O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


-mavzu: Dars-boshlang’ich ta’limning asosiy shakli sifatida


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115
Bog'liq
darslik

11-mavzu: Dars-boshlang’ich ta’limning asosiy shakli sifatida 
Reja: 
1. Dars mashg’ulotning xususiyatlari va tarixi 
2. Dars – boshlang’ich ta’limning asosiy shakli sifatida 
3. Boshlang’ich ta’limda darsning zamonaviy turlari 
*** 
Tayanch tushunchalar: boshlang’ich, ta’lim, dars, mashg’ulot, tarix, 
xususiyat, shakl, zamonaviylik, bilim, ko’nikma, malaka, tuShunish, 
o’zlashtirish. 
*** 
Dars mashg’ulotning xususiyatlari va tarixi. Ta’lim tizimida 
jumladan, boshlang’ich ta’limda amal qilib kelinayotgan dars tizimi 
mashg’ulotlarning asosiy xususiyatlarini o’ziga qamrab olgan majmua 
hisoblanadi.
11
Dars mashg’ulotiga quyidagi xususiyatlar xos, dars: 

o’z oldiga qo’ygan aniq maqsadi va tugal mazmundan iborat jarayon; 

o’qituvchi rahbarligida ta’lim oluvchilar guruhi bilan olib boriladi; 

o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli va markaziy qismidir; 

ta’lim oluvchilarni bilim, ko’nikma va malaka bilan qurollantiradi; 

uning sinf va amaliy tajriba shakllari mavjud; 

samaraga erishishda o’qituvchi va o’quvchilarning teng faolligiga 
tayaniladi. 
Dars mashg’ulotiga xos bo’lgan bu xususiyatlar asrlar davomida 
ta’lim tajribasida shakllanib kelgan va amaliy sinovlardan o’tgan.
11
Педагогика фанидан изоҳли луғат. Ж.Ҳасанбоев ва бошқ. – Т.,2009. 112-бет. 


102 
Sharq va G’arb pedagogikasi tarixida dars mashg’ulotining o’ziga 
xos tarixi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Misol uchun, Sharq 
pedagogik merosida dars tizimining kelib chiqishi ota va farzandlarning 
o’zaro munosabatlari shakliga bog’lanadi. Unga ko’ra, farzandlar 
turmush va hayotga oid bilmaganlarini otadan so’rab o’rganishgan. 
Oiladagi bu jarayon keyinchalik ta’lim tizimida Ustoz va shogirdlarning 
munosabatlariga o’tgan. Buning natijasida Ustoz ta’lim beruvchi asosiy 
shaxsga va shogird esa ta’lim oluvchi individga aylangan. Shu tariqa 
dars jarayonining shakli, muddati va tizimlari tarkib topgan. 
Shuningdek, Sharq pedagogik manbalarida dars atamasining 
quyidagi ma’nosi ta’kidlanadi: 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling