O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
-mavzu: Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.
15-mavzu: Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari
Reja: 1. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati 2. Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari 3. Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligi *** Tayanch tushunchalar:tarbiya, milliylik, o’quvchi, shaxs, g’oya, fazilat, ong, qalb, axloq, dunyoqarash, faollik, jarayon, boshlang’ich, ta’lim, asos. *** Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Boshlang’ich ta’lim tajribasida tarbiyaning bir necha turlari amal qilib kelmoqda. Ana Shunday tarbiya turlaridan biri milliy tarbiyadir. 13 Milliy tarbiya – bu yosh avlodni muayyan millatning mentaliteti, turmush tarzi va hayotiy tajribasidan o’tgan g’oyalarga asosan voyaga yetkazish jarayonidir. Bunda muayyan millatning hayoti davomida amal qilib kelinayotgan milliy qadriyatlar tizimiga asoslaniladi. Milliy tarbiyaning negizini milliy g’oya tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Milliy entsiklopediyasida ta’kidlangaganidek, milliy g’oya – bu biror millat hayotiga mazmun baxsh etadigan va uni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir; u millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini va maqsadlarini ifodalaydi (5-jild, 666-bet). Shu jihatdan o’zbek millati o’zining asrlar davomida shakllangan milliy g’oyasi va unga tayangan milliy tarbiya tajribasiga ega. 13 Қаранг: Қуронов М. Миллий тарбия. – Т.: ―Маънавият‖. 2006. 134 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil yanvarь oyida mamlakatimizning quyidagi g’oyalarga asoslangan yangi milliy g’oyasini e’lon qildi: 1) insonparvarlik; 2) ezgulik; 3) bunyodkorlik. 14 Bu mutlaqo yangi asosdagi milliy g’oya bo’lib, uning ma’nosini quyidagilar tashkil etadi: Insonparvarlik – insonni qadrlash, uning sha’ni, g’ururi va huquqlarini ro’yobga chiqarish, insonga munosib yashash turmush sharoiti yaratib berish va davlat hamda jamiyatning faoliyatini inson omili asosiga qurish; Ezgulik – insonda va jamiyatda eng yaxshi hamda ideal g’oyalarni tarkib toptirish, inson manfaatlarini ro’yobga chiqarish, ―Avesto‖da ta’kidlanganidek inson va jamiyatda ezgu niyat, ezgu fikr hamda ezga amalni tarkib toptirish; Bunyodkorlik – inson va jamiyatda bunyodkorlik hissi hamda harakatini paydo qilish, davlatning siyosatida bunyodkorlikga olib boruvchi adoltga tayanish, erkin va farovon hayot barpo etish. E’tibor berilsa, O’zbekistonning yangi milliy g’oyasida milliy va umuminsoniy g’oyalar hamda qadriyatlar uyg’un o’z ifodasini topgan. CHunki dunyodagi har bir xalq va mamlakat insonparvarlik, ezgulik hamda bunyodkorlik g’oyalarini birlamchi biladi. Mamlakatimizning yangi milliy g’oyasi quyidagi bosh g’oya asosida birlashadi: ―Milliy tiklanishdan – ilmiy yuksalish sari‖. Bu bosh 14 Мирзиѐев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунѐдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – Т.: ―Тасвир‖. 2021. 135 g’oyaning mazmuni xalq hayotini, inson faoliyatini va davlat siyosatini milliy manfaatlar asosida yuksaltirishdan iborat. Shu tariqa hozirgi zamon O’zbekiston ta’lim tizimida milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati yangi milliy g’oyaga asoslanishi bilan xarakterlanadi. Milliy tarbiya umumpedagogika qonuniyatlariga asoslangan quyidagi omillarga tayanadi: - tarbiyaning maqbul va samarali metodlariga; - tarbiyaning tajribadan o’tgan va zamonaviy texnologiyalariga; - tarbiyaning individual uslublariga. Bunday yondaShuv milliy tarbiyaning boshqa tarbiya turlaridan farqlantirib turadi. Shuni ta’kidlash lozimki, milliy tarbiyada quyidagi tamoyillar ustuvor hisoblanadi: - imkon qadar pedagogik jazo turlaridan chekinish; - tarbiyalanganlik darajasini rag’batlantirish; - tarbiya jarayonini jamoaviy amalga oshirish; - tarbiyaga oid eng so’nggi yutuqlarga tayanish; Bu tamoyillar milliy tarbiyani kutilgan darajada amalga oshirish imkonini beradi. Bularning barchasi milliy tarbiyaning o’ziga xos mazmun va mohiyatga ega bo’lishini ta’minlaydi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling