O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


-mavzu: Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Bog'liq
darslik

15-mavzu: Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari 
Reja: 
1. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati 
2. Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari 
3. Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligi 
*** 
Tayanch tushunchalar:tarbiya, milliylik, o’quvchi, shaxs, g’oya, 
fazilat, ong, qalb, axloq, dunyoqarash, faollik, jarayon, boshlang’ich, 
ta’lim, asos. 
*** 
Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Boshlang’ich ta’lim 
tajribasida tarbiyaning bir necha turlari amal qilib kelmoqda. Ana 
Shunday tarbiya turlaridan biri milliy tarbiyadir.
13
Milliy tarbiya – bu yosh avlodni muayyan millatning mentaliteti, 
turmush tarzi va hayotiy tajribasidan o’tgan g’oyalarga asosan voyaga 
yetkazish jarayonidir. Bunda muayyan millatning hayoti davomida amal 
qilib kelinayotgan milliy qadriyatlar tizimiga asoslaniladi. Milliy 
tarbiyaning negizini milliy g’oya tashkil qiladi. O’zbekiston 
Respublikasi Milliy entsiklopediyasida ta’kidlangaganidek, milliy g’oya 
– bu biror millat hayotiga mazmun baxsh etadigan va uni ezgu 
maqsadlar sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir; u millatning o’tmishi, 
buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini 
va maqsadlarini ifodalaydi (5-jild, 666-bet). Shu jihatdan o’zbek millati 
o’zining asrlar davomida shakllangan milliy g’oyasi va unga tayangan 
milliy tarbiya tajribasiga ega.
13
Қаранг: Қуронов М. Миллий тарбия. – Т.: ―Маънавият‖. 2006.


134 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 
yanvarь oyida mamlakatimizning quyidagi g’oyalarga asoslangan yangi 
milliy g’oyasini e’lon qildi: 
1) insonparvarlik; 
2) ezgulik; 
3) bunyodkorlik.
14
Bu mutlaqo yangi asosdagi milliy g’oya bo’lib, uning ma’nosini 
quyidagilar tashkil etadi: 
Insonparvarlik – insonni qadrlash, uning sha’ni, g’ururi va huquqlarini 
ro’yobga chiqarish, insonga munosib yashash turmush sharoiti yaratib 
berish va davlat hamda jamiyatning faoliyatini inson omili asosiga 
qurish; 
Ezgulik – insonda va jamiyatda eng yaxshi hamda ideal g’oyalarni tarkib 
toptirish, 
inson 
manfaatlarini 
ro’yobga chiqarish, ―Avesto‖da 
ta’kidlanganidek inson va  jamiyatda ezgu niyat, ezgu fikr hamda ezga 
amalni tarkib toptirish; 
Bunyodkorlik – inson va jamiyatda bunyodkorlik hissi hamda harakatini 
paydo qilish, davlatning siyosatida bunyodkorlikga olib boruvchi 
adoltga tayanish, erkin va farovon hayot barpo etish.
E’tibor berilsa, O’zbekistonning yangi milliy g’oyasida milliy va 
umuminsoniy g’oyalar hamda qadriyatlar uyg’un o’z ifodasini topgan. 
CHunki dunyodagi har bir xalq va mamlakat insonparvarlik, ezgulik 
hamda bunyodkorlik g’oyalarini birlamchi biladi.
Mamlakatimizning yangi milliy g’oyasi quyidagi bosh g’oya 
asosida birlashadi: ―Milliy tiklanishdan – ilmiy yuksalish sari‖. Bu bosh 
14
Мирзиѐев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунѐдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий 
пойдеворидир. – Т.: ―Тасвир‖. 2021. 


135 
g’oyaning mazmuni xalq hayotini, inson faoliyatini va davlat siyosatini 
milliy manfaatlar asosida yuksaltirishdan iborat.
Shu tariqa hozirgi zamon O’zbekiston ta’lim tizimida milliy 
tarbiyaning mazmuni va mohiyati yangi milliy g’oyaga asoslanishi bilan 
xarakterlanadi.
Milliy tarbiya umumpedagogika qonuniyatlariga asoslangan 
quyidagi omillarga tayanadi: 

tarbiyaning maqbul va samarali metodlariga; 

tarbiyaning tajribadan o’tgan va zamonaviy texnologiyalariga; 

tarbiyaning individual uslublariga. 
Bunday yondaShuv milliy tarbiyaning boshqa tarbiya turlaridan 
farqlantirib turadi. Shuni ta’kidlash lozimki, milliy tarbiyada quyidagi 
tamoyillar ustuvor hisoblanadi: 

imkon qadar pedagogik jazo turlaridan chekinish; 

tarbiyalanganlik darajasini rag’batlantirish; 

tarbiya jarayonini jamoaviy amalga oshirish; 

tarbiyaga oid eng so’nggi yutuqlarga tayanish; 
Bu tamoyillar milliy tarbiyani kutilgan darajada amalga oshirish 
imkonini beradi. Bularning barchasi milliy tarbiyaning o’ziga xos 
mazmun va mohiyatga ega bo’lishini ta’minlaydi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling