O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Tarbiya jarayoni metodlari. Tarbiya jarayonida pedagogik
tajribadan o’tgan o’ziga xos metodlar qo’llaniladi. Mazkur metodlarning eng asosiylari quyidagilardir: 1) ishontirish; 2) maslahat; 3) da’vat qilish; 4) munosabat bildirish. Tarbiya jarayonining ishontirish metodi shaxsni o’zligi, o’zgalarga va atrof-muhitga ishonch bilan qarashni ifrdalaydi. Unga ko’ra, shaxs haqiqiy fazilatlar va xatti-harakatlar ko’nikmasi bilan qurollantiriladi. Shu jihatdan tarbiya oluvchi shaxs o’zligi, atrofidagi o’zgalarga va albatta, baxtli bo’lishga ishonch ruhi bilan voyaga yetishi kerak. Bunda tarbiya beruvchi shaxs ishontirish vazifasini bajaradi. Maslahat metodi tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsga pedagogik, psixologik va sotsiologik yordam berishga asoslanadi. CHunki tarbiya jarayonida shaxs turli murakkab vaziyatlar, holatlar va munosabatlarga duch keladi. Shunda unga tarbiya beruvchi shaxs 122 tomonidan muammoning yechimi va uning eng oqilona yo’li ko’rsatiladi. Tarbiya jarayonining da’vat qilish metodi tarbiya oluvchini ideal g’oyalar, fazilatlar va munosabatlarga undashni ifodalaydi. Hozirgi zamon tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchini ezgulik, insoniylik va axloqiylik kabi ideal maqsad-muddaolarga izchil da’vat qilib borish dolzarb bo’lib turibdi. Munosabat bildirish metodi tarbiya jarayonida shaxs o’zlashtirayotgan qarashlar, fazilatlar va xatti-harakatlarni kuzatib borishni anglatadi. Bu metodga ko’ra tarbiyalanuvchi shaxs muayyan yoshda o’zining tarbiya ko’rganlik darajasini namoyon qilish kerak. Agar uning tarbiyalanganlik darajasi talabga javob bersa tarbiya jarayoni davom ettiriladi, mabodo qo’yilgan talablarga javob bermasa uni tarbiyalash tayanchlari korrektsiyalanadi. Rossiyalik olim Yu.Babanskiyning tarbiya metodlarini quyidagicha turkumlashtirib berganligi ko’pchilik tomonidan qabul qilingan: 12 (13- chizma): 12 Умарова М.Теория и история педагогики. –Т.:‖Чўлпон‖.2018.-с 202 123 Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Tarbiya jarayonining mazmuni deganda nimani tuShunasiz? 2. Tarbiya jarayoni tamoyillari nimalardan iborat? 3. Tarbiya jarayoni metodlarining asosiylarini nimalar tashkil qiladi. 4. ―Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasi‖da o’z ifodasini topgan tarbiya jarayoni tamoyillarini bilasizmi? SHaxsni shakllantiruvchi metodlar Faoliyatni tashkil etish metodlari Xatti-harakatni va xulq- atvorni tartibga soluvchi metodlar Ishontirish Pedagogik talablar Rag`batlantirish Suhbat Mashqlar Jazolash Ma’ruza Tarbiyalovchi vaziyatlar Musobaqalashish Namuna Tarbiya metodlari 124 Topshiriq:pedagogik amaliyot Topshiriq: mashhur shvetsiya pedagogi Iogann Genrix Pestalotstsining (1746-1827) quyidagi pedagogik qarashlarini o’zlashtiring. Pestalotstsi birinchi bo’lib hamma uchun boshlang’ich ta’limning shart ekanligini ilmiy asoslab bergan. Aynan u boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning nutqi, hisoblash sabog’i va o’lchash ko’nikmalarini shakllantirish kerakligini pedagogik jihatdan asoslab bergan. Pestalotstsining yondaShuviga ko’ra, o’quvchilarning o’qishga qiziqishi, oila a’zolarining osudaligi va o’qituvchilarning bolalarni sevishiga bog’liq. U pedagoglarni o’qitish va tarbiya jarayonida psixologik jihatlarga qat’iy e’tibor berishga chaqirgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling