fani o’qituvchisi: o’quvchilarnip milliy tarbiyalash, ularda milliy g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini tarkib toptirish, o’quvchilarni milliy ruhda voyaga yetkazish uchun mas’ul; 3) O’qituvchilar guruhi: o’z fanlarining asoslarini milliy g’oya asosida tuShuntirish, o’quvchilarni milliy tarbiyalashda yordam berish va o’quvchilar bilan individual ishlash uchun mas’ul; 4) Maktab psixologi: o’quvchilarda milliy ruhni shakllantirish, ularning ongida milliy g’oyaning tarkib toprishi va o’quvchilarda milliy fazilatlarning shakllanib borishini kuzatib borish uchun mas’ul; 5) Maktab jamoasi: o’quvchilarni milliy tarbiyalash sharoitlarini yaratish, milliy tarbiyaga oid muammolarni jamoaviy hal qilib borish va milliy tarbiya samarasini baholovchi mas’ul. Mazkur mas’ullar tizimi boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligini ta’minlovchi mas’ullardir. Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya samaradorligi quyidagi inddikatorlar asosida baholanadi: - o’quvchilar shaxsining insoniy talablar asosida shakllanayotganligi; 139 - o’quvchilar guruhida o’zaro ahillik va totuvlikning mavjudligi; - tarbiyasi og’ir o’quvchilar miqdorining kamligi; - o’quvchilararo pedagogik konfliktlarning pastligi; - o’quvchilarning ijtimoiyligi. Bu indikatorlar asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy tarbiyalanganlik darajasi choraklik, yillik va yakuniy bosqichlarda baholanib boradi. Uning nazorati Sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligi masalasi metodologik jihatdan to’liq ishlab chiqilgan emas. Shu sababli bu borada fundamental, nazariy, amaliy va innovatsion tatqiqotlar majmuini amalga oshirish taqoza etiladi. Shunday qilib boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari va uni amalga oshirish mexanizmlari o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan muhim ahamiyatga ega. E’tibor bering (15-chizma): |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling