O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
Bog'liq
darslik

birinchi bosqich - oilalarda amalga oshiriladi va unda quyidagi ikki 
davrga e’tibor qaratiladi: 
1) homilalik davri (bunda homilali ayollar ma’naviy jihatdan muhofaza 
qilinadi, chunki bolaning ma’naviy olami homila davrida rivojlanishi 
ma’lum); 
2) bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr ( bunda 3 yoshgacha bola 
turli ruhiy zo’riqishlardan, tahdidlardan, illatlardan himoya etiladi); 
ikkinchi bosqich – maktabgacha bo’lgan ta’lim (3-6,5 yoshgacha 
bo’lgan) davr (bunda mazkur yoshdagi bolalarda dastlabki ma’naviy 
tushunchalar, axloqiy fazilatlar, o’zgalarga munosabatlar negizlari 
shakllantiriladi, bir so’z bilan aytganda bola ma’naviy tarbiyaga 
tayyorlanadi); 
uchinchi bosqich – umumiy o’rta ta’lim davri, bu bosqich ham quyidagi 
ikki davrga asosan amalga oshiriladi: 


118 
1) boshlang’ich sinf davri (7-11 yoshlilarning ma’naviy tarbiyasi) – 
(bunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy olami, ruhiy 
kechinmalari va axloqiy sifatlari shakllantiriladi); 
2) o’rta va yuqori sinflar davri (7-17 yoshlilarning ma’naviy tarbiyasi) – 
(bunda mazkur yoshdagi o’quvchilarning ma’naviy ongi, dunyoqarashi 
va axloqiy xatti-harakatlari to’liq shakllantiriladi); 
to’rtinchi bosqich – o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim 
muassasalarida, Shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan 
va band bo’lmagan yoshlar orasida amalga oshiriladi, mazkur bosqich 
ham quyidagi ikki davrga bo’linadi: 
1) o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan 
hamda ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan 
yoshlar (17-30 yoshlilar) ma’naviy tarbiyasi (bunda ushbu toifadagi va 
yoshdagi shaxslarning jamoatchilik asosida hamda turli tadbirlar 
vositasida ma’naviy dunyoqarashi, ongi va fazilatlari korreksiya qilinib 
boriladi); 
2) o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi –
talabalari (15-24 yoshlilarning) ma’naviy tarbiyasi (bunda o’quvchilar 
va talabalarning ma’naviy ongi, qarashlari, munosabatlari va xatti-
harakatlari maqsadli takomillashtiriladi). 
E’tibor berilsa, O’zbekistonda amalga kiritilgan Uzluksiz ma’naviy 
tarbiya kontsepsiyasi shaxsni ta’lim va tadbirlar vositasida homilalik 
davridan 30 yoshgacha har tomonlama tarbiyalashni nazarda tutadi. Shu 
sababli mazkur yondaShuv hozirgi zamon jamiyatimiz tarbiya jarayoni 
mazmunining negizini tashkil etadi.


119 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling