O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Tarbiya jarayoni tamoyillari. Pedagogik tarbiya jarayonida o’ziga
xos tamoyillar ishlab chiqilgan va ular insoniyatning ijtimoiy tajribasidan o’tganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Bunda tamoyillar deganda tarbiyalanuvchini yo’naltiruvchi asosiy maqsad-muddaolar va yo’naltirishlar nazarda tutiladi. Pedagog olimlar tarbiya jarayonida quyidagi asosiy tamoyillarga qat’iy amal qilishni alohida ta’kidlashadi: 1. Idealizm. Bu tamoyillga ko’ra, ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchi shaxs eng oliy, ezgu va foydali ideal maqsadlar hamda g’oyalar asosida tarbiyalanishi kerak. Bu borada G’arb faylasuflari Aflotun, Aristotelь, TSitseron va Sharq faylasuflaridan Abu Nasr Farobiy, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy kabilar ideal g’oyalar va maqsadlarni insonni to’g’ri tarbiyalovchi asoslar deb bilishgan. Misol uchun, Aflotunning g’oyasiga ko’ra har bir shaxs Ezgulik idealiga asosan tarbiyalanishi kerak yoki Abu Nasr Farobiyning qarashlariga ko’ra har bir shaxs Fazilatli idealiga binoan tarbiyalanishi lozim. Shu jihatdan pedagogik tarbiya jarayonida shaxsni tarbiyalashning ideal g’oyalari sifatida Ezgulik, Insonparvarlik va Komillik asrlar davomida yashovchan bo’lib kelmoqda, ayni paytda, Yovuzlik, Xudbinlik va Nomukammallik ideallikning ziddi sifatida qabul qilingan. 2. Realizm. Tarbiya jarayonining mazkur tamoyili asosiy negizlardan biri hisoblanadi. Unga ko’ra, tarbiyalanuvchi shaxsga haqiqiy bilimlar va tajribalar uzatilishi, uning ongi va axloqida amaliy hayot hamda faoliyatida qo’l keluvchi haqiqatlar va qadriyatlar berilishi kerak. E’tibor berilsa, bu borada haqiqiy bilim, tajriba, haqiqat va qadriyat tarbiya jarayonining reallik tamoyili asosini tashkil etadi. Buning ma’nosi 120 Shuki, shaxs tarbiya jarayonida nafaqat ijtimoiy shakllantiriladi, balki u hayot va faoliyatga tayyorlantiriladi. Hozirgi zamon texnologik rivojlanish jarayonida tarbiyaning reallik tamoyiliga nisbatan Shubhalar mavjud, unga ko’ra, faqat realizmga asoslanish inson qalbi va ongini qotiradi, deb hisoblanadi. Shu sababli XXI asr pedagogikasida reallik tamoyili negizlariga ideallik tamoyillarining tushunchalarini singdirish jarayoni kechmoqda. Masalan, realizmda Xudoga bo’lgan ishonch isbotsiz deb qaraladi, idealizmda esa Xudoga bo’lgan ishonch tarbiyaning oliy g’oyasi sifatida qabul qilinadi. Bunday yondaShuv natijasida bugungi tarbiya jarayonining reallik tamoyilida ideallik tamoyilining E’tiqod tushunchasi qabul qilingan. 3. Pragmatizm tamoyili. Tarbiya jarayonining mazkur tamoyili aniqlik va real imkoniyatlardan kelib chiqishga asoslanadi. Unga ko’ra, tarbiyalanuvchi shaxs bugungi kun va kelajakdagi faoliyatga moslashtirilib voyaga yetkaziladi. Unda tarbiyalanuvchi shaxs hayotiy muammolarning yechimini mustaqil topa oluvchi kishi sifatida voyaga yetkaziladi va u har qanday murakkab vaziyat, holat hamda davrlarga tayyor shaxs sifatida tarbiyalanadi. Mana Shu jihati bilan tarbiya jarayonining pragmatizm tamoyili hozirgi zamon pedagogikasida umidbaxsh tamoyillardan hisoblanadi. Zero tarbiya jarayonining ana Shu uch tamoyili asosiy maqsad va vosita hisoblanadi. Ayni paytda, mamlakatimiz Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasida (2019 yil 31 dekabrь) tarbiya jarayonining eng muhim tamoyillari sifatida quyidagilar belgilangan: 1) uzluksizlik; 121 2) tadrijiylik; 3) ilmiylik; 4) ijtimoiylik. Bunda uzluksizlik tamoyili shaxsga 30 yoshga qadar izchil tarbiya berishni, tadrijiylik tamoyili tarbiya jarayonida shaxsning yosh, jismoniy va ruhiy xususiyatlariga asoslanishini, ilmiylik tamoyili pedagogik tajribaga tayanishni hamda ijtimoylik tamoyili esa shaxsni jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda tarbiyalashni anglatadi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling