O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari. 
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy 
omillari mavjud bo’lib, ularni quyidagi ikki turda tasavvur qilish 
mumkin: 
1) an’naviy sharoitlarda tarbiya jarayonini amalga oshirish; 
2) ijtimoiy murakkab sharoitlarda tarbiya jarayonini amalga oshirish. 
Bu omillar boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini mutlaqo 
yangicha yondaShuvlar asosida tashkil etishni taqoza qiladi. Shu sababli 
bizningcha, tarbiya jarayonining zamonaviy omillarini belgilashda 
quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’ladi: 

real sharoitlar va imkoniyatlarni hisobga olish; 

tarbiya jarayonini amlga oshirish resurslarini aniqlash; 

tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi mas’ullarni belgilash; 

tarbiya jarayoni samaradorligini monitoring qilib borish tizimini 
yo’lga qo’yish. 
Mazkur jarayon boshlang’ich ta’limni milliy va jahon ta’limi 
standartlari asosida amalga oshirish imkonini beradi.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari 
metodologiyasini quyidagilar tashkil etadi: 

boshlang’ich ta’limning majdburiyligi; 

shaxs va jamiyatning boshlang’ich ta’limdan manfaatdorligi; 


153 

ta’lim tarixida boshlang’ich ta’lim tajribaga ega ekanligi; 

boshlang’ich ta’limning jahon ta’lim tizimida mug’im o’rin tutishi. 
Bu omillar boshlang’ich ta’lim vositasida 7-11 yoshli shaxslarni 
tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu jihatdan 
boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni quyidagi zamonaviy faktorlarga 
tayanadi: 

bolaning aqlini rivojlantirish va ruhiy ulg’aytirish; 

bolani jismoniy o’stirish va estetik ongini shakllantirish; 

bolani ijtimoiylashtirish va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tayyorlash; 

bola tarbiyasida oilaga pedagogik-metodologik yordam ko’rsatish. 
Mazkur omillar vositasilda boshlang’ich ta’lim jarayonida 
o’quvchilar dastlabki bosqichda tarbiyalanadi. Bu o’rinda dastlabki 
bosqich tushunchasini tarbiya jarayoniga kirish, uni keyingi ta’lim 
jarayonida davom ettirish va umumiy o’rta ta’lim yakunida tarbiyaning 
to’liq samaradorligiga erishi ma’nosida tuShunish lozim. Shu sababli 
boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarpbiya jarayonini eng 
muhim bosqichlardan biri sifatida qabul qilinadi.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling