O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligi. 
Boshlang’ich ta’limda milliy g’oyaga asoslangan milliy tarbiya 
samaradorligiga erishish muhim hisoblanadi. Buning uchun quyidagilar 
milliy tarbiyani amalga oshiruvchi mas’ullar sifatida belgilanadi.
1) Sinf rahbari: milliy tarbiyani tashkil etish, uning uchun shart-sharoitlar 
yaratish va milliy tarbiya jarayonini nazorat qilib boruvchi mas’ul; 
2) ―Tarbiya‖ fani o’qituvchisi: o’quvchilarnip milliy tarbiyalash, ularda 
milliy g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini tarkib toptirish, 
o’quvchilarni milliy ruhda voyaga yetkazish uchun mas’ul; 
3) O’qituvchilar guruhi: o’z fanlarining asoslarini milliy g’oya asosida 
tuShuntirish, o’quvchilarni milliy tarbiyalashda yordam berish va 
o’quvchilar bilan individual ishlash uchun mas’ul; 
4) Maktab psixologi: o’quvchilarda milliy ruhni shakllantirish, ularning 
ongida milliy g’oyaning tarkib toprishi va o’quvchilarda milliy 
fazilatlarning shakllanib borishini kuzatib borish uchun mas’ul; 
5) Maktab jamoasi: o’quvchilarni milliy tarbiyalash sharoitlarini 
yaratish, milliy tarbiyaga oid muammolarni jamoaviy hal qilib borish va 
milliy tarbiya samarasini baholovchi mas’ul. 
Mazkur mas’ullar tizimi boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning 
samaradorligini ta’minlovchi mas’ullardir.
Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya samaradorligi quyidagi 
inddikatorlar asosida baholanadi: 

o’quvchilar shaxsining insoniy talablar asosida shakllanayotganligi; 


139 

o’quvchilar guruhida o’zaro ahillik va totuvlikning mavjudligi; 

tarbiyasi og’ir o’quvchilar miqdorining kamligi; 

o’quvchilararo pedagogik konfliktlarning pastligi; 

o’quvchilarning ijtimoiyligi. 
Bu indikatorlar asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy 
tarbiyalanganlik darajasi choraklik, yillik va yakuniy bosqichlarda 
baholanib boradi. Uning nazorati Sinf rahbari tomonidan amalga 
oshiriladi.
Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning samaradorligi masalasi 
metodologik jihatdan to’liq ishlab chiqilgan emas. Shu sababli bu borada 
fundamental, nazariy, amaliy va innovatsion tatqiqotlar majmuini 
amalga oshirish taqoza etiladi.
Shunday qilib boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari va uni 
amalga oshirish mexanizmlari o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan 
muhim ahamiyatga ega. E’tibor bering (15-chizma): 


140 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling