O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
Bog'liq
darslik

O’quvchilarning 
o’zlashtirgan 
bilimlarini 
tekshirish 
mexanizmlari. 
O’zbekiston 
boshlang’ich 
ta’lim 
jarayonida 
o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirishga doir bir necha 
mexanizmlar amal qilmoqda. Avvalo, bu mexanizmda 5 balli tizimda 
baholash 
asosiy 
tayanch 
hisoblanadi. 
Shuningdek, 
ushbu 
mexanizmlarning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 
1) testlar asosida; 


111 
2) diktant asosida; 
3) bayon asosida; 
4) insho asosida; 
5) mustaqil ish bajarish asosida. 
Boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilari 
o’zlashtirgan 
bilimlarni 
tekshirishning bu mexanizmlari ommaviy va qulay hisoblanadi. Ayni 
paytda, 
dunyo 
mamlakatlari 
boshlang’ich 
ta’lim 
tizimida 
o’quvchilarning bilimi intellekt testlar asosida baholanayotganligini 
eslatib o’tish joiz.
―Test‖ tushunchasi inglizcha bo’lib, o’zlashtirilgan bilimlar tizimini 
va aqliy rivojlanish darajasini tekshirish ma’nosini anglatadi. Shu 
jihatdan keyingi paytlarda pedagog va psixologlar tomonidan ishlab 
chiqilgan Intellekt testdan boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim 
darajasini tekshirish mexanizmi sifatida foydalanilmoqda. Bunday test 
quyidagi xususiyatlarga ega: 

har bir mavzu bo’yicha ko’p variantli savollar tuziladi; 

har bir savolga ko’p variantli javoblar taqdim etiladi; 

javoblar variantidan bittasi to’g’ri hisoblanadi; 

ba’zi savollarning javoblari ochiq qoldiriladi va unda o’quvchilar 
yozgan javoblarning to’g’ri yoki noto’g’riligi aniqlanadi; 

savollar darslikda berilgan o’quv materiallariga asoslanishi shart. 
Ushbu 
test 
vositasida 
boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
o’zlashtirgan bilim darajasi aniqlanadi va ularning aqliy rivojlanishi 
baholanadi. Shu sababli mazkur testning uch turi mavjudligini eslatib 
o’tish joiz: 
1) harakatli test (suhbat); 


112 
2) yozma test; 
3) og’zaki test. 
Intellekt testning mazkur turlaridan foydalanish boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarining ixtiyoriy yondaShuviga qoldiriladi.
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning 
o’zlashtirgan bilimlarini tekshirishda noan’anaviy mexanizmlarga ham 
amal qilinmoqda. Bu mexanizm quyidagilardan iborat: 
a) bir o’quv fanidan o’quvchilarning bilim darajasini o’qituvchilar guruh 
bo’lib tekshirishi; 
b) o’quvchilarning bilim darajasini tekshirishda ota-onalar yoki 
mutaxassislarning ishtirok etishi; 
v) o’qituvchilarning o’zga sinf o’quvchilari bilim darajasini tekshirishi; 
g) o’quvchilarning bilim darajasini tekshirishda ochiq imtihonlar 
shaklidan foydalanish. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim darajasini tekshirish 
mexanizmlari o’qituvchi tomonidan tanlanadi. Bunda asosiy maqsad 
tekshirishni aniq va xolis tekshirishni amalga oshirishdan iborat.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling