O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish. 
Lotincha ―demokratiya‖so’zi xalqchillik, oshkoralik va tenglik 
ma’nolarini anglatadi. XX asrdan boshlab ta’limda ana Shu ma’nolarni 
ifodalovchi demokratizm tushunchasi va g’oyasi keng qo’llanilib 
kelinmoqda. ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonunimizda ham ta’lim sohasidagi 
asosiy printsiplardan biri sifatida “ta’lim va tarbiyaning demokratik 
xususiyatga ega”ligi belgilab qo’yilgan (4-modda). Mazkur printsip 
boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirib borish 
vazifasini qo’yadi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
a) boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining xalqchillikka asoslanishi; 
b) boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining oshkoralikka tayanishi; 
v) boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining tenglik g’oyasiga mos 
bo’lishi. 
Aynan mana Shu xalqchillik, oshkoralik va tenglik g’oyalari 
boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini mudom demokratlashtirib 
borishga asos bo’lishi kerak. Buning ma’nosi Shuki, boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining tarbiyasi oddiy, oson va oshkora amalga oshirilishi 


147 
kerak. Bu holni bir so’z bilan tarbiya jarayonini tabiiylik asosida tashkil 
etish deb atash mumkin.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirib borish 
tarbiyaning demokratik usuliga asoslanadi. Unga ko’ra, tarbiya 
jarayonida demokratik usul tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o’zaro 
teng huquqli hamkorligiga asoslanadi. Bunda o’quvchining fikri, 
qiziqishlari va imkoniyatlari bilan hisoblashiladi, o’qituvchi o’zining 
fikri va qarashlarini o’quvchiga majburan singdirishdan tiyiladi. Tarbiya 
jarayonining demokratik usuli oshkoraligi va ochiqligi bilan muhim 
ahamiyatga ega. Bunda o’qituvchi yoki murabbiy tarbiyalanuvchiga 
iltimos, tavsiya, maslahat berish va yo’naltirish bilan cheklanadi.
Ayni 
paytda, 
tarbiya 
jarayonining 
demokratik 
usulida 
murakkabliklar mavjud bo’lib, ular asosan boshlang’ich sinf 
o’quvchilari shaxsiga mos bo’lgan erkalik, injiqlik va to’g’ri 
tuShunmaslik oqibatlarida salbiy holatlar kelib chiqadi. Bunday 
vaziyatda o’qituvchi yoki murabbiy demokratik g’oyaga mos ravishda 
sabr-toqatlik va bag’rikenglik tamoyillariga amal qilishi kerak. Shu 
jihatdan boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish 
sharoitida O’qituvchilar zimmasiga asosiy vazifani yuklaydi. Mazkur 
murakkabliklarni hisobga olib 2020-2021 o’quv yilidan boshlab 
o’qituvchilarning faoliyatiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
tashabbusi bilan samaradorlik nuqtai nazaridan maosh to’lash joriy 
etildi. Mazkur iqtisodiy omil boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini 
demokratlashtirishning negizi bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish ikki 
variantda amalga oshiriladi: 


148 
Birinchi variant - ―Tenglar ichida teng‖ tamoyiliga asoslanadi. Bunda 
o’qituvchining 
va 
o’quvchining 
qiziqishlari, 
manfaatlari 
va 
majburiyatlari hamkorlik asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi variant – ―Tenglar ichida birinchi‖ tamoyiliga tayanadi. Bunda 
o’qituvchi demokratik qadriyatlarga mos rivojlanayotgan va o’z 
imkoniyatlarini namoyon etayotgan ilg’or o’quvchilarni rag’batlantiradi.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirishda ana 
Shu ikki variantdan ham foydalanish mumkin.
Hozirgi zamon ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖da tarbiya 
jarayonini demokratlashtirishda pedagogik jazolarning qo’llanishi bahs-
munozaralarga sabab bo’lmoqda. Unga ko’ra, tarbiyaning demokratik 
usuli pedagogik jazoni xush ko’rmaydi, ayni paytda, tarbiyaning 
samaradorligi uchun pedagogik jazoning ahamiyati ham mavjud. Shu 
sababli 
bizning 
yondaShuvimizga 
ko’ra, tarbiya jarayonining 
demokratik usulida O’qituvchi qat’iyatlik tamoyiliga amal qilish shart.
Shunday 
qilib 
boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiya 
jarayonini 
insonparvarlashtirish 
va 
demokratlashtirish 
o’quvchi 
shaxsiga 
yo’naltirilgan kontseptsiyalardir.
Mustaqil ta’lim uchun savollar va topshiriq: 
1. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini kuchaytirish zaruriyati 
deganda nimalarni tuShunasiz? 
2. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish 
asoslari nimalardan iborat? 
3. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish 
omillarini nimalar tashkil qiladi.


149 
4. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va 
demokratlashtirish asoslarini o’zlashtiring.
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Topshiriq: mashhur frantsuz pedagogi Iogann Fridrix Oberlinning 
(1740-1826) ―Yon daftar‖ingizga ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish 
va demokratlashtirish negizi bo’lgan quyidagi metodologiyasini yozib 
oling va o’rganing.
Oberlin har bir shaxsning 16 yoshga qadar ta’lim olishini qat’iyatli 
yondaShuv deb hisoblaydi. U maktab faoliyatini quyidagi uch darajaga 
bo’lib ko’rsatadi: 
1) boshlang’ich ta’lim – 7-9 yoshlilar; 
2) o’rta ta’lim – 9-12 yoshlilar; 
3) yuqori ta’lim – 12-16 yoshlilar. 
Pedagog mazkur yondaShuvini metodik jihatdan asoslab bergan va 
XIX asrda Yevropaning juda ko’p mamlakatlari maktab ta’limini aynan 
Oberlinning metodikasi asosida tashkil etgan. 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling