116
3-Modul.Boshlang’ich ta’limda tarbiya nazariyasi
13-mavzu: Tarbiya jarayonining mazmuni, tamoyillari va metodlari
Reja:
1. Tarbiya jarayonining mazmuni
2. Tarbiya jarayoni tamoyillari
3. Tarbiya jarayoni metodlari.
***
Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, tarbiya, jarayon, mazmun,
tamoyil, metod, yondaShuv, tarbiyaviylik, bilim, ko’nikma, tajriba.
***
Tarbiya jarayonining mazmuni. Shaxsga ta’lim
berishdan asosiy
maqsad uni o’qitish va tarbiyalashdir. Shu jihatdan tarbiya masalasi
pedagogik fanlarning eng muhim qismlaridan hisoblanadi.
Tarbiya jarayonining
mazmuni inson insonni ijtimoiy shaxs sifatida
shakllantirish bilan belgilanadi. Mazkur
masala asrlar davomida
Pedagogika fanining ob’ekti sifatida sayqallanib,
ilmiy-metodik va
amaliy tajribadan o’tgan. Shu ma’noda shaxsni ijtimoiylashtirish asosida
uning tarbiyasi amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonining mazmuni ikki
xususaiyatga ega bo’ladi:
1) tarbiya asoslarini tashkil etadigan ijtimoiy
kontekst umuminsoniy
xarakterga ega bo’ladi;
2) har bir jamiyatning ehtiyojlari tarbiya mazmunida aks etadi.
Bunday xususiyat tarbiyaning asrlar davomida har bir shaxs, millat,
xalq va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi sifatida
namoyon bo’lib kelmoqda.
117
O’zbekistonning hozirgi sharoitida
tarbiya jarayonini uzluksiz
ma’naviy tarbiya kontseptsiyasi asosida amalga oshirish belgilangan. Bu
borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31
dekabrdagi 1059-sonli ―Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontsepsiyasini
tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi
Qarori
qabul qilindi. Mazkur kontsepsiyaga asosan Pedagogika fanida shaxsni
aqliy, jismoniy, ruhiy-ma’naviy, mehnat va estetik tarbiyasini
Ma’naviy
tarbiya tushunchasi asosida amalga oshirish belgilandi. Bu hodisa ta’lim
jarayonida uzluksiz tarzda amalga oshirilib, Pedagogika fanida yangicha
yondaShuv hisoblanadi. Shu jihatdan O’zbekiston ta’lim
jarayonida
amalga oshiriladigan tarbiya mazmunining asosiy xususiyatlarini
quyidagilar tashkil etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: