O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Bog'liq
darslik

xususiyatlari 
2. Dars 
mashg`ulotining 
tarixi 
3. Darsning 
zamonaviy turi 
SAMARADORLIK 


107 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Dars mashg’ulotning xususiyatlari deganda nimalarni tuShunasiz? 
2. Dars mashg’ulotining tarixi to’g’risida nimalarni bilasiz? 
3. Dars – boshlang’ich ta’limning qanday shakli hisoblanadi?
4. Boshlang’ich ta’limda darsning qanday zamonaviy turlarini bilasiz? 
 
Topshiriq: pedagogik amaliyot. 
Dars mashg’ulotining xususiyalarini ―Yon daftar‖ingizga konspekt 
qiling.
Dars mashg’ulotining tarixini eslab qoling. 
Boshlang’ich ta’limda darsning zamonaviy turlari bo’yicha 
izlanishlar olib boring. 


108 
12-mavzu: O’quvchilarning o’zlashtirgan bilim natijalarini 
tekshirish va baholash 
Reja: 
1. O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish asoslari 
2. O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish mexanizmlari 
3. O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini baholash 
metodologiyasi. 
*** 
Tayanch tushunchalar: bilim, o’qitish, ta’lim, o’quvchilar, 
o’zlashtirish, tekshirish, asos, mexanizm, baholash, daraja, ko’nikma, 
malaka.
*** 
O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish asoslari. 
O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarga bilim berish, 
ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va mustaqil fikrlash tarzini 
tarkib toptirish asosiy vazifalar hisoblanadi. Bunda bilim tushunchasi 
insoniyat erishgan jamiki ilmiy, amaliy va texnologik yutuqlarni 
o’quvchilarning yoshi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlari doirasida 
o’zlashtirishini anglatadi. Shuningdek, islom dinida ham bilim masalasi 
Iymon tushunchasining negizini tashkil qiladi va Qur’oni Karimning 
ham birinchi oyati ―Iqra’‖, ya’ni o’qi, bilim ol va uni tarqatuvchisi bo’l 
degan mazmunda nozil bo’lgan. Hozirgi zamon pedagog olimlari bu 
kontsepsiyani insonni bilimli qilishning tayanchi sifatida baholashadi. 
Shu jihatdan boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirgan bilimlarini 
baholash va uning asoslarini o’zlashtirish bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari uchun zaruriyat hisoblanadi.


109 
Boshlang’ich sinf o’quvchilaring o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish 
deganda ularning tushuncha, bilim va dunyoqarash darajasini aniqlash 
nazarda tutiladi. Bunday tekshirishning asoslarini quyidagilar tashkil 
etadi: 

boshlang’ich ta’lim davlat standartlari; 

boshlang’ich ta’limga qo’yiladigan davlat talablari; 

o’quv rejasida belgilangan ko’rsatmalar; 

o’quv fanlari dasturlarining mazmuni. 
Mana 
Shu 
asoslardan 
kelib 
chiqib 
boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarining o’zlashtirgan bilim darajasi tekshiriladi va bu tekshirish 
natijasida yutuqlar belgilanib, kamchiliklar aniqlanadi. Shu sababli 
choraklik tekshiruvlari hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim tizimida 
ustuvor yondaShuv hisoblanadi.
Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari o’zlashtirgan bilim 
darajasini tekshirishda pedagogik ilmiy tadqiqotlarda ishlab chiqilgan 
metodologik asoslarga ham tayanilmoqda. Unga ko’ra, boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining bilim darajasi ikki shaklda tekshiriladi: 
1) har bir o’quvchining o’zlashtirgan bilim darajasi; 
2) har bir sinf o’quvchilarining o’zlashtirgan bilim darajasi. 
Mazkur tekshirish shakllari hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida 
keng qo’llanilib kelinmoqda. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarning aqliy 
darajasini 
rivojlantirishga 
qaratiladi. 
Shu 
sababli 
zamonaviy 
boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning aqliy koeffitsenti ishlab 
chiqilgan. Bu formula quyidagicha xalqaro miqyosda qabul qilingan.
a) IQ- yoshga nisbatan aqliy rivojlanish darajasi (ARD); 
b) YoD – yoshga nisbatan aql darajasi (YoDA). 


110 
Bu formulaning ko’rinishi quyidagicha: 
IQ
ЁДА
IQ

%
100
*
 
Mazkur formulaga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilaring aqliy 
rivojlanish darajasi (IQ) ularning yoshiga nisbatan aqliy darajasiga 
(YoDA) bo’linadi va natija ongli ravishda 100 foizga ko’paytiriladi. 
Buning natijasida har bir o’quvchining bilim darajasi yoki har bir 
sinfning aqliy rivojlanish darajasi kelib chiqadi. Bu formula ko’p 
hollarda ilmiy pedagog ekspertlari yordamida amaliyotda qo’llaniladi va 
bunda o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda uni baholash 
ob’ektiv tarzda amalga oshadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim darajasini tekshirishda 
yuqorida ta’kidlab o’tilgan asoslarga qat’iy amal qilish lozim. Bunda 
asosiy maqsad o’quvchilarning bilish yoki bilmasligini aniqlash emas, 
aksincha, ularning bilish darajasini rivojlantirishdir. Shu sababli 
bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida o’quvchilarning bilim darajasini tekshirish asoslari va uning 
ko’rsatib o’tilgan formulasini chuqur o’zlashtirishi lozim.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling