O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
D – davomat, ya’ni ta’lim oluvchilarning ishtiroki; A
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
D – davomat, ya’ni ta’lim oluvchilarning ishtiroki;
A – aziyat, ya’ni ta’limni amalga oshirish jarayonida chekiladigan zahmatlar; R – riyozat, ya’ni dars jarayonini hisob-kitob qilib borish; S – sa’y, ya’ni ta’lim oluvchilarni rejali harakatlantirish. E’tibor berilsa, dars tushunchasi aniq reja, tizim va kutiladigan samaralarni anglatuvchi ma’noga tayanadi. Bunda dars jarayonining asrlar davomida aqliy, ruhiy va ma’naviy mehnatdan iborat bo’lib kelganligiga duch kelamiz. Dars - boshlang’ich ta’limning asosiy shakli sifatida. Boshlang’ich ta’limni tashkil etishning shakl va usullari ko’p. Ayni paytda, asrlar davomida o’qitishning sinf-dars usuli qulayligi, maqbulligi va qiziqarligi bilan asosiy shakl bo’lib kelmoqda. Boshlang’ich ta’lim didaktikasida dars asosiy shakl sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 103 a) dars o’qitishning majmui (ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash) vazifasini bajaradi; b) dars quyidagi qat’iy didaktik tizimga ega: - darsning boshlanishi va topshirig’ining aniq qo’yilishi; - uyga topshiriq orqali o’quvchilarning bilim va ko’nikmasini kuchaytirish; - yangi o’quv materiallarini tuShuntirish; -takrorlash orqali o’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash; - o’quvchilarning dars davomida o’zlashtirggan bilimlarini nazorat qilish va baholash; - har bir darsning yakunlash xususiyatga egaligi; - albatta uy vazifasining berilishi. v) darsning mazmuni har bir o’quv faniga qo’yiladigan davlat ta’lim standartlari, o’quv rejasi va dasturlariga mos bo’ladi; g) har bir dars mashg’ulotlar tizimining uzviy qismi hisoblanadi; d) har bir darsda o’qituvchining ixtiyoriy metodlar va vositalar tanlash imkoni mavjud. Dars mana Shu xususiyatlari bilan o’qitishning muhim shakli hisoblanadi va u hozirgi zamon dunyo mamlakatlari boshlang’ich ta’limida keng qo’llanilib kelinmoqda. CHunki dars jarayonida o’ziga xos mantiqiy izchillik va intizom mavjud. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida darsning bir necha tiplari farqlanadi. Bunday tiplarning asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Kombinatsiyali dars. Bunday dars tipi keng ommalashgan bo’lib, u quyidagi qismlarga bo’linadi: tashkiliy qism (1-2 daqiqa); uy vazifasining bajarilganligini tekshirish (10-12 daqiqa); yangi mavzuni 104 o’zlashtirish (15-20 daqiqa); o’zlashtirganlarini mustahkamlash (10-15 daqiqa); darsni yakunlash (5 daqiqa); uy vazifasi berish (2-3 daqiqa). 2. Yangi o’quv materiali o’zlashtirish darsi. Mazkur dars tipida yangi o’quv materiallari o’zlashtiriladi va uning doirasida nostandart darslar ham tashkil qilinishi mumkin. Masalan muammoli dars, tadqiqotli dars, anjumanli dars kabilar Shular jumlasidandir. Bunday nostandart darslar yangi o’quv materiallarini kutilgan darajada o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish imkonini beradi. 3. Mustahkamlash darsi. Ushbu dars tipida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Bunda amaliy seminarlar, ekskursiyalar, mustaqil topshiriqlarni bajarish va laboratoriya ishlari kabi shakllardan foydalanish mumkin. Bu dars tipi ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun maqbul shakllardan hisoblanadi. 4. Umumlashtirish darsi. Bu dars tipida o’quv fanlarining mavzulari muayyan bloklar asosida umumlashtiriladi va yakun yasaladi. Bu dars tipi orqali o’quvchilarga yangi ma’lumotlar, topshiriqlar va mashqlar taqdim etiladi. Buning natijasida o’quvchilarda ijodiy o’zlashtirish ko’nikmasi shakllantiriladi. Bizning yondaShuvimizga ko’ra, umumlashtiruvchi dars tipida boshlang’ich ta’limda oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 5. Nazorat darsi. Mazkur dars tipida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimi, ko’nikmasi va malakasi korrektsiya qilinadi, uning natijasida o’quvchilarning o’zlashtirishi nazoratga olinadi. Bu dars tipi har bir o’quvchini nazoratga olish imkonini beradi, u yozma yoki og’zaki so’rovnoma, diktant, bayon va mustaqil ish yozdirish shakllarida tashkil 105 etiladi. Bu dars tipi har bir o’quv fanining biror mavzusi yoki bo’limi yakunlangandan keyin o’tkaziladi. Ushbu dars tipining natijalariga ko’ra, keyingi darslar tiplari tanlanadi. Boshlang’ich ta’limni tashkil etishda eng mashhur ana Shu dars tiplaridan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, boshlang’ich ta’limda qo’llanishi mumkin bo’lgan quyidagi ommaviy dars tiplari ham mavjudligini eslatib o’tish joiz: - musobaqa darsi; - maslahat darsi; - o’zaro hamkorlik darsi; - o’quv fanlari aro o’yin darsi va h.k. Ushbu nostandart dars tiplaridan imkoniyatlarga qarab foydalanish ham tavsiya etiladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling