O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda tarbiya samaradorligini tashxislash


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda tarbiya samaradorligini tashxislash. 
Boshlang’ich ta’limda tarbiya samaradorligini tashxislash bu jarayonda 
erishilgan yutuqlarni baholash va kamchiliklarni aniqlashga asoslanadi. 
Ayni paytda, shaxsning tarbiyalanganlik darajasini to’liq tashxislash 
imkoniyati yo’q, chunki eng yetuk shaxsda ham muayyan darajada 
salbiy xususiyatlar kuzatiladi. Shu sababli bu o’rinda boshlang’ich 
ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya jarayonining samaradorligini 
tashxislash deganda nisbatan erishilgan yutuqlarni aniqlash tuShuniladi.


154 
Boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya samaradorligini 
tashxislash mezonlari quyidagilardan iborat: 

boshlang’ich ta’limda tarbiyaning maqsadli va to’g’ri tashkil 
qilinganligi; 

boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan 
to’g’ri rivojlanganligi; 

boshlang’ich 
ta’lim 
yakunida 
11 
yoshli 
shaxslarning 
ijtimoiylashganligi; 

boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni konkret modelga ega ekanligi. 
Mazkur ko’rsatkichlar asosida boshlang’ich ta’limda amalga 
oshirilgan tarbiyaning samaradorligi baholanadi. Bunday baholashda 
mutaxassislar, o’qituvchilar va maktayub jamoasi teng ishtirok etadi.
Jahon boshlang’ich ta’limida tarbiyani amalga oshirishning 
samaradorligini baholashga doir yagona yondaShuv yo’q. CHunki har 
bir mamlakat va xalq o’z maqsad- muddaolaridan kelib chiqib tarbiya 
asoslarini belgilaydi. Shu sababli xalqaro ta’lim dasturlarida 
boshlang’ich ta’lim berish darajasini baholashga ustuvor ahamiyat 
beriladi. Ayni paytda boshlang’ich ta’limda amalga oshirilgan tarbiya 
samaradorligi tashxislanmaydi. Misol uchun, 2021 yildan boshlab 
xalqaro ta’lim dasturida PIRLS dasturi asosida 4-sinf o’quvchilarining 
o’qib tuShunish ko’nikmasini baholash amalga oshirilib kelinmoqda. 
Biroq 
mazkur 
dasturda 
boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarining 
tarbiyalanganlik darajasini baholash o’z aksini topmagan.
O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida tarbiya samaradorligini 
baholash metodologiyasini shakllantirish dolzarb bo’lib turibdi. 


155 
Bizningcha bu metodologiyada quyidagilarning aks etishi maqsadga 
muvofiq bo’ladi: 
1) boshlang’ich ta’lim bitiruvchisining ijtimoiylashganligi; 
2) boshlang’ich ta’lim bitiruvchisida axloqiy fazilatlarning tarkib 
topganligi; 
3) boshlang’ich ta’limda tarbiyaning maqsadli dastur asosida amalga 
oshirilganligi; 
4) boshlang’ich ta’lim tarbiya jarayonida manfaatdor tizimlarning 
hamkorlik qilganligi. 
Bunday metodologiyaga asosan boshlang’ich ta’limda amalga 
oshirilgan tarbiya samaradorligini tashxislash va baholash kutilgan 
samarani beradi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak 
boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilarining 
mazkur 
metodologik 
yondaShuvlardan xabardor bo’lishi taqoza etiladi.
Shunday qilib hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida tarbiya 
jarayonining zamonaviy tendentsiyalari an’anaviy, o’zgaruvchan va 
takomillashib boruvchi xususiyatga egaligi bilan ahamiyatlidir. E’tibor 
bering (16-chizma): 


156 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling