O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonunining yangi tahririda (2020 yil 23 sentyabrь) mamlakatimizning ta’lim sohasidagi asosiy printsiplaridan biri sifatida “ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi” belgilab qo’yilgan (4-modda). Pedagog olimlarning fikricha, insonparvarlik – bu insonning qadri, erkinligi, baxti, teng huquqligi to’g’risidagi va insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish g’amxo’rligidir. 15 E’tibor berilsa, lotinchada gumanizm tushunchasi bilan ifodalanuvchi insonparvarlik printsipi boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) o’quvchilarni qadrlash; b) o’quvchilarning erkinligini ta’minlash; v) o’quvchilarning huquqlarini teng ro’yobga chiqarish; g) o’quvchilarni baxtli bo’lishga yo’naltirish; d) o’quvchilarda insoniylik fazilatlarini shakllantirish. Mazkur printsipning ushbu ma’no - mazmuni boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish asoslarini ifodalaydi. Bu asoslar quyidagilardan iborat: - tarbiya jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarini qadrlash va erkinlikka o’rgatish; - tarbiya jarayonida o’quvchilarda o’z shaxsiy huquqlarini o’zgalar huquqlariga uyg’unlashtirishga ko’niktirish; 15 Педагогик атамалар луғати. Р.Жўраев ва бошқ. – Т. ―Фан‖. 2008.49-бет 145 - o’quvchilarda insoniylik fazilatlarini shakllantirish bilan ularni baxtli bo’lishga yo’naltirish. Diqqat qilinsa, boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish o’quvchi shaxsini ilk rejaga qo’yishga asoslanadi. Bu borada boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixida muhim qarashlar mavjud. Misol uchun, qadimgi mutafakkirlardan Demokrit Shunday deydi: ―Yaxshi odam bo’lish uchun mashqlarga va inson tabiatiga e’tibor berish kerak, Shu jihatdan tarbiya insonni qayta paydo qiladi‖. Demokrit har bir o’quvchining yaxshi inson bo’lishini alohida ta’kidlaydi va bu vazifani tarbiya amalga oshiradi. Aristotelь esa deydi:‖Tarbiyachilar ota-onalarga nisbatan ko’proq hurmatga sazovor, chunki ota-onalar bolaga hayot baxshida qilgan va tarbiyachilar esa bolaga munosib hayot baxshida qiladi‖. Demak, tarbiyachilar eng ideal darajadagi insoniylik fazilatlariga ega bo’lishi kerak va Shundagina boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini kutilgan darajada insonparvarlashtirishga erishish mumkin bo’ladi. Shuningdek, G’arb mutafakkirlaridan Seneka deydi:―Qo’ying, o’quvchi o’z bilganini gapirsin va uning xotirasi gapirmasin‖. Bu fikrning ma’nosi Shuki, o’quvchi bilganini gapirganida mustaqil fikrlaydi va u muayyan darajada xotirasiga suyanib gapirsa o’qituvchidan o’rganganini so’zlaydi. Bizning milliy pedagogikamizda boshlang’ich ta’limni insonparvarlashtirish g’oyalarini amaliyotga birinchi bo’lib Abu Ali Ibn Sino tatbiq etgan. U ―SHifo‖ asarida ―insoniylikdan xoli odamning tarbiya ishi bilan Shug’ullanishiga haqqi yo’q‖ deydi. O’tgan asrning birinchi yarmida Ibn Sinoning mazkur insonparvarlik g’oyasi jadid ma’rifatparvarlari tomonidan boshlang’ich ta’limga qat’iy tatbiq etildi. 146 Misol uchun, ular tomonidan o’g’il bolalar va qizlarning bir sinfda o’qishini joriy etilishi ta’limdagi insonparvarlikning aniq ko’rinishidir. XX asrning 50-60-yillarida Amerika Qo’shma SHtatlarida ―Insonparvarlik pedagogikasi‖ yo’nalishi paydo bo’ldi. Bu yo’nalishning asosiy vazifasi ta’lim tizimiga erkin va barkamol inson shaxsini shakllantirish g’oyasini tatbiq etish bo’lgan. Shu tariqa hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida tarbiya jarayonining insonparvarlashtirish g’oyasi o’quvchi shaxsini erkin va barkamol voyaga yetkazishga asoslanadi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling