O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda tarbiya turlari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda tarbiya turlari. Boshlang’ich ta’limda
amalga oshiladigan tarbiya turlarining ko’pligi sizga ma’lum. Ayni paytda, yangi O’zbekiston sharoitida boshlang’ich ta’limda quyidagi tarbiya turlarini amalga oshirish dolzarb hisoblanadi: 1. Fuqarolik tarbiyasi. Bu tarbiyaga ko’ra, 7-11 yoshli o’quvchilar o’z oilasiga, Vataniga, milliy qadriyatlariga, xalqiga va umuminsoniyatga sadoqat ruhida tarbiyalanishi kerak. Fuqarolik tarbiyasida O’zbekiston 130 sharoitida shaxsning konstitutsion va xususiy huquqlariga uyg’un munosabatda bo’linadi. Bo’lajak fuqaro sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilari fuqarolik huquqlari, vaziifalari va majburiyatlari to’g’risida tushunchasiga ega bo’lishi kerak. 2. Iqtisodiy tarbiya. Mazkur tarbiyaga ko’ra, 7-11 yoshli shaxslar ongida halol mehnatsevarlik tuyg’usi shakllantirilishi va aynan mana Shu ko’nikma asosida oila, jamiyat, davlat hamda mamlakatni boy va farovon qilish mumkinligi shakllantirilishi lozim. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarida tejamkorlik, o’z mehnati evasiga biror narsaga erishish, sabr-toqat kabi sifatlarning shakllantirilishi va ularda isrofgarchilik, dangasalik, tayyorga ayyorlik singari illatlarning mavjud bo’lmasligiga e’tibor berish lozim bo’ladi. Bunda mamlakatimizda yangi hisoblanmish ―Tarbiya‖ fani imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kutilgan samarani beradi. 3. Ekologik tarbiya. Bu tarbiya turiga ko’ra, 7-11 yoshli shaxslarda tabiatsevarlik fazilatini shakllantirish va ularda tabiat hodisalariga mehr- oqibatlik bilan munosabatda bo’lish tarkib toptirilishi lozim. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari hayvonot va o’simlik dunyosi bilan keng tanishtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 4. Huquqiy tarbiya. Mazkur tarbiya turiga ko’ra, 7-11 yoshli shaxslarda o’z huquqlari, burchlari va majburiyatlari to’g’risida tushuncha beriladi. Kuzatishlar Shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich sinf o’quvchilari ―Men‖lik tuyg’usiga tayanib o’z huquqlarini juda erta anglashadi, biroq mazkur huquqning uzviy qismi bo’lgan burch va majburiyatni anglashi qiyin kechadi. Shu sababli boshlang’ich ta’limda huquqiy tarbiyaning asosiy 131 vazifasi o’quvchilarga shaxsning huquq, burch va majburiyatlarini uyg’un o’rgatishdan iborat. Shunday qilib boshlang’ich ta’limda tarbiya muhim amaliy jarayon hisoblanadi. Diqqat qiling (14-chizma): Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling