O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayon sifatida


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115
Bog'liq
darslik

14-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayon sifatida 
Reja: 
1. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni 
2. Boshlang’ich ta’limda tarbiya vositalari 
3. Boshlang’ich ta’limda tarbiya turlari 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, tarbiya, boshlang’ich, jarayon, 
mazmun, vosita, tur, bilim, ko’nikma, yondaShuv, malaka, tajriba, 
nazariya, amaliyot. 
*** 
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya 
jarayoni uzluksiz va uzviy bo’ladi. Bunda jarayon deganda mudom 
amalga oshiriladigan pedagogik tadbirlar nazarda tutiladi. Shu ma’noda 
boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni eng muhim va ko’p omilli hodisa 
hisoblanadi. CHunki 7-11 yoshli o’quvchilar shaxsini har tomonlama 
tarbiyalash Pedagogikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu o’rinda 
ta’kidlash lozimki, boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya 
jarayoniga quyidagilar birlamchi ta’sir ko’rsatadi: 
a) atrof-muhit ta’siri; 
b) hayotiy ehtiyojlar ta’siri; 
v) jamiyatning muhim qadriyatlari ta’siri; 
g) oila ta’siri; 
d) jamoatchilik ta’siri; 
e) bolalar guruhlarining ta’siri; 
yo) san’at ta’siri; 
j) ommaviy axborot vositalarining ta’siri. 


126 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi jarayoniga bunday keng 
ko’lamli ta’sirlar ijobiy va salbiy xarakterga ega bo’ladi. Shu sababli 
boshlang’ich sinf o’qituvchilari va murabbiylari mazkur omillarning 
ijobiy ta’sirini nazorat qilib borishi va ularning salbiy ta’sirini 
yumshatishi 
taqozo 
etiladi. 
Misol 
uchun, 
boshlang’ich sinf 
o’quvchilariga atrof-muhit ta’siri aslida ijobiy xususiyatga ega bo’ladi, 
biroq o’quvchilarning atrof-muhitni noto’g’ri qabul qilishi natijasida 
uning ta’siri salbiylik tus oladi. Xuddi Shuningdek, yuqorida 
ta’kidlangan ta’sir omillari nazorat qilib borilishi kerak. Masalan, 
O’zbekiston sharoitida tarbiya jarayoniga oilaning ta’siri ustuvor 
darajada ko’zga tashlanadi. Keyingi rivojlanish jarayonida va xususiy 
mulkchilikning tarkib topish natijasida oilaning boshlang’ich sinf 
o’quvchilari tarbiyasiga bo’lgan ta’sirida salbiy xususiyatlar bo’rtib 
bormoqda. Bolaning mulkga qiziqishi, ota-onasining boyligi bilan 
g’ururlanishi, o’zini o’rtoqlari orasida kiborli tutishi Shular 
jumlasidandir. Shu sababli biz boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi 
jarayonida oilaning ta’sirini korrektsiyalab borish tarafdorimiz. Bunda 
namunali oilalar ta’siri ijobiy va notinch oilalar ta’siri salbiy 
xususiyatlar sifatida qabul qilinishi muhimdir.
Bizning yondaShuvimizga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilari 
tarbiyasi jarayonida o’qituvchilar va maktab jamoasining ta’siri ustuvor 
darajada qabul qilinishi kerak. CHunki bu guruh tarbiyaga bo’lgan 
jamiyatning talab va ehtiyojlarini amalga oshirida. Shu ma’noda 
boshlang’ich ta’limda tarbiya mazmuni 7-11 yoshli shaxslarni maqsadli 
ijtimoiy voyaga yetkazishni ifodalaydi. Bunda har qanday ta’sir 
tarbiyaning maqsadini amalga oshirishga yo’naltiriladi.


127 
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni mazmuni 7-11 yoshli 
shaxslarni jismoniy, aqliy, ruhiy va estetik jihatdan sog’lom voyaga 
yetkazish bilan belgilanadi. Shu sababli bu jarayonning maqsadi 
shakllanib kelayotgan shaxsni ijtimoiy o’zgartirish va turli tarbiyaviy 
vositalarni qo’llashdan iborat. Bunda ideal g’oyalar, oliy qadriyatlar va 
ezgu 
maqsad-muddaolarga 
asoslaniladi. 
Bu 
masala 
ayniqsa, 
boshlang’ich ta’lim o’quvchilari tarbiyasida muhimdir. Shunisi aniqki, 
har bir ota-ona yoki jamiyat har bir farzandning tarbiyalangan shaxs 
sifatida voyaga yetishini orzu qiladi. Biroq, tarbiya vositalari, tadbirlari 
va omillarining noto’g’ri qo’llanishi natijasida har bir bola kutilgan 
darajadagi shaxs sifatida voyaga yetmaydi. Shu jihatdan biz 
boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayonining kutilgan natijasiga 
erishish yo’lini ikki hodisada ko’ramiz: birinchidan, 7-11 yoshli 
o’quvchilar tarbiyasida maktab jamoasining huquq va majburiyatlari 
ustuvor bo’lishi kerak; ikkinchidan, demokratik jamiyat sharoitida 
boshlang’ich sinf o’quvchilarini yuz foiz tarbiyali shaxslar sifatida 
voyaga yetkazishning imkoni yo’q, bunday sharoitda 80-85 foiz 
boshlang’ich sinf o’quvchilarining kutilgan darajada tarbiyalanganligiga 
erishish yuqori ko’rsatkich hisoblanadi. Bularning barchasi boshlang’ich 
ta’limda tarbiya jarayoni ―tirik‖ hodisa ekanligini ko’rsatadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling