O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Innovatsiya tushunchasining mazmuni


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Bog'liq
darslik

Innovatsiya tushunchasining mazmuni. ―Innovatsiya‖ so’zi 
lotincha bo’lib, yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib – qoidalar, 
texnologiyalar va yangiliklarni anglatadi.
16
Ta’limda innovatsiya atamasi 
an’anaviy va ommaviy amaliyotdagi o’qitish hamda tarbiya jarayoniga 
kiritilgan yangiliklarni bildiradi, innovatsiya ko’rsatkichi aynan ana Shu 
yangiliklar ko’lami bilan belgilanadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida 
innovatsiya quyidagi tushunchalarni qamrab oladi: 
Innovatsion vaziyat – bu pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish 
va tatbiq etishga qaratilgan vaziyat; 
Innovatsion muhit – pedagogik yangiliklarning vujudga kelishi, ularning 
jadal o’zlashtirilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi; 
Innovatsion pedagogik loyiha – qabul qilingan va qismlarga ajratilgan 
yangi pedagogik g’oyalar hamda fikrlar; 
16
Қаранг: Педагогик атамалар луғати. Тузувчилар Р.Жўраев ва бошқ. – Т.:‖Фан‖.2008.48-
бет 


159 
Innovatsion pedagogik reja – tasdiqlangan yangicha asosdagi o’quv 
loyihasi; 
Innovatsion pedagogik g’oya - tizimlashtirilgan yangi o’quv jarayoni 
prognoztikasi va ma’lumotlar majmui; 
Innovatsion ta’lim - ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan 
yangiliklar hamda yangilangan ta’lim jarayoni; 
Innovatsion texnologiya – pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga 
qaratilgan yangi tashkiliy faollik vositalari, usullari va metodlari; 
Innovatsion o’qitish – yangicha o’qitish tizimi hamda o’quvchi va 
talabalarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o’qitish jarayoni. 
Mazkur tushunchalarning majmui ta’limda innovatsiya hodisasini 
ifodalaydi. Ayni paytda ta’lim tizimida quyidagilarga o’zgartirishlar 
kiritilsa innovatsiya hisoblanadi: 

ta’limni va ta’lim boshqaruvining maqsadi, mazmuni, shakllari, 
metodlari hamda texnologiyalariga kiritilsa; 

o’quv-bilish jarayoni va pedagogik usullarga kiritilsa; 

ta’lim darajasini baholash va nazorat qilishga kiritilsa; 

ta’limni moliyalashga kiritilsa; 

o’quv – metodik ta’minotga kiritilsa; 

tarbiyaviy ishlar tizimiga kiritilsa; 

o’quv rejasi va dasturlarga kiritilsa; 

o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga kiritilsa. 
Mazkur o’zgartirishlar kiritish jarayoni ta’lida innovatsiya 
mazmunini ifodalaydi. Ayni paytda, innovatsiya rivojlanib boruvchi 
jarayon hisoblanadi. Buning ma’nosi Shuki, ba’zi innovatsion 
yondaShuvlar vaqtinchalik va ba’zilari esa doimiy xususiyatga ega 


160 
bo’ladi. Shu jihatdan innovatsion texnologiyalarni o’zgarib va 
yangilanib boruvchi vositalar majmui sifatida tasavvur qilishi kerak. 
Bularning barchasi ta’lim tizimida innovatsiyalarning quyidagi uch 
shaklga ega ekanligini ko’rsatadi: 
1) mutlaq yangiliklar; 
2) nisbiy yangiliklar; 
3) vaqtinchalik yangiliklar. 
Shu sababli ta’lim tizimiga kiritilayotgan innovatsion yondaShuvlar, 
g’oyalar, fikrlar, usullar va texnologiyalarni aniqlashda ularning ana Shu 
mezonlariga e’tibor berish kerak.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling