O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
Bog'liq
darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 


150 
17-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy 
tendensiyalari 
Reja: 
1. Ijtimoiy murakkab (pandemiya kabi) sharoitlarda boshlang’ich 
ta’limda tarbiya jarayonini tashkil etish 
2. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining zamonaviy omillari 
3. Boshlang’ich ta’limda tarbiya samaradorligini tashxislash. 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, tarbiya, jarayon, 
zamonaviylik, tendensiya, yondaShuv, murakkablik, o’ziga xoslik, 
muammo, yechim. 
*** 
Ijtimoiy murakkab (pandemiya kabi) sharoitlarda boshlang’ich 
ta’limda tarbiya jarayonini tashkil etish. Jahon boshlang’ich ta’lim 
tizimida turli davrlarda har xil tarbiya jarayoni amalga oshirilgan. Bunda 
turli ijtimoiy murakkab davrlar ham kechganligi va bunday davrlarda 
boshlang’ich ta’limda o’ziga xos tarbiya jarayoni amalga oshirilganligini 
eslatib o’tish joiz. 
2019 yil so’nggi choragidan boshlab jahonda COVID-19 pandemiya 
sharoiti kechib, barcha sohalar qatorida ta’lim jumladan, boshlang’ich 
ta’lim jarayoniga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu salbiy ta’sirning yaqqol 
ko’rinishlari quyidagilarda namoyon bo’ldi: 

keskin karantin sharoiti tufayli o’quvchilar maktab ta’limidan 
cheklanli; 

o’quvchilarning amalga oshirilayotgan ilmiy – metodik tarbiya 
jarayonida uzulish ro’y berdi; 


151 

o’quvchilarning oila sharoitida uzoq muddatda qolib ketishi va oila 
a’zolarining ularga nisbatan turli munosabatda bo’lishi natijasida amaliy 
tarbiya jarayoni susaydi; 

o’quvchilarning tarbiyalanish jarayonini to’ldiruvchi muqobil 
resurslarning mavjud emasligi ma’lum bo’ldi; 

bularning 
natijasida 
o’quvchilarning 
axloqi, 
xarakteri 
va 
munosabatlarida muayyan o’zgarishlar ro’y berdi. 
Bunday ijtimoiy murakkab sharoit ayni shakllanish va rivojlanish 
bosqichida bo’lgan boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayoniga 
salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shu sababli bu tajriba ijtimoiy turakkab 
sharoitlarda tarbiya jarayonini amalga oshirishning metodologik 
asoslarini yaratishni taqoza etdi.
Ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich ta’limda tarbiya 
jarayonini amalga oshirishning metodologik asoslarini biz quyidagicha 
tasavvur qilamiz: 
a) ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini 
tarbiyalash Dasturini ishlab chiqish; 
b) ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini 
tarbiyalovchi mas’ullar va ularning vazifa hamda majburiyatlarini 
mazkur Dasturda belgilab qo’yish; 
v) ushbu Dasturda ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf 
o’quvchilarini tarbiyalash tizimi asoslari, metodlari texnologiyalari aniq 
belgilab qo’yish; 
g) mazkur Dasturda ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining tarbichlanganlik darajasini aniqlash indikatorlarini va 
uni baholash asoslarini aniq ko’rsatish. 


152 
Bunday yondaShuv kutilmagan sharoitlarda ham boshlang’ich sinf 
o’quvchilarini tarbiyalash ishini amalga oshirish imkonini beradi. 
CHunki ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik rivojlanish jarayoni, ona 
tabiatning kutilmagan hodisalari ro’yo berishini hamda ularning 
ayanchli oqibatlarini idrok etish taqoza etiladi. 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling