O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini
baholash. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini baholash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday baholashning asoslarini quyidagicha belgilash mumkin: 170 - o’qituvchining yangicha fikrlashi va mudom yangiliklarga intilishi; - o’qituvchining axborot texnologiyalaridan xabardorligi va ularni qo’llay olishi; - o’qituvchining dars va tarbiyaviy mashg’ulotlarni butunlay yangicha o’tishi; - o’qituvchining yangicha yondaShuvlari maktab jamoasi tomonidan e’tirof etilishi. Mazkur mezonlar boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini baholash asoslari bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik tajribalarda o’qituvchilarning innovatsion faoliyatini baholash bo’yicha bir necha mezonlar shakllantirilgan. Ularning asoslari quyidagilardan iborat: 1. Boshlang’ich ta’limga yangiliklarning kiritilish ko’lami.Bu mezonga ko’ra, boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayoni butunlay yangicha asoslarda tashkil etilishi kerak, uning samaradorligi an’anaviy tashkil etishlardan farqlanib turishi lozim. 2. Boshlang’ich ta’limga kiritilgan yangiliklar darajasi. Mazkur mezonga binoan boshlang’ich ta’limning o’quv fanlari va ularning mavzulari maqsadli ravishda yangilanib va takomillashtirilib borilishi kerak. Ayni paytda, bunday yangilanishlar boshlang’ich ta’lim davlat standartlari doirasida amalga oshirilishi darkor. 3. Boshlang’ich ta’limga kiritilgan yangilikning vaqti. Mazkur mezonga ko’ra, boshlang’ich ta’limga kiritilgan yangiliklar ―aralashgan‖, ―eskilarini yangilash‖ va ―mutloq yangi‖xususiyatlarga ega bo’lishi hamda ularning qisqa (bir martalik), o’rta (choraklik) va doimiy (yillik) muddatlarga ega bo’lishi kerak. 171 Zero, ushbu xalqaro mezonlarga muvofiq boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion kasbi faoliyati baholanadi. Shunday qilib boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyati va ularni baholash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion ko’nikmasini shakllantirish asoslari nimalardan iborat? 2. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion intilishlari qanday bo’ladi? 3. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini baholashda nimalarga asoslaniladi? 4. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini baholashga doir xalqaro tajribalarni bilasizmi? Topshiriq:pedagogik amaliyot Germaniyalik mashhur pedagoglardan biri Fridrix Frebelning (1782-1852) quyidagi pedagogik qarashlarini o’zlashtiring. Frebel pedagogika tarixida birinchi bo’lib maktabgacha ta’limning zaruriyatini asoslab bergan. Uning fikricha, maktabgacha ta’lim boshlang’ich ta’limning birinchi qadamidir va bunda u bolalarni ijodiy fazilatlarini maktabgacha ta’limda shakllantirishni ilk rejaga qo’yadi. Uning yondaShuviga binoan maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’lim bir-birini to’ldirishi kerak. Mazkur ta’limlarda quyidagilar umumiy tarzda amalga oshiriladi: bolalarning ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish, ularda bilish va mehnat qilish ko’nikmasini shakllantirish, tarbiyaviy 172 ahamiyatga ega o’yinlar ishlab chiqish va ayniqsa, nutqida nuqsoni bor bolalar bilan alohida ishlash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling